• Pardadevorlar
  • T/s Bo’lim nomi Bet




    Download 2,22 Mb.
    bet5/26
    Sana18.05.2024
    Hajmi2,22 Mb.
    #242785
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
    Bog'liq
    BMI chala 16.05.24 xolati

    . Devorlar

    Devor konstruksiyalarini tanlash, binolarni loyihalashda eng asosiy masalalardan biridir, chunki devorlarning qiymati, butun bino qiymatining muhim qismini tashkil etadi. Binoning mustahkamligi va ustivorligi: yuklar turiga, materiallar sifatiga, devorlarning boshqa konstruksiyalar bilan bog‘lanish sistemasiga, binoning yaratilish va ekspluatatsiya qilish shart - sharoitlariga bog‘liq.
    Jizzax shahrida qurilishi rejalashtirilgan 5 xonali turar joy (aqlli uy) binosini asosiy yuk ko‘taruvchi konstruksiyasi g‘ishtdan loyihalangan bo‘lib, qalinligi asosiy devorlar 400mm qilib olingan. O`rta devorlar va yordamchi devorlar 250 mm va 120mm qilib olingan

        1. Pardadevorlar

    Pardadevorlar ichki vertical to‘sib turuvchi konstruksiya hisoblanib, bir xonani ikkinchi xonadan ajratib turadi. Pardadevorlar o‘z og‘irligini yopmalarga yoki gruntga qurilgan pol zaminiga uzatadi.
    Pardadevorlar ko‘p foydali yuzani band qilmasligi uchun yupqa, yengil, yuzasi silliq, kirlanganda oson tozalanishi, yetarli darajada pishiq, turg‘un va o‘tga chidamli bo‘lishi kerak.
    Pardadevorlar ichki devor guruhlari tarkibiga kirib ko‘ndalang va bo‘ylama yo‘nalishda joylanishi mumkin.
    Parda devorning massasi oshgan sari tovush o‘tkazmaslik xususiyati ham ortib boradi.Tovush energiyasi zichliklari xar hil bo‘lgan ko‘p qatlamli pardadevorlardan o‘tganda o‘z kuchini yo‘qotadi. Agar qatlamlar orasida bo‘shliq ko‘zda tutilsa bunday devor tovush o‘tkazmaydi.
    Binoning turiga qarab pardadevorlar o‘tga chidamli yoki yonmaydigan bo‘lishi kerak.
    Materialiga qarab pardadevorlar asosan uch xil gips-beton panelli mayda tosh (g‘isht, mayda blok) lardan va kam qavatli uylarda yog‘och materiallardan tayyorlanadi.
    Ommaviy turar joy binolari qurilishida industrial gips-beton plitalari ishlatiladi.Bunday plitalarning o‘lchami xona o‘lchamiga teng qilib tayyorlanadi.
    Qurilish usuliga ko‘ra parda devorlar mayda-yig‘ma, yirik-yig‘ma va kombinatsiyalashgan turlarga bo‘linadi.
    Vazifasi bo‘yicha stansionar yoki qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aluvchi bo‘ladi.
    Parda devorlarning orayopmalar, yuk ko‘taruvchi devorlar bilan tutashish usullari hilma-hil moslamalar yordamida amalga oshiriladi.

        1. Zinalar

    Zinalar qavatlar orasidagi aloqani amalga oshirishga xizmat qiluvchi asosiy yuk ko‘taruvchi konstruksiyalardir, bundan tashqari zinalar tabiiy ofat, yong‘in va avariya vaqtida kishilarni binodan tez evakuatsiya qilish xizmatini bajarishi kerak.
    Zinalar vazifasiga qarab quyidagi hillarga bo‘linadi:
    - asosiy va yordamchi zinalar, qavatlar orasida kishilarning kundalik ommoviy qatnovi va binodan tashqariga chiqish uchun xizmat qiladigan zinalar.
    - yordamchi zinalarga - o‘t o‘chirishda, avariya vaqtida foydalaniladigan, chordoqqa chiqish va yerto‘laga tushish uchun xizmat qiladigan zinalar kiradi.
    Zinalar qiya joylashgan marshlar, gorizontal supachalar va xarakat xavfsizligini ta'minlovchi tutqichlardan iboratdir.
    Zina devorlari yetarli darajada o‘tga chidamli bo‘lgan maxsus xonalarda zina kataklarida quriladi. Binodagi zinalarning soni, joylashishi, o‘lchamlari, qabul qilingan binoning arxitektura-tarxiy yechimiga, qavatlar soniga, odamlar harakati oqimining shiddatiga (intensivligiga) bevosita bog‘liqdir.
    Zinalar quyidagi asosiy talablarga javob berish kerak: mustahkamlik, harakat havsizligi, yong‘indan havsizlik, harakat vaqtida toliqmaslik, gigiena, iqtisodiy va h.k. Qavatlararo zinalardagi marshlarning soniga ko‘ra 1-2marshli zinalar bo‘ladi.
    Zinalar materialiga ko‘ra: yog‘och, po‘lat, temir-beton, yig‘malik darajasiga ko‘ra: yaxlit, yig‘ma, yig‘ma blokli bo‘ladi.
    Asosiy zinapoyalarning balandligi bilan enining o‘lchamlari 1:2 da qabul qilingan, ya'ni 150mm : 300 mm. Zina marshining qiyalik burchagi a 23 ° -29° larni tashkil qiladi.
    Zina marshining qiyaligi uning eni uning binodagi o‘rni va bajaradigan vazifasiga bog‘liq odatda gorizontal tekislikda o‘rtacha inson qadamining uzunligi 500-600 mm tashkil etadi. Zinadan ko‘tarilish qulay bo‘lish uchun zinapoya o‘lchamlari qadam uzunligiga tenglashtirilgan ya'ni, zinapoya balandligi (B) va enining (E) o‘lchamlari E=2V +300Q2Q150 = 600 mmni tashkil qiladi. Asosiy zinalarning bir marshidagi zinapoyalar soni 17 dan ortiq va 3 tadan kam bo‘lmasligi kerak. Asosiy zinalarning bir marshidagi zinapoyalar soni 17 dan ortiq va 3 tadan kam bo‘lmasligi kerak.
    Marshlar orasida eng kamida eni 150 mm ga teng bo‘shliq qoldirilishi kerak (yong‘inni o‘chirish shlangalarini o‘tkazish uchun).
    Konstruktiv yechimiga ko‘ra kapital qurilishda zinalar 2 ta asosiy yechim asosida industrial usulda tayyorlanmoqda.

    • yirik bir qavat uchun har birining og‘irligi 101,5 tonna bo‘lgan 5ta elementdan iborat, ya'ni 3 ta supacha va 2 ta marsh.

    • Ogirligi 3 tonna atrofidagi 2ta elementdan iborat. Zina marshi 2ta yarim supa bilan birga quyma ravishda tayyorlangan, ya'ni yiriklashtirilgan elementlardan tashkil topgan zinalar marshlarining va supachalarining shakllari turlicha bo‘lishi mumkin.

    Pulat kosourlarga (yonbosh) o‘rnatiladigan temir-beton zinapoyali zinalar asosan po‘lat karkasli binolarda ishlatiladi.
    Zinapoyalar bruslar yoki taxtadan tayerlangan torlardan (tetiva) iborat bulishi xam mumkin.
    Jizzax shahrida loyihalanayotgan 5 xonali turar joy (aqlli uy) binolarining zinalari yig‘ma temirbetonli. Betonning sinfi B25. Ishchi armaturaning sinfi A- III, diametri 14 mm, konstruktiv armaturaning sinfi A- III, ko‘ndalang armaturalar sinfi A- I, diametri 6 mm. To‘rlar sinfi Bp- I diametri 3 mm bo‘lgan simlardan tayyorlanadi.


        1. Download 2,22 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




    Download 2,22 Mb.