|
Transport iqtisodiyoti
|
bet | 5/9 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 81,78 Kb. | | #149245 |
Bog'liq Transport iqtisodiyoti-fayllar.orgNn.pvo X V k o , so‘m
bu yerda,
X - smeta bo‘yicha o‘rtacha bir kunlik ishlab chiqarish xarajatlari miqdori, so‘m ` V - mablag‘larning tugallanmagan ishlab chiqarishda bo‘lish vaqti, kun; k-xarajatlarning tugallanmagan ishlab chiqarishda o‘sib borish koeffitsiyenti; o - ob’ektdagi ishlarning rejadagi tannarxining ularning smeta qiymatiga nisbati. Xarajatlarning o‘sib borish koeffitsiyenti tugallanmgan ishlab chiqarish o‘rtacha hajmini butun ishlab chiqarish tsikli davri uchun ob’ektning qiymatiga bo‘lib topiladi. Xarajatlar bir maromda ortib boradigan holatlarda tugallanmagan ishlab chiqarish sxemasini, ishlab chiqarish tsiklining boshlanishi va tugallanishiga ob’ekt qiymatiga bo‘lib aniqlanadi va u 0,5 ga teng bo‘ladi. Xarajatlar bir maromda ortib bormaydigan holatlarda, qurilishning boshlanish davrida qanchalik ko‘p mablag‘ sarflangan bo‘lsa, koeffitsiyentning qiymati ham shunchalik yuqori bo‘ladi. Har bitta konkret holat uchun tugallanmagan ishlab chiqarish ishlarining bajarilishi bo‘yicha tuzilgan kalendar reja va xarajatlarning etanlar taqsimlanish ma’lumotlari asosida hisoblab chiqilishi kerak. Kelgusi davr xarajatlari uchun aylanma mablag‘lar normativi oxirgi 2-3 yilda shakllangan qurilish-montaj ishlari hajmidagi bu mablag‘larning egallagan miqdori asosida yoki hisob-kitob yo‘li bilan aniqlanadi. Muomala sferasidagi aylanma mablag‘larni me’yorlashtirish. Muomala sferasidagi aylanma mablag‘larning miqdori bajarilgan ishlar uchun schetlar bo‘yicha buyurtmachilarning qarzlari pul mablag‘lari, vaqtinchalik boshqa tashkilotlarda bo‘lgan mablag‘lar (debitorlar) har qaysi elementlar bo‘yicha alohida–alohida aniqlanadi. Masalan, bajarilgan ishlar uchun buyurtmachilar bilan hisoblashishi uchun aylanma mablag‘larning reja bo‘yicha miqdorini hisob-kitob opreatsiyalarini rasmiylashtirish va o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan davriylik va vaqt, korxonaning o‘z kuchi bilan bajariladigan o‘rtacha bir kunlik ish hajmi, ya’ni rejalashtirilgan tannarx bo‘yicha yillik ish hajmini 365 ga nisbati, asoslanib hisoblab chiqarish mumkin. Doimiy kamaymaydigan pul mablag‘lari qoldig‘ining rejadagi miqdori yo‘l tashkilotini buyurtmachilarga ishlarni topshirish, schetlarni yozish va ularni to‘lov uchun taqdim etish vaqtlari davrida pul mablag‘lari bilan ta’min etilishi uchun belgilanadi. Bunda bajarilgan ishlarni buyurtmachilarga topshirish, qabul qilish, hisob-kitob hujjatlarning pudratchi va moliyalashtiruvchi tashkilot banklari o‘rtasidagi pochta aloqalariga zarur bo‘ladigan vaqtlar hisobga olinadi. Yo‘l tashkiloti bo‘yicha aylanma mablag‘lar normativi, aylanma mablag‘larning barcha elementlari bo‘yicha hisoblab chiqilgan normativlar yig‘indisiga teng bo‘ladi. Yo‘l tashkiloti ixtiyorida bo‘lgan aylanma mablag‘larni umumiy harakterlash uchun, aylanma mablag‘larning (korxonaga qarashli bo‘lgan) umumiy me’yoriy foizlarda hisoblab chiqiladi, buning uchun aylanma mablag‘lar umumiy me’yorini rejalashtirilayotgan yilda smeta 68 qiymati bo‘yicha korxonaning o‘z kuchi bilan bajariladigan qurilish-montaj ishlari hajmiga bo‘linadi. Aylanma mablag‘larni hosil qilish manbalari. Aylanma mablag‘larning hosil bo‘lish manbalari – bu moliyaviy resurslardir. Yo‘l tashkilotlarining aylanma mablag‘lari hosil bo‘lish manbalari bo‘yicha korxonaning o‘ziga tegishli va qarzga olinadigan, ya’ni bank muassasalaridan vaqtincha foydalanish uchun olingan (kreditlar), buyurtmachilar yoki boshqa tashkilotlardan vaqtinchalik jalb etilgan (kreditorlar) mablag‘laridan iborat bo‘lishi mumkin. Korxonaning o‘ziga tegishli bo‘lgan aylanma mablag‘lar korxonaning o‘z mablag‘laridan va o‘z mablag‘lariga tenglashtirilgan mablag‘lardan (turg‘un passivlar) tashkil topadi. Korxonaga tegishli mablag‘lar bilan yo‘l tashkilotlari ularni tashkil etilishida ta’min etiladilar. Korxonaning mablag‘larini qo‘shimcha ravishda to‘ldirib turish manbalari bo‘lib, korxona oladigan foyda va kapital mablag‘lar hiobiga olinadigan mashina va uskunalar bilan birga keladigan asbob-uskunalari, ehtiyoj qismlarning qiymatlari xizmat qiladi. Korxonaga tegishli mablag‘lar yo‘l xo‘jaligida doimiy foydalanishda bo‘lib, uni xo‘jalik mustaqilligining zaruriy sharti hisoblanadi. Korxona aylanma mablag‘lariga «turg‘un passivlar» deb ataluvchi moliyaviy resurslar ham tenglashtiriladi, ular hisob-kitoblar sharti bo‘yicha tashkilotda aylanishda bo‘ladilar. Turg‘un passivlarga quyidagilar kiradi: -ishchi va xizmatchilarga oyning ma’lum bir kunlarida berilganligi sababli hosil bo‘ladigan ish haqi bo‘yicha doimiy minimal qarz; bu qarzning qiymati bir kunlik ish haqi fondlarining oy boshidan ish haqi to‘lanadigan kungacha o‘tadigan kunlar soniga ko‘paytmasiga teng bo‘ladi. -ish haqi bo‘yicha turg‘un passivning qiymatidan belgilangan foiz bo‘yicha aniqlanadigan ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar bo‘yicha minimal qarz; -biror bir to‘lovlar uchun yil mobaynida rezervlanib boriladigan pul mablag‘lari; masalan, har oy qurilish-montaj ishlari tannarxiga qo‘shilib boriladigan va keyinchalik ishchi va xizmatchilarning ta’tillarini to‘lovi uchun ishlatiladigan mablag‘lar. -iqtisodiy rag‘batlantirish fondlaridagi mablag‘lar; -to‘lov uchun rozilik berilgan, lyokin to‘lov muddati hali Yetib kelmagan schetlar bo‘yicha mahsulot Yetkazib beruvchilarga qarzlar; -kapital ta’mirlash uchun materiallar zahirasini to‘ldirishga sarflanadigan amortizatsiya fondlaridagi mablag‘lar; Hozirgi paytda pudratchi qurilish tashkilotlarining aylanma mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojining ko‘pgina qismi qarzga olinadigan mablag‘lar jalb etilgan moliyaviy resurslar, birinchi navbatda bank kreditlarning mablag‘lari hisobiga qoplanadi. Qarz mablag‘larining ko‘pgina qismini materiallarning mavsumiylik zahirasini hosil etish, tugallanmagan ishlab chiqarish hajmini vaqtinchalik o‘stirish, yangi texnikani joriy etish va boshqalarga yo‘naltirilgan qisqa muddatli bank kreditlari tashkil etadi. Hozirgi kunda aylanma mablag‘larni hosil qilishda kreditlarning roli ancha kengaytirilgan. Qarz mablag‘larining miqdori moliyalashtiruvchi bankning kredit rejasida va yo‘l tashkilotining moliyaviy rejalarida o‘z ifodasini topadi.
|
| |