|
O’quv-metodik ta’minot sohasida
|
bet | 3/6 | Sana | 26.05.2024 | Hajmi | 24,81 Kb. | | #254228 |
Bog'liq Тураев ТO’quv-metodik ta’minot sohasida informatika o‘qitish uslubiyati o‘z oldiga o‘quvchilar uchun darsliklar va o‘quv qo'llanmalarini, o'qituvchilar uchun esa uslubiy ishlanmalarni yaratishni maqsad qilib qo‘ydi.
O’quv-metodik ta’minot o‘quv dasturlari, darsliklar, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalarni, shu jumladan, ularhing elektron ko‘rinishdagi versiyalarini o‘z ichiga oladi. Bunda asosiy o‘rin darslik va o‘quv qo‘llanmalariga ajratilgan. Qolgan o‘quv-uslubiy ta’minot asosiy darslik bilan yaqindan bog‘langan bo'lib, darslikdagi g‘oyalarni tushuntirish va rivojlantirishga xizmat qilishi lozim.
O‘quv-metodik ta’minot tarkibiga davriy nashrlardagi, oliy va o‘rta maxsus ta’lim va xalq ta’limi vazirliklari nashrlaridagi uslubiy materiallarni va me’yoriy hujjatlarni kiritish mumkin.
O’quv-metodik ta’minotning hozirgi davrdagi muhim komponenti elektron o‘quv-uslubiy materiallardir.
O‘zbekiston Respublikasida o‘quv jarayoniga elektron darsliklar keng joriy qilinmoqda. Qabul qilingan o‘quv-uslubiy adabiyotlarning yangi avlodini yaratish konsepsiyasi, an’anaviy materiallardan foydalanishdan tashqari, quyidagi elektron o‘quv-uslubiy materiallarni ishlab chiqishni va o‘quv-tarbiya jarayoniga joriy etishni ham nazarda tutadi:
elektron ma’lumotnomalar;
elektron o‘quv qollanmalar;
elektron darsliklar;
elektron ensiklopediyalar va h.k.
Dasturiy ta’minot sohasida informatika o‘qitish uslubiyoti yangi dasturiy mahsulotni ishlab chiqishni, muayyan dasturiy mahsulotdan foydalanish maqsadga muvofiqligini asoslab beradi. Informatika kursining dasturiy ta’minoti kompyuterlarning bazaviy (tayanch) dasturiy ta’minoti va informatika kursining ma’lum bir mavzularini o‘rganishga yordam beradigan pedagogik dasturiy vositalar kompleksidan tashkil topadi.
Tashkiliy ta’mimot sohasida informatika o‘qitish uslubiyoti pedagogik dasturiy vositalar va axbofot texnologiyalarini o‘qitishda samarali qo‘llash maqsadida, ta’lim muassasalar xodimlari faoliyatini faollashtirishni ko‘zda tutadi.
|
| |