• Hayrat ul-abror”
  • Farhod va Shirin”
  • Sab’ayi sayyor”
  • Viloyat tumani




    Download 1,5 Mb.
    bet5/6
    Sana14.09.2024
    Hajmi1,5 Mb.
    #271113
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    10-Adabiyot.A.Navoiy. Xamsa

    Yangi mavzu bayoni.







    • Alisherning maktabdosh do‘sti Husayn Boyqaro taxtga chiqishi bilan uni Samarqanddan Hirotga chaqirib oladi va muhrdor qilib tayinlaydi.

    • 1472-yildan vazirlik martabasiga ko‘tariladi, 1487-88-yillarda Astrobodda hokim bo‘lib ishlaydi.


    “Turk nazmidin chu tortib men alam,
    Ayladim ul mamlakatni yak Qalam.”
    Alisher Navoiy
    “Alisherbek naziri yo’q kishi erdi. Turkey til bila to she’r aytibturlar, hech kim oncha ko’p va xob aytqon emas. … Ahli fazl va ahli hunarg’a Alisherbekcha murabbiy ma’lum emaskim, hargiz paydo bo’lmish bo’lg’ay”.
    Zahiriddin Muhammad Bobur
    “Mir Alisher turk tilining o’lgan jasadig’a Masih anfosi bila ruh kiyurdi”.
    Husayn Boyqarо








    Alisher Navoiy o’zidan bizga ulkan adabi va ilmiy meros qoldirgan. Uning jami 22 ming baytdan ziyod g’azal, ruboiy, tuyuq va boshqa janrlardagi lirik asarlari Navoiyning o’zi tartib bergan to’rt kitobdan iborat “Xazoyin ul-maoniy” (“Ma’nolar xazinasi”) majmuasida jamlangan. Devonning har bir kitobiga inson umrining fasllariga mos ravishda nom berilgan. Navoiy fors tilida Foniy taxallusi bilan yozgan she’rlari alohida “Devoniy Foniy” ga yig’ilgan.






    Xamsa”



    Sharq xalqlari adabiyotida “Xamsa” (“Beshlik”) yaratish an’anasini XII asrda yashagan ozarbayjon shoiri Nizomy Ganjaviy boshlab bergan. Uning 30 yildan ortiq vaqt davomida fors tilida yozgan besh dostoni shoir vafotidan so’ng yaxlit to’plamga birlashtiriladi va “Panj ganj” (“Besh xazina”) deb yuritila boshlandi. Nizomiydan keyin Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy va boshqa ko’plab ijodkorlar an’anani davom ettirib, o’z “Xamsa”larini yaratdilar.


    Mazkur an’anani davom ettirgan holda Alisher Navoiy 1483-1485-yillarda ilk marotaba turkey tilde o’z “Xamsa”sini yaratdi. Navoiy “Xamsa”si quyidagi dostonlarni o’z ichiga oladi.



    Hayrat ul-abror” (“Yaxshi kishilarning hayratlanishi”) – pand nasihat ruhidagi ta’limiy-axloqiy, falsafiy doston bo’lib, unda Navoiy davridagi xalq turmushi, urf-odatlari, muallifning diniy va axloqiy qarashlari aks etgan.


    Farhod va Shirin” – bu dostonda Navoiy Chin shahzodasi Farhodning go’zal arman malikasi Shirin ishqida ko’rsatgan qahramonliklari bayoni orqali komil inson masalasi ko’tariladi.


    Layli va Majnun” – bu dostonda Navoiy arab yigiti Qaysning Layloga pok muhabbati, ishq yo’lida majnun (Devona) bo’lishi orqali majoziy ishq sirlari aks ettiriladi.



    Sab’ayi sayyor” (“Yetti sayyora) – bu dostonda Navoiy Sharqda keng tarqalgan shoh Bahrom (Bahrom Go’r) haqidagi afsona asosida yaratilgan ishqiy-sarguzasht xarakterdagi doston.




    Saddi Iskandariy” (“Iskandar devori”) – “Xamsa”ning yakunlovchi va hajm jihatdan eng yirik dostoni bo’lib, unda ma’rifatli shoh Iskandar Zulqarnaynning sarguzashtlari haqida hikoya qilinadi.




    Download 1,5 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 1,5 Mb.