• 1.Avtomobil transporti sohasidagi axborot texnologiyalarining yaratilish va rivojlanishi qisqacha tarixi.
  • 2.Mamlakat transport sohasi samaradorligini oshirishda axborot texnologiyalarini qo‘llashning roli.
  • -ma’ruza. Avtomobil transportida axborot texnologiyalarining




    Download 30,17 Mb.
    bet8/72
    Sana26.05.2024
    Hajmi30,17 Mb.
    #254273
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   72
    Bog'liq
    MAJMUA intelektual boshqarish (Восстановлен)

    1-ma’ruza. Avtomobil transportida axborot texnologiyalarining
    strukturasi, tavsifi va terminlari.
    Reja:
    1.Avtomobil transporti sohasidagi axborot texnologiyalarining yaratilish va rivojlanishi qisqacha tarixi.
    2.Mamlakat transport sohasi samaradorligini oshirishda axborot texnologiyalarini qo‘llashning roli.
    3.“Transportda axborot texnologiyalari” va “Intellektual transport tizimlari” ning zamonaviy tavsif va terminlari.
    4. Transport telematikasi tizimlarida qo‘llaniladigan asosiy texnologiyalar.


    1.Avtomobil transporti sohasidagi axborot texnologiyalarining yaratilish va rivojlanishi qisqacha tarixi.
    Аxborot tizimi tushunchasi «Tizim» deganda, bir vaqtning oʼzida xam yagona, yaxlit deb qaraladigan har qanday obʼekt, xam qoʼyilgan maqsadlarga erishish manfaatlarida birlashtirilgan turli elementlar majmui tushuniladi. Maʼlumki, bugungi kunda koʼplab turli xil tizimlar yaratilgan boʼlib, ular oʼz tarkibi va bosh maqsadlari boʼyicha bir-biridan farklanadi. Masalan, quyidagi jadvalda bir necha tizimlarga namunalar keltirilgan
    «Tizim» tushunchasi keng tarqalgan va juda koʼplab maʼnolarda koʼllaniladi. Аxborot tizimlariga nisbatan qoʼllanilganda aksariyat hollarda texnik vositalar va dasturlar toʼplami nazarda tutiladi. Kompyuterning faqat apparat qismini tizim deb atash mumkin. Muayyan amaliy vazifalarni bajarish uchun xujjatlarni yuritish va hisob-kitoblarni boshkarish jarayonlari bilan toʼldirilgan koʼplab dasturlarni xam tizim deb xisoblash mumkin. Har bir tizim toʼrt asosiy kismdan iborat: • kiritish; • ish lov berish ; • chiqarish; • teskari aloqa.

    2.Mamlakat transport sohasi samaradorligini oshirishda axborot texnologiyalarini qo‘llashning roli.
    Аxborot tizimining maqsadi - muayyan professional faoliyat bilan bogʼliq boʼlgan professional axborot ishlab chiqarish. Аxborot tizimlari har qanday sohadagi vazifalarni xal qilish jarayonida zarur boʼladigan axborotni toʼplash, saqlash, ishlov berish, chikarib berishni taʼminlaydi. Аxborot tizimi - qoʼyilgan maqsadlarga erishish yoʼlida axborotni toʼplash, saqlash, ishlov berish va chiqarishda foydalaniladigan vositalar, usullar va xodimlarning oʼzaro bogʼliq majmui.
    Bugungi kundagi zamonaviy axborot tizimi tushunchasi axborotga ishlov berishning asosiy texnik vositasi sifatida shaxsiy kompьyuterlardan foydalanishni koʼzda tutadi. Iirik tashkilotlarda shaxsiy kompьyuterlar bilan bir qatorda axborot tizimining texnik bazasi tarkibiga meynfreym yoki super elektron hisoblash mashinalari kirishi mumkin. Bundan tashqari, agar ishlab chiqarilayotgan axborot foydalanuvchisi boʼlgan va usiz bu axborotni olish va takdim etish mumkin boʼlmagan odamning roli hisobga olinmas ekan, axborot tizimi texnikaviy timsolining oʼzi hech qanday ahamiyatga ega boʼlmay qoladi. Tashkilot deganda, umumiy maksadlar yoʼlida birlashgan va umumiy moddiy hamda moliyaviy vositalardan moddiy va axborot mahsulotlarini hamda xizmatlarini ishlab chiqarish uchun foydalanadigan odamlar hamjamiyati tushuniladi. Matnda ikki soʼz - «tashkilot» va «firma» soʼzlari teng maʼnolarda qoʼllaniladi. Kompьyuterlar va axborot tizimlari oʼrtasida fark mavjudligi ravshandir. Kompьyuterlar ixtisoslashgan dasturiy vositalar bilan jihozlangan boʼlib, axborot tizimlari uchun texnikaviy baza va vosita xisoblanadi. Kompьyuterlar va telekommunikatsiyalar bilan ish olib boradigan xodimlar har kanday axborot tizimining majburiy tarkibi xisoblanadi
    Eng keng tarkalgan avtomatlashtirilgan axborot tizimlari (ААT) ishida axborotga ishlov berish texnologik jarayonining turli bosqichlarida (axborotni toʼplash va uni kompьyuterga kiritishga tayyorlash, qidirish jarayonida) odam ishtirok etadi. Inson ААT ning tashki muhit tomonidagi sherigi xisoblanadi va chikadigan axborot tizimi aynan unga moʼljallangandir. ААTda barcha jarayonlar odam ishtirokisiz oʼtadi. Odatda, avtomatlashgan tizimlardan ancha yirik tizimlar tarkibida, masalan obʼektlar va texnologik jarayonlarni boshqarishning avtomatlashgan tizimlarida foydalaniladi. Аvtomatlashgan tizimlarning «sheriklari» robotlar, dastur vositasida boshkariladigan stanoklar, texnologik jarayonlar, ishlab chikarish obʼektlari va boshkalar xisoblanadi. Bunday tizimlarda kiritiladigan axborot signallar yoki biror-bir fizik kattaliklar shaklida takdim etiladi, chikadigan axborotdan esa boshkarish va sozlash uchun foydalaniladi.

    Download 30,17 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   72




    Download 30,17 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -ma’ruza. Avtomobil transportida axborot texnologiyalarining

    Download 30,17 Mb.