|
- Xulosa va takliflar (Conclusion/Recommendations)
|
bet | 5/6 | Sana | 26.05.2024 | Hajmi | 24,81 Kb. | | #254228 |
Bog'liq Тураев Т- Xulosa va takliflar (Conclusion/Recommendations). Ishlab chiqarish kuchlari imkoniyatlari hamda fan-texnika yuqori cho‘qqilarga ko‘tarilgan zamonida ham ma’lumot yoki axborot o‘ta muhim ahamiyatga ega tovar sifatida namoyon bo‘ladi. Endi yangi ma’lumot yoki bilimlarni yaratuvchi bir qator mutaxassisliklar mavjudki, muayyan shaxs, tashkilot, tarmoq hatto davlatlar taqdiri va salohiyati ulardan o‘z vaqtida olingan sifatli ma’lumotlarga bog‘liq desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu mutaxassislarni kuch-qudrati bir tomondan o‘z sohalaridagi yuqori malakasi bilan belgilansa, ikkinchi tomondan hisoblash mashinalari (komputerlar) zamonaviy informatsion texnologiyalarni o‘zlashtirganliklarida namoyon bo‘ladi. Haqiqatan ham komputer, aniqrog‘i u va unga ulanadigan nihoyatda va uning imkoniyatlarini kengaytiradigan yordamchi qurilmalar majmuasi, quyidagi tizimga ko‘ra ma’lumotni qayta ishlaydi: axborot-komputer-axborot.
Ko‘p hollarda komputerga kiritiladigan axborot bilimlar yoki ma’lumotlar bazasi sifatida namoyon bo‘ladi, unda hosil qilingan axborot esa o‘z iste’molchisiga ega bo‘lgan yuqori baholarga ega tovar sifatida qadrlanadi.
Kompyuter texnikasining paydo bo’lishi informatikaning mustaqil fan sifatida ajralib chiqishiga olib keldi. 1960 yillarda Informatika axborotni kompyuter yordamida qayta ishlash bilan shug’ullanuvchi sohani ifodalaydigan atama sifatida Fransiyada yuzaga keldi. Kompyuterda axborotni “0” yoki “1” ko’rinishidagi raqamlar ketma-ketligi kodlar yordamida ifodalanadi. Kompyuter dastlab hisoblash ishini bajaruvchi vosita sifatida yaratilgan bo’lsada, hozirgi kunda axborot ustida bajariladigan amallarning barchasini sifatli uddalaydigan eng universal va zamonaviy takomillashgan texnik vositaga aylandi.
O‘qish joyiga qarab o‘qitishning maktabda-ustaxonada, laboratoriyada ishlash va maktabdan tashqari-uy vazifalarini bajarish, ekskursiyalar va b. shakllari mavjud.
O‘qitishning guruhli shakli. AQSHda ta’lim bo‘yicha instruktorlar asosan guruh bilan ish olib borishni tavsiya etadilar. Zamonaviy tadqiqotlar o‘qitishning ushbu shakli o‘quvchilar orasidagi salbiy munosabatlarning oldini olishning samarali vositasi ekanligini ko‘rsatmoqda. Guruhda ishlash tajribasi tafakkur uslubini “biz va ular”dan “biz” ko‘rinishiga o‘zgartiradi.
Kichik guruhlarda ishlash yuzma-yuz ishlashni taqozo etadi. Shu sababli o‘tirish joylarini an’anaviy, ya’ni o'quvchilar o'zidan oldingi o‘quvchi boshining orqa tomonini va o'qituvchining yuzini ko‘ra oladigan holatda joylashtirish maqsadga muvofiq emas. O'quvchilarning o‘rnini o'zgartirish — guruhda muomala qilish imkonini beradigan kichik zonalar tashkil etish kerak bo‘ladi. Bunda kichik guruhlar va har bir guruhdagi o'quvchilar sonini hisobga olish lozim (uch, to‘rt, yetti va h.k. o‘quvchi).
E’tibor berilishi lozim bo‘lgan navbatdagi masala, kichik guruhlarni shakllantirish jarayonini yaxshilab o‘rganib chiqishdan iborat. O’quvchilar guruhlarda nafaqat o'quv masalasini yecha olishlari, balki kommunikativ ko‘nikmalarni ham egallashlari va mustahkamlashlari zarur.
Guruhlarni shakllantirganda yechiladigan masalaning mazmunini ham e’tiborga olish lozim. Masalan, o‘qituvchi har bir guruhga yechilayotgan masalaga nisbatan nuqtai nazari qarama-qarshi bo‘lgan o‘quvchilarni kiritishi mumkin. Natijada masalani yechish jarayonidagi muhokama jonli va qiziqarli chiqadi. Yoki, aksincha, a’zolari bir sohaga qiziqishlari bilan tavsiflanuvchi gomogen guruhlarni tuzish ham mumkin.
|
| |