• Tuproqning mexanik tarkibi.
  • Tuproq fizik-mexanik va texnologik xossalari




    Download 28.99 Kb.
    bet1/6
    Sana10.04.2024
    Hajmi28.99 Kb.
    #192987
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Tuproq fizik-mexanik va texnologik xossalari-fayllar.org
    Hayotning paydo boʻlishi - Vikipediya, Mustaqil ish-2, Interfaol ta’lim metodlari, 4, чизма, YOSH PEDAGOGIK PSIXOLOGIYANING O\'QITUVCHI FAOLIYATIDA TUTGAN O\'RNI, Sultonaliyev Xumoyinmirzo (sket) (2), Oliy matematika. 3-jild (Yo.Soatov), 3. O‘rta Osiyo mutafakkirlarining iqtisodiy g‘oyalari, 1. Abdulla Qodiriy O\'g\'ri asari tahlili, 2-topshiriq, 3rC46kqrx9yvIa2pCTCzgYV7RiDXMvO9XDf97VDJ, 10.2023 Zamonaviy ilm-fan va ta’lim istiqbollari, 981, wepik-exploring-the-english-speaking-world-a-journey-through-english-speaking-countries-20231207132642vYEM

    Tuproq fizik-mexanik va texnologik xossalari

    TUPROQ FIZIK-MEXANIK VA TEXNOLOGIK XOSSALARI
    Tuproq zichlik, hajm birligidagi massasi, g’ovaklik (teshiklik) va boshqa ayrim fizik xossalarga ega. Bu umumiy fizik xossalari tuproq hosil bo’lishida va tuproqning asosiy sifat ko’rsatkichi bo’lgan unumdorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Bu xossalarni o’rganish sug’oriladigan dehqonchilik sharoitida ayniqsa muhimdir. Chunki sug’orish natijasida hamda traktor va qishloq xo’jalik mashinalarining daladan qayta-qayta o’tishi oqibatida tuproq mexanik jihatdan zichlashib, uning xossalari juda o’zgaruvchan bo’lib qoladi.
    Tuproqning fizik xossalarini aniqlash ayniqsa qurilish ishlari uchun ham muhim ahamiyatga ega. Bu bilan injenerlik geologiyasi va boshqa bir qator sohalar shug’ullanadi.
    Tuproqning sifati ko’pincha uning fizik xossalariga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun tuproqning fizik xossalarini o’rganish muayyan tuproqni baholashda alohida ahamiyat kasb etadi. Tuproqni ishlash sistemasini belgilashda, meliorativ tadbirlar o’tkazishda va boshqa qishloq xo’jalik maqsadlarida tuproqning fizik xossalarini albatta nazarda tutish lozim.
    Tuproqning mexanik tarkibi.
    Tuproqning mexanik (granulometrik) tarkibi deganda quruq tuproqqa nisbatan prosentlarda ifodalangan tuproqdagi mexanik elementlar quruq zarrachalar tushuniladi.
    Mexanik analiz deganda barcha tuproq agregatlarini elementar tuproq zarrachalariga yoki quruq tuproq massasiga nisbatan prosentlarda ifodalangan tuproq elementlarini maksimal ajratishga erishish uchun imkon beradigan usullar sistemasi tushuniladi.
    Tuproqning mexanik elementi deganda (N.A.Kachinskiy ta’rifi bilan aytganda) mineral jismlarning alohida bo’laklari (siniqlari), shuningdek, amorf birikmalari tushunilib, bu xildagi birikmalarning hamma elementlari ximiyaviy birikkan bo’ladi.
    Tuproqning mexanik tarkibini aniqlashga kirishishdan oldin uni u yoki boshqa yo’l bilan analizga tayyorlash, ya’ni barcha mikroagregatlarni unga turli xil ta’sir ko’rsatib tuproqning elementar zarrachalariga maydalash kerak bo’ladi.

    Download 28.99 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 28.99 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tuproq fizik-mexanik va texnologik xossalari

    Download 28.99 Kb.