• Poydyevorlar
  • T/s Bo’lim nomi Bet




    Download 2,22 Mb.
    bet4/26
    Sana18.05.2024
    Hajmi2,22 Mb.
    #242785
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
    Bog'liq
    BMI chala 16.05.24 xolati

    Konstruktiv yechimlar

    Konstruktiv yechimlarni qabul qilish quyidagi bir qator omillarga bog‘liq:
    - shahar qurilishida joylashtirish;

    • qurilish uchun ajratilgan joyning shakli va o‘lchamlariga;

    • jamoat binosining turiga;

    • arxitekturaviy va hajmiy-tarhiy yechimlariga;

    • qurilishni tashkil qilishga.

    Jizzax shahrida qurilishi rejalashtirilgan 5 xonali turar joy (aqlli uy) binosini yuk ko‘taruvchi va to‘sib turuvchi konstruksiyalari sifatida uzoq muddatli g‘isht materiallari ishlatiladi.
    Hozirgi kunda Jizzax shahrida aqlli uybinolari qurilishida karkasli aralash kabi turli xil konstruktiv sxemalar ishlatilishi ko`zga tutilmoqda. Ko‘pincha esa karkasli binolar yaratilmoqda. Karkasning yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarini 3 xil konstruktiv sxemada loyihalash mumkin:

    1. Ramali sxema - ya'ni hamma vertikal va gorizontal yuklarni ramaning bikr tugunlari qabul qiladi.

    2. Bog‘lovchili sxema - ya'ni hamma gorizontal yuklarni bikr vertikal va gorizontal bog‘lovchilarga yoki diafragmalar va bikrlik yadrolariga uzatib beriladi.

    3. Ramali-bog‘lovchili sxema - ya'ni bir yo‘nalishdagi gorizontal yuklar bikr tugunli ramalar bilan qabul qilinadi, boshqa yo‘nalishdagilari esa qavatlararo

    4. Yopmalar orqali vertikal diafragmalarga (ko‘ndalang va bo‘ylama devorlar, zina kataklari, liflar shaxtalari, rampalar) uzatib beriladi.

    5. Jizzax shahrida qurilishi rejalashtirilgan 5 xonali turar joy (aqlli uy) binolarining yuk ko‘taruvchi konstruksiyalari yig‘ma, temirbeton konstruksiyalari yong‘inga va korroziyaga chidamli bo‘lgani uchun bino qurish talablariga javob beradi.

        1. Poydyevorlar

    Poydevorlar - yer osti konstruksiyalari bo‘lib, o‘zidan yuqorida turgan konstruksiyalar og‘irliklarini qabul qilib, gruntlarga uzatib beruvchi konstruksiyalardir. Poydevorga yuqoridan devor va ustunlarning hususiy og‘irligi, pastdan esa zaminning teskari bosimi ta'sir etadi.
    Turar joy zamini deganda yuqoridan tushayotgan yukni qabul qiladigan hamda shu yuk ta'sirida kuchlanish va deformatsiya holatida bo‘ladigan grunt massasi tushuniladi. Zamin qancha kam va tekis deformatsiyalansa, uning qurilish sifatlari shuncha yuqori bo‘ladi; inshootda qo‘shimcha kuchlanishlar shuncha kam hosil bo‘ladi.
    Inshoot va gruntga mos poydevor tanlash loyihalashtirishning muhim masalalaridan biridir. Zamin va poydevorlarning bir necha variantini texnik iqtisodiy analiz qilish yo‘li bilan uning ishchi varianti qabul qilinadi. Poydevorlar yetarli darajada mustahkam, puxta, sovuqqa va yer osti suvlarining agressiv ta'siriga chidamli bo‘lishi kerak. Poydevorning tarxdagi o‘lchamlari shunday olinishi kerakki, yuqoridan tushayotgan hisobiy yuklar ta'sirida poydevor ostki sirtida hosil bo‘ladigan o‘rtacha bosim, gruntga beriladigan bosimdan ortib ketmasin; poydevorning cho‘kishi normada ko‘rsatilgan darajada bo‘lishi kerak. Har qanday poydevor loyihasida ikkita xarakterli tekislik bo‘ladi, inshoot tayanuvchi ustki sirt ( ustki tekislik ) hamda grunt bilan tutashib turuvchi ostki sirt ( ostki tekislik ). Poydevorlar chuqurligi, yuk ta'sirida ishlash xarakteri, konstruktiv shakli, materiali, vazifasi hamda ishlanish uslubiga ko‘ra bir necha turlarga bo‘linadi. Chuqurligiga ko‘ra sayoz va chuqur (yerto‘lali) poydevorlar bo‘ladi. Loyiha shakliga ko‘ra alohida, yaxlit lentasimon, poydevorlar bo‘ladi.
    Poydevorning ratsional chuqurligini tanlash binoning loyihasiga va vazifasiga, poydevorga beriladigan yukning miqdoriga, qurilish maydonchasining geologik va gidrogeologik sharoitiga, shuningdek gruntning muzlash chuqurligiga bog‘liqdir. Ana shu sharoitlarni hisobga olib, poydevor chuqurligi bir necha variantda ishlab chiqiladi hamda iqtisodiy jihatdan eng tejamlisi qabul qilinadi. Agar grunt ko‘pchiydigan (hajmi kengayadigan) bo‘lsa, poydevor chuqurligini belgilashda gruntning muzlash va erish sathi hisobga olinadi, chunki bunday gruntlar muzlaganda kengayadi, eriganda cho‘kadi. Poydevorning tubi muzlash doirasida bo‘lsa, unga gruntning kengayishidan hosil bo‘ladigan bosim kuchi ta'sir etadi.
    Jizzax shahrida qurilishi rejalashtirilgan 5 xonali turar joy (aqlli uy) turar joy poydevorlari temirbeton tasmali loyihalanish ko`zda tutilgan.




        1. Download 2,22 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




    Download 2,22 Mb.