Aylanma mablag‘lardan foydalanish ko‘rsatkichlari




Download 81,78 Kb.
bet6/9
Sana31.01.2024
Hajmi81,78 Kb.
#149245
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Transport iqtisodiyoti-fayllar.org

Aylanma mablag‘lardan foydalanish ko‘rsatkichlari
Aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligi ularning aylanuvchanlik ko‘rsatkichlari bilan baholanadi. Ular qatoriga quyidagilar kiradi: -fond sig‘imdorligi - bu ko‘rsatkich bajarilgan qurilish-montaj ishlarining har bir so‘miga to‘g‘ri kelayotgan solishtirma aylanma mablag‘lar miqdorini bildiradi.
Kf=
bu yerda,
Am-aylanma mablag‘lar summasi, ming so‘m Qgod-yillik mahsulot ishlab chiqarish hajmi, ming so‘m (masalan pudrat faoliyati bo‘yicha korxonaning o‘z kuchi bilan bajargan qurilish-montaj ishlari hajmi). -aylanuvchanlik koeffitsiyenti yoki aylanma mablag‘larning ma’lum bir muddat ichidagi aylanishlari soni; u aylanma mablag‘larning yillik o‘rtacha qiymatining har bir so‘miga yil mobaynida to‘g‘ri kelgan mahsulot hajmini (qurilish-montaj ishlari hajmini) harakterlaydi.
KO=
-bir aylanishga sarflanadigan vaqt (yoki bir aylanishning kunlar hisobida davom etuvchanligi):
D 
bu Yerda,
T-aylanma mablag‘larning aylanuvchanligi aniqlanayotgan davrdagi kunlar soni Aylanma mablag‘larning aylanuvchanligi yo‘l xo‘jaligining bevosita qurilish-montaj va ta’mirlash - qurilish, avtomobil yo‘llarini qurish va ta’mirlashni materiallar va yarimfabrikatlar, transport bilan ta’minlovchi barcha bo‘limlarining faoliyatlari natijasiga ham bog‘liq. Aylanuvchanlikni oshirishda reja bo‘limi ishini aniq tashkil etish, moddiy-texnika ta’minoti, buxgalteriya, moliyaviy xo‘jalik bo‘limlari ishi ham katta ahamiyatga ega. Qurilish ob’ektlari muddatlari yoki alohida ishlarning bajarilishiga sarflanadigan vaqtlarning qisqartirilishi tugallanmagan ishlab chiqarishning umumiy hajmini kamayishiga va o‘z navbatida aylanma mablag‘lar aylanuvchanligining tezlashuviga olib keladi. Aylanma mablag‘lar qiymatiga ishlab chiqarish moddiy boyliklari zahiralarining miqdori katta ta’sir ko‘rsatadi. Ishlab chiqarishning material zahiralari, buyumlar, konstruktsiyalar, yarimfabrikatlar miqdorlariga juda ko‘p omillar: Yetkazib beruvchilarning uzoq - yaqinligi, Yetkazib berishlarning bir maromligi va tezligi, transport turlari va tashish usullari, Yetkazib berishlarning komplektligi va Yetkazib berish hajmlari, yuklarni qabul qilish va ortish-tushirish xarajatlari, omborxonalarga joylashtirish, hisob-kitob formalari va hujjatlarning aylanish tezliklari ta’sir etadi. Moddiy-texnika ta’minoti ishlarini takomillashtirish qurilish tashkilotlarining omborxonalaridaga materiallar zahiralarining kamayishiga va aylanma mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojning kamayishiga sababchi bo‘ladi. Material zahiralaridagi aylanma mablag‘larni ortiqcha bo‘lgan moddiy boyliklarni aniqlash va realizatsiya qilish, tashish masofalarini kamaytirish, mahalliy materiallardan foydalanish, asbob-uskunalar xo‘jaligini to‘g‘ri tashkil qilish va asboblarning xizmat muddatlarni uzaytirish ham ta’sir etadi. Me’yordan ortiq materiallar zahiralari hosil bo‘lmasligining muhim shartlaridan biri tayyorlovchi-zavodlar tomonidan, ularni komplektlash uchun sarflanadigan vaqtni qisqartirish maqsadida, tayyor holda va to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurilish maydonlariga, Yetkazib berish ham katta ahamiyat kasb etadi. Masalan: kichik va o‘rtacha ko‘priklarni qurish uchun turli nomenklaturadagi barcha yig‘ma-temirbeton elementlarni komplektlash qurilish maydonida moddiy-texnika ta’minotidagi uzilishlar sababli ishlarni to‘xtab qolishining oldini olish maqsadida, avvaldan tayyorlab qo‘yilishi kerak. Materiallar va konstruktsiyalarni tayyorlovchi zavodlar tomonidan nokomplekt holda Yetkazib berilishi qurilishlarda komplektlovchi zahiralarning ortishiga olib keladi, bu esa o‘z navbatida qo‘shimcha ravishda aylanma mablag‘larga ehtiyojni yuzaga keltiradi.Aylanma mablag‘larga ehtiyojni kamaytirish uchun yil mobaynida materiallarni ishlarning bajarilishiga mos ravishda bir maromda Yetkazib berish katta ahamiyatga ega. Yo‘l xo‘jaligida amalda qo‘llaniladigan mavsumiylik zahira tayyorlash aylanma mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojni ko‘paytiradi va aylanuvchanlikni syokinlashtiradi. Muomala fondlaridagi aylanma mablag‘lar strukturasini tahlil qilish belgilangan normativlardan ortiq anchagina mavhumlashtirilgan mablag‘larni aniqlash imkonini beradi. Bu mablag‘lar buyurtmachilar tomonidan bajarilgan ishlar uchun taqdim etilgan schetlar bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirmaganliklari uchun, boshqa tashkilotlar tomonidan Yetkazib berilgan mahsulotlar yoki ko‘rsatilgan xizmatlarga haq to‘lanmasligi natijasida muomala sferasida chiqib ketadi. Hisob-kitoblarni amalga oshirishlarda tartib o‘rnatish, moliyaviy intizomga rioya qilish – muomala fondlaridagi mablag‘larning aylanuvchanligini tezlashtiruvchi muhim yo‘ldir

Download 81,78 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 81,78 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Aylanma mablag‘lardan foydalanish ko‘rsatkichlari

Download 81,78 Kb.