|
Kunning birinchi yarmida sayreni o’tkazish sayrning maqsad va vazifalarini aniqlash
|
bet | 10/15 | Sana | 28.01.2024 | Hajmi | 48 Kb. | | #147658 |
Bog'liq Turli yosh guruhlarida kun tartibini kuzatish va sensor tarboya Kunning birinchi yarmida sayreni o’tkazish sayrning maqsad va vazifalarini aniqlash
Jismoniy mashqlar - jismoniy tarbiya qonuniyatlari, vazifalari bilan bogliqlikda maxsus tashkil etiluvchi hamda ongli ravishda bajarishga qaratilgan harakatlar yig’indisi. Jismoniy mashqlarga tasnif etishga doir xilma-xil yondashuvlar mavjud bo’lib, ko’proq umumlashgan tasnif o’zida gimnastika, o’yin, sayr kabilarni qamrab oladi. Pedagogik nuqtai nazardan gimnastika sog’likni mustaxkamlashga yordam beradigan jismoniy mashqlar majmuidir. Gimnastikaning asosiy, gigiyenik, sportga oid, badiiy, ishlab chiqarishga doir, tibbiy turlari mavjud. MTM o’quv dasturlari bilan bog’liqlikda tarbiyalanuvchilar asosiy gimnastika (narsa buyumlar va narsa buyumlarsiz bajariladigan umumiy rivojlanishga doir mashqlar, sakrash, yugurish, elementar akrobatik mashqlar) bilan shug’ullanishlari lozim. O’yin - tarbiyalanuvchilarni tarbiyalash maqsadida tashkil etiladigan erkin harakat yoki mashg’ulot. O’z moxiyatiga ko’ra o’yin bolaning jismoniy kuchini, qo’llarining, qaddi- qomatining tikligini, ishonchli ko’zlarni rivojlantirishga xizmat qilib, unda o’tkir zexni, topkqrlik, tashabbuskorlik kabi sifatlarni tarbiyalaydi. O’yinning tarbiyaviy ahamiyati katta bo’lib, bolalarda g’amxo’rlik, o’z jamoasi uchun qayg’urish, birgalikdagi harakatlanishdan quvonish, do’stlik va o’rtoqlik xissini kuchaytiradi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda asosan ochiq havoda tashkil etiluvchi harakatlantiruvchi o’yinlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Maktabgacha ta’lim yoshida keng qo’llashni talab etadigan jismoniy mashqlardan yana biri sayrdir. Sayr - osuda yerlarda, oromgoh sayrgohlarda aylanib yurish, tomosha qilish, orom olish sanaladi. Odatda sayr piyoda, qayiqda, chanada va velosipedda o’tkazilishi mumkin. Sayr bolalarning uzok vaqt ochiq havoda bo’lib, ularning sog’ligi va jismoniy taraqqiyotiga har tomonlama ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bolaning sayr vaqtida ochiq havoda bo’lishi natijasida qon kislorodga to’yinadi, temperaturaning o’zgarib turishi, havoning namlanishi, shamol ta’siri termoregulyatsion apparatni mashq qildiradi, organizmni chiniqtiradi. Bolaning faolligi oshadi, harakatlari, jismoniy sifatlari takomillashadi. Sayrni tashkil etish va o’tkazishda quyidagi pedagogik talablarga rioya etish maqsadga muvofiq:
- sayrga yig’ilish ko’p vaqtni olmasligi, bolalarni bir tartibda kiyinish va yechinishga o’rgatish kerak; - sayr shunchaki tashkil etilmay, uning rejasiga atrof-muhitni kuzatish, sport mashg’ulotlari, mehna tva o’yin faoliyati qamrab olinishi lozim; - sayrni tashkil etish uchun zarur jihozlar avvaldan tayyorlab qo’yilib, belgilangan talablarga javob berishi kerak; - sayrning davomiyligi uch-to’rt soatdan oshmasdan, havo harorati hisobga olinishi zarur;
|
| |