• Suv oqishi sensori
  • 1.3-rasm. Suv sizib chiqishini aniqlaydigan sensorning ish prinsipi
  • 2-BO‘LIM . QURILISH KONSTRUKSIYALARI QISMI 2.1.Zinapoyalar yigma elementlari
  • T/s Bo’lim nomi Bet




    Download 2,22 Mb.
    bet10/26
    Sana18.05.2024
    Hajmi2,22 Mb.
    #242785
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26
    Bog'liq
    BMI chala 16.05.24 xolati

    Yorug‘lik sensori o‘rnatish joyidagi yorug‘lik darajasini o‘lchaydi va odatda yoritgichlarni boshqarish uchun ishlatiladi. Aqlli uy tizimi orqali sensor atrofdagi yorug‘likning yorqinligidan qat’iy nazar, xonada doimiy yorug‘lik darajasini saqlab, dimmerni boshqarishi mumkin.
    Bunday sensorlar kunning vaqtiga qarab yoritgichniyoqish/o‘chirish orqali elektr energiyasini tejash imkonini beradi. Yorug‘lik datchiklari ko‘pincha harakat sensorlari bilan birgalikda ishlatiladi, boshqariladigan hududda harakatlanish mavjud bo‘lganda lampalarni yoqish uchun signal faqat tunda beriladi. Ba’zi harakat sensorlarida allaqachon yorug‘lik sensori mavjud.
    Suv oqishi sensori pastki qismda mavjud bir juft ochiq kontaktlarni o‘z ichiga oladi. Suv sensorga kirganda, kontaktlarning o‘rtasidatok o‘ta boshlaydi, bu esa sensorning ishga tushishiga olib keladi. Aqlli rozetkalar bilan birgalikda ishlatilganda, kir yuvish mashinasini o‘chirish yoki nasos stantsiyasini o‘chirish, suv ta’minotini to‘xtatish imkonini beradi. Suv oqish sensori ishga tushirilganda suv ta’minotini to‘xtatishning yanada ishonchli variant bu elektruzatgichga ega kranni ishlatishdir. Xonadonning suv ta’minot tizimiga o‘rnatilganda va yagona aqlli uy tizimiga ulanganda, suvning qayerda va qanday yerga tushishidan qat’i nazar, suv toshqini oldini oladi (3-rasm).

    1.3-rasm. Suv sizib chiqishini aniqlaydigan sensorning ish prinsipi

    Gazni sezish sensorihavoda xavfli gazlar -yonuvchan (metan, propan) yoki uglerod oksidi mavjudligiga ta’sir qiladi. Aqlli uy tizimining konfiguratsiyasiga qarab, gaz quvurini o‘chirish, dudbo‘ronni yoqish yoki favqulodda yordam xizmatini chaqirish mumkin(4-rasm). Bunday sensorlar ko‘pincha sirenalar va yorug‘lik signallari bilan jihozlangan -bu gazsizib chiqishini tezroq aniqlash imkonini beradi.


    2-BO‘LIM. QURILISH KONSTRUKSIYALARI QISMI


    2.1.Zinapoyalar yigma elementlari
    Zinapoyalar konstruktiv echimlari. Zinapoyalar asosiy va yordamchi, zinalar soniga ko‘ra 1qavat chegarasida – 2ta zina marshli, 3ta zina maydonli va echilib yopiladigan turlarga bo‘linadi.
    Turli binolar uchun zinapoya minimal eni α va eng katta qiyalik i=l/h quyidagicha belgilangan: 2 - 3 qavatli turar joy binolari asosiy zinalari uchun α=1,2 m, i=1:1,5; to‘rt va undan ortiq qavatli binolar uchun α=1,3 m, i=1:1,75; erto‘la qavatiga olib boruvchi zinapoyalar α=0,9 m, i=1:1,5; chordoqqa olib chiquvchi zinapoya kataklari uchun α=0,9 m, i=1:1,25; sanoat binolari zinapoyalari kataklari uchun α=1,2-2,2 m, i=1:1,5.
    Zinapoya kataklari maksimal enini 2,4 m deb qabul qilinadi.Bitta zinapoyadagi pog‘onalar soni 3 tadan kam va 16 tadan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Bitta zinapoyadagi zinalar sonini ko‘paytirish erto‘la yoki chordoqqa olib boruvchi zinapoyalar uchun ruxsat etiladi. Zinapoya maydoni enini zinapoya katagidan kam bo‘lmagan kamida 1200 mm kenglikda qabul qilinadi.
    Yig‘ma elementlardan tayyorlangan zinapoyalar odatda ikkita katakli qilib o‘rnatiladi, uning tarkibiga 2 xil konstruktiv element kiradi: maydon plitasi, konturi bo‘ylab qobirg‘alar (to‘sin) bilan yaxlitlangan va zinapoyali zina katagi. Maydoncha plitalari chekkadagi qobirg‘alari konsolli chiqqan joylariga zinapoya kataklari tayanadi va ular bilan kamida 2 ta joyda yordamchi burchakliklar yoki plastinalar bilan payvandlanadi.
    Oraliq katta bo‘lganda (gorizontal proeksiyada 3 m dan ortiq) zinapoyalar aloxida – kosour va zinalardan loyixalanadi. Yirik panelli binolarda birgalikda ishlangan yarim maydon va bitta zinapoya katagidan iborat zinapoyalar yiriklashtirilgan elementlar qo‘llaniladi. Yig‘ma zinapoya kataklari temirbeton zina va yupqa devorli taxlanadigan pog‘onalardan iborat qilib ishlanadi. Taxlanadigan pog‘onalar beton sarfini 30% ga qisqartirish imkonini beradi.


    Download 2,22 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26




    Download 2,22 Mb.