|
Hajmiy - tarxiy yechimlar
|
bet | 3/26 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 2,22 Mb. | | #242785 |
Bog'liq BMI chala 16.05.24 xolatiHajmiy - tarxiy yechimlar
Jizzax shahrida qurilishi rejalashtirilgan 5 xonali turar joy (aqlli uy) binosining hajmiy-tarxiy yechimlari funksional vazifasiga va qurilish me'yorlari talablariga mos ravishda aniqlangan. Takomillashgan yakka tartibdagi turar joy binosi ko‘zda tutilgan.
Bino 2-qavatda iborat koredorli yechimga ega. Hajmiy-tarxiy yechimlar asosida imoratning o‘lchamlari va shakli qabul qilingan. Shartli belgi (otmetka) sifatida 1-qavat toza polining sathi 0,000 qabul qilingan va bu belgi absolyut belgiga mos keladi.
Devorlar - g’ishtdan monolit temirbetonli qalinligi 400mm.
Pardadevorlar - g‘ishtli qalinligi 120mm. Xojatxona va san uzel xonalari 120mm qilib loyihalangan.
Yong‘inga qarshi choralar. Yong‘inga qarshi chora-tadbirlar ShNQ 2.01.02-04 “Yong‘inga qarshi normalar” ga mos ravishda bajarilgan.
Qavatlar zina kataklari orqali bog‘langan. Zinalar yoritilgan va shamollatiladi. Zina katagidan lyuk orqali tom qoplamasiga chiqish mumkin. Yonginga qarshi choralar to‘liq bajarilgan.
Bosh tarx
Jizzax shahrida qurilishi rejalashtirilgan 5 xonali turar joy (aqlli uy) binosi mo‘ljallangan territoriyani zonalashtirishni hisobga olgan holda mavjud loyiha va qurilish bilan bog‘lab loyihalangan.
Muhandislik tayyorgarliklari mavjud relef bilan birgalikda bog‘langan holda yechilgan.
Uchastka relefi janubiy sharqdan shimoliy g‘arga qarab 2 metr baland-past qiyalikda joylashgan. Bino va inshootlar yuzasidan suvlarni tezda ketkazish irrigatsiya sxemalari bilan ta'minlangan. Ariqlar trapetsiya kesimli irrigatsiya lotoklari bilan qoplanadi. Territoriyani obodonlashtirish tarxida yangi 2 qatlamli qalinligi h = 9 sm bo‘lgan asfaltbeton qoplamani qalinligi h = 15 sm bo‘lgan asosga to‘shash ko‘zda tutilgan. Bosh tarz tomonidan shag‘al va qumli asosga bruschatkalar o‘rnatiladi. Mavjud trotuar bir qatlamli qalinligi 20 sm bo‘lgan asfalt- beton qoplama bilan berkitiladi. Asfalt beton qoplamani chekkalari bordyur toshlari bilan mahkamlanadi.
Xudud iloji boricha yuqori darajada ko‘kalamzorlashtiriladi.
Bunda, yer osti muhandislik kommunikatsiyalari trassalarining o‘tishini va bino hamda inshootlarga yong‘in avtomashinalarini kirib kelishi mumkinligini hisobga olish kerak.
|
| |