|
T/s Bo’lim nomi Bet
|
bet | 8/26 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 2,22 Mb. | | #242785 |
Bog'liq BMI chala 16.05.24 xolatiTomlar va tom qopmalari
Loyihalanayotgan aqlli uy binoni ustki qismini tashqi muhitdan tomlar va yopma himoya qiladi.
Tomlar shakli, nishablarning qanday qiyalikda bo‘lishi binoning tarxdagi o‘lchamlariga va ko‘rinishiga, tomyopmasining materialiga, suvni tushirish usuliga, iqlim sharoitiga, texnika-iqtisodiy sharoitlariga hamda bino arxitekturasiga oid mulohazalarga bog‘liqdir. Tom va tom yopmalarning shakli bir nishabli va ikki nishabli bo‘ladi. Shuningdek to‘rt nishabli, gumbazsimon qubba, konussimon va boshqa hil tomlar ham bo‘ladi.
Nishablar gorizontal kesishib konyok hosil qiladi. Tomlar ikki nishabli bo‘lganda devorning yuqori uchburchak qismi peshtoq (fronton) deb ataladi.
Nishablarning bir-birini qiya holda kesib o‘tishidan turtib chiqqan burchak qovurg‘a (rebro) yoki ichkariga kirgan burchak yondova hosil qiladi. Bir tomning hamma nishablari, odatda, bir hil qiyalikda bo‘lishi kerak.
Tom va yopma tomlarning shakli imkoniyat darajasida oddiy bo‘lishi va imkon boricha yondovasiz bo‘lishi kerak, chunki yondova tomning mustahkam qismi hisoblanadi va doimiy tekshirib, qarab turishni talab qiladi.
Tom va yopma tomlar nishablarining qiyaligi nishab qiyaligi bilan gorizont orasidagi uning gorizontal holatiga nisbati bilan, ya'ni protsentlarda (%) yoki kasrlarda ifodalangan qiyalik burchagining tangensi bilan o‘lchanadi.
Tom va yopma tomlar qiyaligiga qarab ikki guruhga bo‘linadi:
qiyaligi 5 % va undan ortiq bo‘lgan nishab tomlar;
qiyaligi 0 dan 5 % gacha bo‘lgan tekis tomlar.
Tom yopmalari binoning boshqa qismlaridan fakrli o‘laroq doimiy ravishda tashqi ta'sirlar ostida ishlaydi.
Doimiy ta'sir etuvchi vertikal kuchlar;
Vaqtincha (qor, yomg‘ir va x.k.) ta'sir etuvchi vertikal kuchlar;
Shamol ta'siri;
Chordoqdagi havoning surilishi
Muhit namligi
Muhit xarorati
Quyosh radiyasiyasi
Muxitdagi kimyoviy birikmalarning ta'siri;
Issiqlik oqimi;
Bug‘ diffuziyasi.
Tom va tomyopmalari quyidagi talablarga javob berishlari kerak: mustahkamlik tashqi muhit ta'siriga chidamlilik uzoq muddat xizmat qilish. Loyihalanayotgan aqlli uy binonining tom qismi turi chordoqli.
Bugungi kunda O‘zbekistonda “Aqlli shahar” innovatsion texnologiyalarini joriy etishning boshlang‘ich bosqichi davom etmoqda. “Aqlli shahar” texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha Toshkent shahrida “Xavfsiz shahar”,“Aqlli hisoblagichlar”, “Aqlli transport”, “Aqlli tibbiyot” yo‘nalishlari bo‘yicha dastlabki sinov loyihalarini rejalashtirish va amalga oshirish yo‘lga qo‘yilmoqda. Nurafshon shahrida zamonaviy shahar infratuzilmasini joriy etish bo‘yicha keng qamrovli ishlar bilan birga “Tashkent City” va “Delta City” loyihalari doirasidazamonaviy shaharsozlik infratuzilmasini joriy etish bo‘yicha kompleks ishlar amalga oshirilmoqda.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan2019-yil 18-yanvarda O‘zbekiston Respublikasida “Aqlli shahar” texnologiyalarini joriy etishkonsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 48-sonli qarorga asosan “Aqlli shahar” texnologiyalarini joriy etish loyihalarini amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari sifatida quyidagi sohalar tanlab olingan:
1.“Aqlli transport”
2.“Aqlli ta’lim”
3.“Aqlli tibbiyot”
4.“Aqlli energetika tizimi”
5.“Aqlli suv ta’minoti va oqova suv”
6.“Aqlli uy-joy kommunal xo‘jaligi”
7.“Aqlli qurilish”
8.“Aqlli uy”
9.“Aqlli hokimiyat”
10.“Aqlli mahalla”.
“Aqlli uy” tizimining butun faoliyati atrofdagi makonning turli parametrlarini kuzatuvchi sensorlarning butun majmuasiga asoslangan. An’anaviy ravishda ushbu aqlli qurilmalarning barcha turlarini ikkita katta guruhga bo‘lish mumkin:
1.Harakat/mavjudlik detektorlari
2.Parametrlarni o‘qish sensorlari
Konstruksiya variantlarining xilma-xilligiga qaramay, ularning barchasi bir xil printsip asosida ishlaydi -ular Wi-Fi, GSM aloqasi yoki radio signali yordamida ma’lumotlarni asosiy boshqaruv moduliga uzatadi. Va u, o‘z navbatida, vaziyatni tahlil qiladi va qurilmalarga u yoki bu harakatlar uchun buyruq beradi.
Datchiklar -uyingiz uchun ko‘zlar, quloqlar va boshqalar vazifasini bajaradi. Datchiklardan olingan ma’lumotlarga asoslanib, allaqachon uyni jonlantiradigan va sizga jimgina yordam beradigan va hayotingizni yanada qulayroq qiladigan avtomatik skriptlarni yozish mumkin.
Avtonom aqlli datchiklar uy Wi-Fi orqali internetga ulanadi, sensor ishlab chiqaruvchining bulut xizmatiga ma’lumot uzatadi, so‘ngra sensor holati haqidagi ma’lumotlar foydalanuvchining mobil ilovasiga uzatiladi.
Quyida datchik turlari va ularning funksionalligi tahlil qilinadi.
|
| |