|
Turayev Taxir Yuldashovich
|
bet | 1/6 | Sana | 26.05.2024 | Hajmi | 24,81 Kb. | | #254228 |
Bog'liq Тураев Т
UDK: 681.42.37:371.3
Turayev Taxir Yuldashovich
Termiz davlat pedagоgika instituti Infоrmatika va
uni о‘qitish metоdikasi kafedrasi o’qituvchisi,
E-mail: ttttt01011991@gmail.com
Tel: (90) 747 12 59
TerDPI Infоrmatika va uni о’qitish metоdikai kafedrasi mudiri Pedagоgika fanlari bо‘yicha falsafa dоktоri (PhD) S.Sattоrоv taqrizi asоsida
Organizational forms of teaching informatics and information technologies
Abstract
In this article, the methods and forms of teaching informatics and information technologies, the importance of teaching today and the work to be done to improve this field were discussed.
Keywords: Informatics, educational subject, electronic references, electronic study guides, electronic textbooks, keyboard trainer, programming languages, Microsoft office package, text editor.
Организационные формы обучения информатике и информационным технологиям
Аннотация
В данной статье обсуждались методы и формы обучения информатике и информационным технологиям, важность преподавания сегодня и работа, которую необходимо провести для совершенствования этой области.
Ключевые слова: Информатика, учебный предмет, электронные справочники, электронные учебники, электронные учебники, клавиатурный тренажер, языки программирования, пакет Microsoft Office, текстовый редактор.
Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishning tashkiliy shakllari
Annotatsiya
Ushbu maqolada Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitish metodlari va shakllari, o’qitishning bugungi kundagi ahamiyati va bu sohani takomillashtirish borasidagi amalga oshirilishi kerak bo’lgan ishlar haqida fikr yuritildi.
Kalit so‘zlar: Informatika, o‘quv predmeti, elektron ma’lumotnomalar, elektron o‘quv qollanmalar, elektron darsliklar, klaviatura trenajyori, dasturlash tillari, Microsoft office paketi,matn muharriri.
Kirish. Lekin informatikani o’qitishda interfaol metodlardan foydalanishni uzluksiz ta’lim tizimining barcha bo’g’inlarida qo’llash borasidagi ilmiy tadqiqotlar yetar-licha o’rganilmagan.Hozirgi kunda o’qitishda interfaol metodlardan foydalanish uning mazmun mohiyatini bilish juda muhimdir. Uning ta’limda qo’llanilishi esa o’quv jarayonini samaradorligini oshirish yo’llaridan biri bo’lib hisoblanadi. Shu jihatdan olganda ishning muammosi dolzarb hisoblanadi.
Informatika − bu insoniyat faoliyatining bir sohasi bo’lib, u axborotni hosil qilish, saqlash va kompyuter yordamida ularni qayta ishlash, shu bilan bir qatorda tadbiq muhiti bilan o’zaro bog’liq bo’lgan jarayonlarning aloqadorliklarini o’z ichiga oladigan ko’nikma va vositalar tizimidir.
Informatikadan darslarni tashkil qilish uchun avvalo ushbu fan rivojining hozirgi bosqichida informatikani o‘qitish vazifalarini aniq belgilab olish lozim. Shuning bilan birga uzluksiz ta’lim tizimida informatikani o‘qitish konsepsiyasi va davlat ta’Iim standartlariga asosan bu vazifalarni informatikani o‘qitishdagi o‘ziga xos tomonlarini tahlil etish lozim.
|
| |