Turli yosh guruhlarda jismoniy tarbiya mashg’ulotini kuzatish




Download 48 Kb.
bet12/15
Sana28.01.2024
Hajmi48 Kb.
#147658
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Turli yosh guruhlarida kun tartibini kuzatish va sensor tarboya

Turli yosh guruhlarda jismoniy tarbiya mashg’ulotini kuzatish.
Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari bolalarni jismoniy mashqlarga muntazam o`rgatishning asosiy shaklidir.Mashg’ulotlarning ahamiyati harakatlar madaniyatini mujassam shakllanishi, sog’lomlashtirish, ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarni muntazam amalga oshirishdan iboratdir.Mashg’ulotlar xushchaqchaq, intizomli, atrof-muhitda yaxshi harakat qila oladigan, belgilangan vazifaga muvofiq tez va ishonch bilan, maqsadga yo’nalgan holda faoliyat ko’rsata oladigan, shuningdek, axloqiy sifatlar va ijodiylik namoyon eta oladigan shaxslarni tarbiyalashga xizmat qiladi.Jismoniy mashg’ulotlar kuzda, qishda va bahorda binoda hamda ochiq havoda o`tkaziladi. Yoz paytida o`yinlar, mashqlar ochiq havoda, jismoniy tarbiya maydonchasida o`tkaziladi.«Uchinchi mingyillikning bolasi» tayanch dasturida har bir yosh guruhi uchun belgilangan jismoniy mashqlar mashg’ulotlarning mazmunini tashkil etadi. Mazmuniga ko`ra xilma-xil mashg’ulotlarni o`tkazishda vazifalarning aniq va oydin bo`lib qolishi, dasturni o`tishda izchilikka rioya qilish, shuningdek bolalarning yosh va o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olish shartdir.Mashg’ulotlar tuzilishi jismoniy mashqlarning bolalar tomonidan izchil bajarilishidan iboratdir. U qo`yilgan vazifalar, nerv tizimining ish qobiliyati va bola organizmining har bir alohida yosh bosqichidagi xususiyatlari bilan belgilanadi. Mashg’ulot paytida bola organizmining dinamikasi va uning psixologiyasini nazorat qilish tarbiyachining asosiy vazifalaridan biridir.Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari o`zaro bog’liq uch qismdan iboratdir:
Ta’limiy, tarbiyaviy va sog’lomlashtirish vazifalari mashg’ulotning har bir qismi uchun baravar muhim ahamiyatga egadir.
Mashg’ulotning kirish qismini mazmuni va vazifalari
Jismoniy tarbiya mashg’ulotining birinchi qismi qo`yilgan vazifalar va uning asosiy qismidagi mashqlar mazmuniga ko`ra turlicha bo`lishi mumkin.
Mashg’ulotning bu qismi vazifasi bolalarda unga nisbatan qiziqish va emotsional kayfiyat paydo qilishdan, diqqatning tayyorgarlik darajasini tekshirishdan, ayrim harakat ko`nikmalarini aniqlashtirishdan, bola organizmini asta-sekin mashg’ulotning asosiy qismida kechadigan birmuncha intensiv tez faoliyatga tayyorlashdan iboratdir.



Download 48 Kb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Download 48 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Turli yosh guruhlarda jismoniy tarbiya mashg’ulotini kuzatish

Download 48 Kb.