• Dars shiori: Bu gulshan ichra yo’qtur baqo guliga sabot, Ajab saodat erur chiqsa yaxshilik bila ot. O`qituvchi
  • 1. Guruhlar taqdimoti tinglanadi. “Nazm” va “Navo”
  • O’quvchilarning taxminiy javobi




    Download 1,5 Mb.
    bet3/6
    Sana14.09.2024
    Hajmi1,5 Mb.
    #271113
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    10-Adabiyot.A.Navoiy. Xamsa

    O’quvchilarning taxminiy javobi: Baxillik – xasislik, qurumsoqlikni anglatadi. Hech kim baxil bo’lmasligi kerak. Bunday insonlar manfur insonlar sanaladi. Biz Navoiyni asarlarida ham baxillikning yomon oqibatlari haqida o’qiganmiz.
    Oqituvchi: Darsimizga shior tanlab olamiz. Inson muruvvatliligi, saxovatliligi bilan oliy maqomga erishadi. Shuning uchun bugungi darsimizda Alisher Navoiyning yaxshilik haqida aytgan quyidagi so’zlarni shior qilib olishni lozim deb topdim:
    (Ushbu so’zlar yozilgan ko’rgazma osib qo`yilgan bo’ladi; bir o’quvchi o’qib eshittiradi.)
    Dars shiori:

    Bu gulshan ichra yo’qtur baqo guliga sabot,
    Ajab saodat erur chiqsa yaxshilik bila ot.
    O`qituvchi: Barchaga ma’qulmi?
    Endi bugungi darsimizga kutuvlar tuzamiz:

    1. Yangilik

    2. Fikr almashish

    3. O’zaro hurmat

    4. Hamkorlik

    Qoidalar:

    1. O’zgalar fikrini hurmat qilish

    2. Baholashga shoshilmaslik

    3. Tartib - intizom

    4. Ozodalik

    O’qituvchi: Endi guruhlarga bo’linib olamiz.
    Guruhlar nomi quyidagicha: 1- guruh: MA’NAVIYAT
    2-guruh: TARAQQIYOT
    3- guruh: YUKSALISH
    1. Guruhlar taqdimoti tinglanadi.
    Nazm” va “Navo”
    Har bir guruh Navoiy va Boburning g’azal va ruboiylardan va hikmatli so’zlaridan aytadilar.


    Blits-savol
    Har bir guruhga beshtadan savol beriladi. Shu savollarga to’g’ri javob bergan o’quvchilar daraxt shohlariga ilib chiqadilar.
    MA’NAVIYAT guruhiga:

    1. “Devonu lug’otit turk” asari kimning qalamiga mansub?

    2. Ahmad Yassaviyning birinchi ustozi kim edi?

    3. X-XI asrlarda Markaziy Osiyo qaysi davlatlar hududika kirar edi?

    4. Bobur ota tomonidan kimga borib taqaladi?


    Download 1,5 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 1,5 Mb.