|
T/s Bo’lim nomi Bet
|
bet | 7/26 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 2,22 Mb. | | #242785 |
Bog'liq BMI chala 16.05.24 xolati1.4.8. Eshiklar va derazalar
Loyihalanayotgan binoda eshiklar binoda joylashishiga qarab tashqi kirish eshiklari va ichki eshiklarga bo‘linadi.
Eshiklar eshik o‘rinlariga o‘rnatilgan kesakidan va kesakiga oshiq-moshiq yordamida osilgan eshik tavaqalaridan iborat.
Eshiklar tavaqalarning soniga qarab bir tavaqali va ikki tavaqali bo‘ladi. Tavaqalari teng bo‘lmagan ikki tavaqali eshiklar bir yarim tavaqali eshik deyiladi.
Eshik tavaqalari shit tuzilishidagi tekis va dilali bo‘ladi. Ikkala xil tavaqa ham oyna solinadigan yoki oyna solinmaydigan bo‘lishi mumkin.
Eshik tavaqalari karkas xosil qiluvchi yondorlardan va karkasni to‘ldiruvchi detaldan iborat bo‘ladi. Yondorlar yog‘och brusoklardan, dila esa taxta, fanera yoki yog‘och tolali listlardan tayyorlanadi. Xorijiy texnologiya bo‘yicha tayyorlanayotgan eshiklarning hamma qismlari polimer kompazitsion materiallar asosida tayyorlanmoqda.
Shit tuzilishidagi tekis eshiklar tejamli (ularga arralangan material 30-40 % kam sarflanadi) va tayyorlash hamda foydalanish uchun qulaydir, shuning uchun ular boshqa eshiklardan afzal ko‘riladi.
Shit eshik tavaqalari yaxlit yoki ichi kovak qilib tayyorlangan bo‘lishi mumkin. Yaxlit tuzilishidagi tekis eshiklar yog‘och qirindi yoki duradgorlik plitalaridan, ya'ni yog‘och brusoklardan yelimlangan shitlardan iborat bo‘ladi, bu shitlarning ikki tomoniga shpon, yog‘och-tolali bikr list yoki fanera qoplanadi. Ichi kovak eshiklar ikki tomoniga yuqorida aytib o‘tilgan materiallardan biri qoplangan karkasli tayyorlanadi.
Shit tayyorlash uchun yog‘ochning past sortlari, yog‘och tilish sanoatining chiqindilari, fanera va boshqa materiallar ishlatiladi.
Oyna solingan eshik tavaqalari o‘zining konstruksiyasi bo‘yicha shit tavaqalardan shu bilan farq qiladiki, bunda dila yoki shitning bir qismi oyna bilan almashtirilgan.
Eshik kesakilari g‘isht devorlardagi o‘rinlariga deraza kesakilaridek mahkamlanadi, antiseptik moddalar shimdiriladi, kesaki va eshik oynalari orasidagi tirqishlarga kanop losi tiqib, ustidan suvab yuboriladi.
Eshik asboblarining komplekti eshik osish uchun oshiq-moshiqdan, eshikni ochish uchun ruchka(skoba)lardan va o‘yib o‘rnatiladigan kulflardan iborat bo‘ladi.
Derazalar alyuminiy qotishmalari profillaridan yasalib,oynalashtiriladi. AD-31-11 yoki AD-31-15, GOST 4784-74 bo‘yicha. Tavaqalarni, yopuvchi elementlarni, oyna va alyuminiy profillarini oralaridagi choklarni yaxshilab berkitish uchun rezinali profillar ishlatiladi. Markasi: 68-1 TU-38-105-1082-76. Oyna ustunlarini (stoek) qurilish konstruksiyalariga, po‘lat listlarni o‘zi kesuvchi vintlar yordamida payvandlab montaj qilinadi. GOST10621-80. O‘lchamlari binoing yorug bulishi va fasad kismi chiroyli bulishi uchun kup qismi oynali qilib loyihalangan. Deraza xona o‘rtasiga o‘rnatiladi va u 2 tabaqalidir.
|
| |