T/s Bo’lim nomi Bet




Download 2,22 Mb.
bet6/26
Sana18.05.2024
Hajmi2,22 Mb.
#242785
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
BMI chala 16.05.24 xolati

Qavatlararo yopmalar

Qavatlararo yopmalar ichki yuk ko‘taruvchi va to‘sib turuvchi gorizontal konstruksiyalar bo‘lib, binoning balandligi bo‘yicha qavatlarga bo‘lib turadi. Qavatlararo yopmalar o‘zining xususiy og‘irligini, vertikal to‘sib turuvchi konstruksiyalar yukini, undan tashqari, intererda joylashgan predmetlar, asbob uskunalar, odamlar yuklarini ko‘tarib bu yuklarni binoning yuk ko‘taruvchi devoriga uzatib beradi. Qavatlararo yopmalar ovoz izolyasiyasi va issiqlik izolyasiyalarini ta'minlaydi, hamda qattiqlik va mustahkamlik talablariga javob beradi. Qavatlararo yopmalar muhimligi, konstruktiv tuzulishining murakkabligi va narxiga ko‘ra bino devorlari kabi muhim va ma'suliyatli konstruksiya hisoblanadi. Qavatlararo yopmalar joylashish o‘rniga ko‘ra a) qavatlararo yopmalar; b) chordoqdan ajralib turuvchi yopmalar; v) yerto‘la qavatidan ajratib turuvchi yopmalarga bo‘linadi. Akustik hususiyatlariga ko‘ra: a) akustik bir tarkibli; b) akustik ko‘p tarkibli. Konstruktiv turiga ko‘ra: a) to‘sinli; b) yig‘ma temir- beton panellardan qilingan; v) yaxlit temir-beton; g) to‘sinsiz yopmalar. Statik ishiga ko‘ra yopmalar asosan egilishga ishlaydi.
Qavatlararo yopmalarning egilish chegarasi, yopma uzunligining 1/200 - 1/400 dan ortmasligi kerak. Yopmalarga ta'sir etuvchi kuchlar yopmalarning konstruktiv turini tanlashda asosiy omil hisoblanadi. Eng ommaviy hisoblanadigan qavatlararo yopmalar turi ichi kavakli plitalardir. Bu turdagi plitalar unifikatsiyalangan va industrial bo‘lib, sanoat fuqaro binolari qavatlararo yopmalarining asosiy xili hisoblanadi. Qavatlararo yopmalarning temir - beton balkali turi ham keng tarqalgan.
Seysmo mustahkam binolarning yopma panellari xona o‘lchamida yasalib, to‘rttala qirrasi bilan devorga tiralishi lozim. Yopma panellar yaxlit yoki g‘ovakli plitalardan tayyorlanadi. Agarda yopma alohida elementlardan tashkil topgan bo‘lsa, u holda elementlar mustahkam birikib, seysmik kuchlarni taqsim qilaoladigan, bikir gorizontal disk hosil qilishi kerak. Buning uchun panel chekkalarida o‘yiqlar va ochiq armaturalar qoldiriladi. Armaturalar qo‘shni element armaturalari bilan kavsharlanadi, so‘ng o‘yiqlar beton bilan qoplanadi. Natijada hosil bo‘lgan shponka tutash panellarning o‘zaro siljishiga va uzilishiga qarshilik ko‘rsatadi.
Yaxlit yopma plitalarning tiralish yuzasi devor panellarining qalinligiga bog‘liq. Panel qalinligi 12, 14 va 16 sm bo‘lsa, tiralish masofasi kamida 56 sm olinadi. Yopma panellar devor panellari ustiga to‘shalgan, markasi 100 dan ortiq bo‘lgan sement qorishma qatlamiga o‘rnatiladi. Bu yuqori qavat elementlarining og‘irligini ostki qavat devorlariga barcha tiralish yuzalari bo‘yicha bir me'yorda uzatilishini ta'minlaydi.
Jizzax shahrida loyihalanayotgan 5 xonali turar joy (aqlli uy) binosining qavatlararo yopmalari dumaloq teshikli temirbeton plitalardan iborat.Qavatlararo yopmalarning qalinligi 220mm.

      1. Pollar

Qavatlararo yopmalar ustidan pollar va ayrim joylarida issiq pollar o‘rnatiladi. Pollar asosan qo‘l kuchi bilan bajariladigan binoning ichki gorizontal sathi hisoblanadi. Pollar qo‘yidagi talablarga javob berishi kerak: mustahkamlik va chidamlilik, gigienik, badiiy, akustik va h.k.
Pollar quyidagi xususiyatlariga ko‘ra klassifikatsiyalandi.

  • qavatlar soniga ko‘ra: bir yoki ko‘p qavatli;

  • materiallarga ko‘ra: yog‘och (taxta yoki parket), rulon (linoleum), beton (yaxlit va plita shaklida), keramik, asfalt (yaxlit va plita shaklida) va boshqa hil pollarga bo‘linadi.

  • akustik xususiyatlariga ko‘ra: yaxlit ya'ni, bir tarkibli ko‘p qatlamli pollarga bo‘linadi.

  • ishlatilish joyiga ko‘ra quyidagi konstruktiv elementlardan tashkil topadi:

  1. polda foydalanish jarayonida ishqalanishga uchraydigan ustki qavati toza pol yoki pol yopmasi;

  2. pol yopmasining pastki qatlamlar bilan bog‘laydigan oraliq qatlam;

v) issiqlik va tovushdan himoya qiluvchi qatlam ustidagi tekislovchi qatlam;
g) issiqlik, tovush va namlikdan himoya qiluvchi qatlam;
d) oraliq yopma qatlami (yer to‘lasiz uylarda shibbalangan tuproq qatlami).

Download 2,22 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Download 2,22 Mb.