• - Tahlil va natijalar (Analysis and results).
  • Textiik ta’minot sohasida




    Download 24,81 Kb.
    bet4/6
    Sana26.05.2024
    Hajmi24,81 Kb.
    #254228
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Тураев Т

    Textiik ta’minot sohasida informatika o‘qitish uslubiyotining maqsadi quyidagilardan iborat:

    • o‘quv-tarbiya jarayonida foydalanadigan texnik vositalarni tanlashni iqtisodiy asoslash;

    • kelajakda foydalanish istiqbollarini hisobga olgan holda informatika xonasining parametrlarini, jihozlarini aniqlash.

    - Tahlil va natijalar (Analysis and results). Informatika didaktikasi va o‘qitish metodikasida o‘qitishning tashkiliy shakllari markaziy o‘rinlardan birini egallaydi.
    O‘qitishning tashkiliy shakllari deganda o‘qituvchi va o'quvchining o‘zaro munosabatlarini tashkil etish yo‘llari tushuniladi. O‘qitishning tashkiliy shakllari bir qator mezonlar bo‘yicha tasniflanadi: O‘quvchilar soni, o‘qish joyi va boshqalar. Birinchi mezon bo‘yicha tasnifini ko‘rib chiqamiz (1- rasm).
    O‘quvchi faoliyati — ta’lim jarayoni qatnashchilari orasidagi o‘zaro munosabatlarning bir bo'lagidir. Shu sababli u o‘qitishning tashkiliy shakllari tavsifi tarkibiga kiradi. o’quvchilarni individual faoliyatini nazarda tutuvchi shakllar ham mavjuddir (masalan, informatikadan mustaqil ishlar bajarish). Boshqa shakllar esa, masalan EHMda amaliy mashg‘ulot, guruh bo‘lib ishlashni talab etadi. O‘qitishning tashkiliy shakllarining ko‘pchiligi frontaldir (masalan, ma’ruza shaklida).
    Har bir inson hayoti davomida doimo tevarak atrofidan ma’lumotlar oladi va ularni o’z miyasida qayta ishlaydi. Masalan, o’quvchi yoki talaba ertalab turib yuvinish uchun suv yoki boshqa kerakli narsalarni borligi haqida ma’lumotni anglaydi va so’ngra kerakli ishni bajarishga kirishadi. Yoki darsga borishi uchun dars jadvali haqidagi ma’lumotni eslaydi. Shyunga ko’ra, zaruriy kitob yoki daftarlarni o’qish uchun tayyorlaydi. Darsga borib o’qituvchi tomonidan biror mavzuga ta’aluqli ma’lumotlarni oladi va uni qayta ishlaydi. Demak, inson ma’lumotlar bilan doimo ish ko’radi. Ma’lumotni zarur bilib, biror maqsadda ishlatish-bu axborot demakdir. Ma’lumot va axborot tushunchasi bir-biriga juda yaqin tushunchalar hisoblanadi. Ma’lumotsiz axborot bo’lmaydi, ya’ni ma’lumot axborot sifatida ishlatilmasa, bunday ma’lumot keraksiz bo’lib qoladi. Axborotni inson o’z qabul qilish a’zolari yordamida idrok etadi, tushunadi. Inson birov bilan suhbatlashadimi, darsda ma’ruza tinglaydimi, radio eshitadimi, kitob, jurnal, gazeta o’qiydimi barcha hollarda ham ma’lumotlar oladi, axborotga ega bo’ladi. O’z-o’zidan ko’rinib turubdiki, biz kitob yoki gazetalardan asosan matn korinishdagi (bunda rasmlar bo’lishi ham mumkin), ma’ruzani tinglaganimizda yoki radio eshitganimizda tovush yordamidagi, televizor yoki video ko’rganimizda esa harakatli tasvir ko’rinishidagi axborotni olamiz. Bu esa axborotning ma’lum bir turdagi ko’rinishlari hisoblanadi.
    Axborotning amalda qo‘llanilishi zarur sharti uning o‘z vaqtidaligi va adekvatligidir. Adekvatlik bu olingan axborot asosida qurilgan obrazning haqiqiy ob`ektga qanchalik mosligini beradi va u uchta formada ifodalanadi:
    Sintaktik adekvatlilik - bu axborotni uzatish tezligi, aniqligi, kodlashtirish tizimi, tashqi ta’sirlarning mavjudligi va shu kabi jarayonlardan iborat.
    Semantik adekvatliligi - uzatiladigan axborotning ma’naviy tarkibi, ob`ekt obraziga va haqiqiy ko‘rinishiga mos kelishligi hisobga olinadi.
    Pragmatik adekvatlilik - olingan axborotning asosiy boshqariladigan jarayon bilan mos kelishini belgilaydi.
    Bularni yanada yaxshiroq tasavvur etish uchun hayotiy bir misol olamiz. Faraz qilaylik, siz avtomobil bozorida ishlovchi firmada menedjer bo‘lib ishlaysiz va avtomobil texnikasini namoyish etuvchi ko‘rgazmaga taklifnoma oldingiz. Bu taklifnomada ko‘rgazma bo‘ladigan vaqt, joyi, ishtirokchilar tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lishi mumkin. Agar ko‘rgazma yopilgandan so‘ng bu taklifnomani olganingizda, u sizga kerak bo‘lmay qolardi. O‘z vaqtida emasligi sababli foydalanib bo‘lmaydi.
    Sintaktik adekvatlik talablarini bajarish uchun taklifnoma varaqasi butun bo‘lishi, qattiq qog‘ozdan tayyorlanganligi, shriftlarning oson o‘qiladiganligini ta’minlaydi. Ya’ni bu yerda biz faqat axborotni uzatish jarayoni to‘g‘risida bosh qotiramiz va unda nima yozilganligi bizni qiziqtirmaydi. Semantik adekvatlik bizdan taklifnomadagi xabarning haqiqatga mos kelishini talab qiladi. Bu ma’noda pavilyon tartib raqamlari, ishtirokchilar nomlari, tadbirning bo‘lish vaqti kabilar mos kelishi tekshiriladi.
    Pragmatik adekvatlik taklifnomadagi ma’lumotlarning foydaliligi bilan aniqlanadi. Ya’ni, taklifnomadan foydalanib, kerakli ko‘rgazma zalini tez va vaqtida topa olsangiz - o‘z vaqtingizni tejagan va asablaringizni asragan bo‘lasiz.
    Ma’lumot yoki axborot tarixan moddiy va ma’naviy boyliklar qatoridagi qadriyatlardan bo‘lib kelgan. Tinch hayot davrida xom-ashyoni qayta ishlash, inshootlarni puxta qilib yaratish, tabiat injiqliklariga bardosh bera olishga doir tajriba xulosalari yozma yoki og‘izdan-og‘izga ko‘chuvchi ma’lumot, oila, qabila va millat-elatlarni mavqeini belgilovchi manba va boylik sifatida qadrlangan. Urush yoki tahlikali kunlarda esa dushman qurolli kuchlari, rejalari, mudofaa imkoniyatlari haqidagi ma’lumot hayot-mamot masalasi bo‘lgan. Shu bois ma’lumotga nisbatan har doim uni saqlash, tezkorlikda uzatish va to‘g‘ri tahlil qilish kabi masalalar dolzarb bo‘lib kelgan. Masalan, ma’lumotni qulay va ishonchli saqlash maqsadida qog‘oz ixtiro qilingan, tezkorlikda va ta’sirchan uzatish uchun telegraf telefon, radio, televideniye ixtiro qilingan. To‘g‘ri va tezkor tarzda katta hajmdagi ma’lumotni qayta ishlash maqsadida esa komputer ixtiro qilingan deyish mumkin.

    Download 24,81 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 24,81 Kb.