• - Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology).
  • -Mavzuga oid adabiyotlar tahlili (Literature review)




    Download 24,81 Kb.
    bet2/6
    Sana26.05.2024
    Hajmi24,81 Kb.
    #254228
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Тураев Т

    -Mavzuga oid adabiyotlar tahlili (Literature review). Hozirgi bosqichda ilmiy-tеxnikaviy rivojlanishning asosiy xususiyatlaridan biri - axborotning jamiyatdagi rolini bеlgilab olishdir. Shu o`rinda mazkur muammoga bag`ishlangan rеspublikamizning tanikli olimlari akadеmiklar V.Q. Qobulov, S.S. G`ulomov, profеssorlar A.A. Abdug`afforov, R.X. Alimov, M.Irmatov, T.Sh. Shodiеv, D.N. Ahmеdov, B.M. Ismoilov, Z.T. Odilova va boshqalarning ilmiy ishlarini ta'kidlab o`tish joizdir. Akadеmik V.Q. Qobulov ta'kidlaganlaridеk, «Iqtisodiy kibеrnеtika, ijtimoiy ishlab chiqarishning siyosiy-iqtisodiy tahliliga asoslangan holda, axborot va matеriallarni tubdan o`zgartirib yuborishning iqtisodiy tizimi doirasida ko`radi».
    Axborot tanqisligi bilan bog`liq bo`lgan boshqaruv xatolari juda qimmatga tushadi. Ayni paytda, boshqaruv va ishlab chiqarish samaradorligi, ilg`or tеxnologiyalarni ishlab chiqish va foydalanish bo`yicha eng ko`p axborotga ega bo`lgan tizim yutib chiqmoqda.
    Informatika o'qitish mazmunini aniqlashda informatikani fan va o‘quv predmeti ekanligi haqidagi tasavvurlardan kelib chiqish kerak. Informatika fani va informatika o‘quv predmeti bir-biridan avvalambor mazmunining hajmi va chuqurligi bilan farq qiladi. Informatika o‘quv predmeti informatika fanidan o‘quvchilarda informatika haqida bir butun, yaxlit bilimlar tizimini hosil qiladigan va kelajak amaliy faoliyatlarida zarur bo‘ladigan ma’lumotlarnigina oladi. Informatika o‘quv predmeti sifatida o‘quv dasturlari va darsliklarda o‘z aksini topadi.
    - Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology). Informatika o‘quv predmeti tarkibiga kiritilgan o‘quv materiaiining hajmi to‘g‘risidagi masala hal etilganidan so‘ng, ushbu o‘quv materialni o‘quvchilarga qanday ketma-ketlikda yetkazib berilishi maqsadga muvofiq ekanligini aniqlash lozim.
    Informatika o‘qitish uslubiyotining xususiyatlaridan biri o‘quvchilarni informatikaning mazmunini va unga xos ilmiy izlanish usullarini egallash, amaliy bilimlar va ish ko‘nikmalarini egallashning usul va yo‘llarini belgilash masalasidir.
    Bularga o‘quv materialini o‘rganish usullari hamda zamonaviy pedagogik va psixologik tadqiqotlar asosida o'quv mashg‘ulotlarini tashkil etish shakllari kiradi.
    Informatikadan mashg‘ulotlarni samarali o‘tkazish uchun tegishli moddiy baza, ya’ni maxsus jihozlangan informatika xonasi bo‘lishi lozim. Undagi xavfsizlik texnikasi qoidalariga asosan, xonaning zamonaviy talablarni hisobga olgan holda tanlash va jihozlashni hal etish informatika o‘qitish uslibiyotining yana bir masalasini tashkil etadi.
    Informatika o‘qitish metodikasining masalalari qatoriga, aniqrog‘i, uning maxsus qismiga informatika kursining barcha bo‘limlarini ularni bayon qilish mahoratini hisob­ga olgan holda qarab chiqish kiradi.
    Informatika o‘qitish uslubiyotiga “Informatika” o'quv predmetini o‘qitish uchun o‘quv-metodik, dasturiy, tashkiliy va texnik ta’minotni tadqiq etish hamda ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan, pedagogika va informatika fanining bir shoxobchasi sifatida qarash mumkin.

    Download 24,81 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 24,81 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -Mavzuga oid adabiyotlar tahlili (Literature review)

    Download 24,81 Kb.