|
Transport telematikasi tizimlarida qo‘llaniladigan asosiy texnologiyalar
|
bet | 10/72 | Sana | 26.05.2024 | Hajmi | 30,17 Mb. | | #254273 |
Bog'liq MAJMUA intelektual boshqarish (Восстановлен)4. Transport telematikasi tizimlarida qo‘llaniladigan asosiy texnologiyalar.
Avtomobil transportini ishlab chiqarishda ularni, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali zamonaviy xavfsizlik tizimlari bilan jihozlash bo‘yicha hukumat qarori 2019 yil dekabr oyiga qadar qabul qilinadi. Bu 2018-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasida yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash konsepsiyasini 2018-2019 yillarda amalga oshirish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi"da nazarda tutilgan.
Xususan, quyidagilarni nazarda tutadigan hukumat qarori qabul qilinadi:
mamlakat avtotransport vositalarini javobgar tuzilmalarni favqulodda vaziyatlardan avtomatik tarzda ogohlantiruvchi SOS tizimi, shuningdek, ruxsat etilgan tezlikni oshirganda haydovchini ovozli ogohlantirish tizimi bilan bosqichma-bosqich jihozlash (to‘ldirish);
avtomobil salonlarida yo‘l harakati qoidalarida nazarda tutilgan zarur uskunalarni (o‘t o‘chirgich, tibbiyot qutichasi, avariya holatida to‘xtaganligini bildiruvchi belgi va nur qaytargichli kamzulni) sotish.
Ml toifasidagi ilk marotaba sertifikatsiya qilinayotgan avtotransport vositalarini quyidagilarni ta'minlaydigan elektron tizim komponentlari bilan bosqichma-bosqich texnik jihozlash:
tormozlashning antiblokirovka tizimi (ABS); barqarorlikni nazorat qiladigan elektron tizim (ESC) va shoshilinch tormoz bosilganda haydovchiga yordam beradigan tizim (VAS);
shinalar bosimini nazorat qiladigan tizim (TPMS).
Mavzu yuzasidan savollar:
1.Avtomobil transporti sohasidagi axborot texnologiyalarining yaratilish va rivojlanishi tarixi haqida tushunchalaringizni yoritib bering.
2.Mamlakat transport sohasi samaradorligini oshirishda axborot texnologiyalarini qo‘llashning roli qanday?
3.“Transportda axborot texnologiyalari” va “Intellektual transport tizimlari” ning zamonaviy tavsif va terminlari haqida nimalarni bilasiz?
4. Transport telematikasi tizimlarida qo‘llaniladigan asosiy texnologiyalar nimalardan iborat?
|
| |