2.1-rasm Zinapoya katagi va maydoncha plitalari xisobi
Yiriklashtirilgan zinapoya katagi va zina maydonchasi plitalari temirbeton qobirg‘ali plitalardan iborat bo‘lib, ular siqilgan qismdagi tavr kesimli tokcha elementlari singari egilishga ishlaydi. Alohida joylashgan zinapoya kataklari kosourlari to‘sinli element bo‘lib, erkin tayangan to‘sinlarni katak qiyaligi inobatga olinib, yuklar ta’siridan egilishga hisoblagandek hisoblanadi. Yig‘ma temirbeton elementlarni hisoblash uchun me’yoriy vaqtincha yuk bino vazifasiga ko‘ra 3÷5 kN/m2 oraliqda qabul qilinadi.
Zinapoyalar yig‘ma temirbeton elementlarini orayopma panellari singari mustahkamlik (chegaraviy holatlar І-guruhi) va deformatsiyaga (chegaraviy holatlar ІІ-guruhi) hisoblanadi.
Yig‘ma temirbeton zinapoya katagi hisobi. Loyihalash uchun topshiriq. Sanoat ma’muriy maishiy binosi zinapoya temirbeton katagini (eni 1,30 m) hisoblash va loyihalash. Qavat balandligi 3 m. Zinapoya katagi qiyalik burchagi α≈30°, zinalar o‘lchami 15×30. Beton sinfi B25, karkaslar armaturasi sinfi A- ІІ, simto‘rlar sinfi Bp-І.
Ishlab chiqaruvchi va ma’muriy maishiy binolari qurilishi uchun sanoat mahsulotlari katalogiga ko‘ra namunaviy zinapoya katagi xususiy
2.2-rasm Yig‘ma temirbeton zinapoya katagi hisobi
vazni gn=3,6 kN/m2 ga teng. Vaqtinchalik me’yoriy yuk pn=3 kN/m2 ga, yuk bo‘yicha ishonchlilik koeffitsienti γf=1,2 ga, uzoq muddat davom etuvchi vaqtincha yuk Pnld =1 kN/m2 ga teng.
Zinapoya katagi 1 m uzunligi hisobiy yuki
q= (gn γf +pn γf )α=(3,6·1,1+3·1,2)1,35=10,3 kN/m. (2.1)
Zinapoya katagi oralig‘i o‘rtasidagi hisobiy eguvchi moment
(2.2)
Tayanchdagi ko‘ndalang kuch:
(2.3)
Zinapoya katagi kesimi o‘lchamlarini tanlash. Plita qalinligini h'f =30 mm, qobirg‘alar balandligi h=170 mm, qobirg‘alar qalinligi br=80 mm deb olamiz. Zinapoya katagi haqiqiy kesimini siqilgan qismdagi tavr kesimli tokcha bilan almashtiramiz. b=2br=2 =160 mm; ko‘ndalang qobirg‘alar mavjud bo‘lmaganda b'f tokcha enini b f =2(l/6)+b=2(300/6)+16=116 sm yoki b'f=12h'f +b=12 3+16=52 sm deb, hisobiy qiymat sifatida b'f =52 sm ni qabul qilamiz.
|