|
Viloyat tumani
|
bet | 1/6 | Sana | 14.09.2024 | Hajmi | 1,5 Mb. | | #271113 |
Bog'liq 10-Adabiyot.A.Navoiy. Xamsa
______________ viloyat
______________ tumani
___-umumiy o’rta ta’lim maktabi
ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi
_______________________________ning
10-“___” sinfda adabiyot fanidan
“Alisher Navoiy hayoti va ijodi. “Xamsa” asarining yaratilish”
mavzusida bir soatlik ochiq
dars ishlanmasi
SANA: ___________ SINF: 10 -“____” FAN: ADABIYOT
MAVZU: Alisher Navoiy hayoti va ijodi. “Xamsa” asarining yaratilish
Alisher Navoiy tengi yo‘q kishi erdi. Turkiy til bila she’r
aytupturlar, hech kim oncha ko‘p va xo‘b aytqon emas.
(Bobur “Boburnoma”dan)
Darsning maqsadi:
ta`limiy maqsad: o`quvchilar ongida buyuk bobokalonlarimizning hayoti va ijodi haqidagi fikrlarni kengaytirish, ular haqida keng ma`lumot berish, quyi sinflarda ushbu mavzu bo’yicha olingan bilimlarni mustahkamlash;
tarbiyaviy maqsad: o`quvchilar ongida umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish, ajdodlarimizga bo`lgan hurmat-ehtiromni oshirish, ajdodlar xotirasi muqaddas tuyg`usi ekanini singdirish, yuksak ma’naviyatlilik tarbiyasini berish;
rivojlantiruvchi maqsad: millat oldidagi shaxsiy mas`ullik fazilatlarini shakllantirish va rivojlantirish, erkin fikrlashga o’rgatish.
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:
mavjud axborot manbalaridan (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuv), telefon, kompyuter) foydalana olish va ulardagi materiallarga munosabat bildirish.
O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni ehtiyojga aylantira olish;
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va unda faol ishtirok etish;
|
| |