|
Gimnastikaning tarbiyaviy rivojlantiruvchi va sog'lomlashtiruvchi turlari reja: kirish I bob 1 gimnastikaning sog’lomlashtiruvchi turlari
|
bet | 1/19 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 148,99 Kb. | | #256817 |
Bog'liq GIMNASTIKANING TARBIYAVIY RIVOJLANTIRUVCHI VA SOG\'LOMLASHTIRUV
GIMNASTIKANING TARBIYAVIY RIVOJLANTIRUVCHI VA SOG'LOMLASHTIRUVCHI TURLARI
REJA:
KIRISH
I BOB 1.1 GIMNASTIKANING SOG’LOMLASHTIRUVCHI TURLARI
1.2. GIMNASTIKANING- TA’LIMNI RIVOJLANTIRUVCHI TURLARI
1.3 GIMNASTIKANING SPORT TURLARI
II BOB 2.1 CHAQQONLIKNI RIVOJLANTIRISH BO’YICHA NAZORAT O’RNATISH
2.2 SPORTCHINING UMUMIY VA MAXSUS TAYYORGARLIGI BIRLIGI
2.3 BIR OYOQNI SILTAB IKKINCHI OYOQDA DEPSINIB QO’LLARDA TIK TURISH
III BOB 3.1 GIMNASTIKA DARSINING TARKIBIY TUZILISHI MOHIYATI VA MAZMUNI
3.2 GIMNASTIKA MASHQLARINI BOSHLANG’ICH SINFDAN BOSHLAB O’RGATISH METODIKASI YO’LLARI
3.3. GIMNASTIKACHILARNING JISMONIY TAYYORGARLIGI
KIRISH
Yosh avlodni jismoniy tarbiyasi ta’lim tarbiya tizimining tarkibiy qismini tashkil qilib, o’quvchilarni har tomonlama jismoniy va ruhiy fazilatlarini tarbiyalash asosiy O’zbekiston Respublikasida gimnastika sport turini rivojlantirish, hamda ularni hayotga, mehnatga va vatan mudofasiga tayyorlash, o’zida ma’naviy boylikni, ahloqiy poklikni va jismoniy kamolotlikni mujassamlashtirgan, yangi kishini shakllantirish kabi olijanob gimnastlarni yetishtirishda hizmat qiladi.
Gimnastika ko’p muammolarini hal qiluvchi ko’pqirrali vositadir. Shuning uchun ham yosh o’sib kelayotgan o’g’il va qizlarni hali suyagi qotmasdan oldin ularni yoshligidan boshlab ularga har hil mashqlarni berib har tomomnlama shug’ullantirish orqali, jismoniy fazilatlarni rivojlantiriladi.
To’g’ri qomatlarini shakllantirishda, sog’liqlarini mustahkamlashda irodaviy fazilatlarni tarbiyalshda har hil yo’nalishdagi harakatlarni mohirona yengil ijro etishga o’rgatish kabi vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilishda xizmat qiladi.
Jismonan sog’lom, aqlan barkamol avlodni tarbiyalash jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug’ullanish asosida samarali amalga oshirilishi mumkin. To’g’ri, barcha o’quv muassasalari kabi, umumiy o’rta maktablarda ham jismoniy tarbiya bo’yicha yangi davlat ta’lim standartlari, o’quv dasturlari, rejalari va boshqa me’yoriy xujjatlar o’qituvchi murabbiylar xizmatida faoliyat ko’rsatmoqda.
Yosh avlodni har tomonlama shakllantirish, uni barkamol inson etib tarbiyalash jamiyatimiz oldida turgan dolzarb masalalardan biridir. Bugungi yoshlarni ertangi kun kelajagini barpo etadigan, yurtning rivojlanishiga va ravnaq topishiga o‘z hissasini qo‘sha oladigan va keyingi avlodga yetkaza oladigan voris qilib tarbiyalash lozim. Buyuk O‘zbekistonimizning istiqboli ko‘p jihatdan o‘qituvchiga, uning salohiyatiga, yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalash ishiga bo‘lgan munosabatiga bog‘liq. Chunki o‘qituvchining kasbiy madaniyati, pedagogik mahorati tufayli o‘quvchi fan asoslarini puxta egallaydi. Ma’naviy jihatdan rivojlanadi. Insoniyat erishgan boy qadriyatlarga suyangan holda kamol topadi. Hozirgi zamon fan va texnika taraqqiyotining rivojlanishi o‘qituvchidan ijodkor bo‘lishni fanning muhim muammolari yuzasidan erkin fikr yurita olishni, yangi pedagogik texnologiyalar asosida mashg‘ulotlar olib borishni talab qiladi.Shaxsiy izlanishlar olib borish o‘qituvchining pedagogik mahoratini takomillashtirishning muhim omili bo‘lib hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2020-yil 23 avgust kuni xalq ta’limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Davlatimiz rahbari prezidentlik faoliyatining dastlabki kunlaridan boshlab yurtimizda innovatsion va kreativ fikrlaydigan, zamonaviy kadrlar tayyorlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida, yuksak ma’naviyat egalari etib tarbiyalash, shu maqsadda ta’lim tizimini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratib kelmoqda.
Prezidentimiz yig‘ilishda maktab ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, bu borada oldimizda turgan dolzarb vazifalar haqida fikr yuritar ekan, ulug‘ ma’rifatparvar bobomiz Mahmudxo‘ja Behbudiyning «Dunyo imoratlari ichida eng ulug‘i maktabdir» degan fikrini alohida ta’kidlab, bu masalaning mohiyati va ahamiyatiga atroflicha to‘xtalib o‘tdi.
Haqiqatan ham, jahondagi rivojlangan davlatlar tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ularda jamiyat hayotini o‘zgartirishga qaratilgan islohotlar avvalo ta’lim tizimidan, bog‘cha, maktab, tarbiya masalasidan boshlanganini ko‘ramiz. Chunki maktabni o‘zgartirmasdan turib, odamni, jamiyatni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Ta’lim va tarbiyaning asosi, poydevori bu – maktab. Maktabni maktab qiladigan kuch esa o‘qituvchilardir.
Didaktik o‘yinlarning asosiy turlari: intellektual (aqliy) va harakatli hamda aralash o‘yinlardan iborat. Bular o‘quvchilarda aqliy, jismoniy, axloqiy, ma`naviy, ma`rifiy, psixologik, estetik, badiiy, tadbirkorlik, bunyodkorlik, mehnat, kasbiy ko‘nikmalarni rivojlanishiga yordam beradi.
Didaktik o‘yinlar nazariy, amaliy, jismoniy, rolli, ishchanlik va boshqa yo‘nalishdagi turlarga ajratiladi. Ular o‘quvchilarda tahlil qilish, mantiqiy fikrlash, tadqiq qilish, hisoblash, o‘lchash, yasash, sinash, kuzatish, solishtirish, xulosa chiqarish, mustaqil qaror qabul qilish, guruh yoki jamoa tarkibida ishlash, nutq o‘stirish, til o‘rgatish, yangi bilimlar olish faoliyatlarini rivojlantiradi.
Didaktik o‘yin turlarini tanlashda, quyidagi mezonlarga rioya qilish yaxshi natijalar beradi:
ishtirokchilarning tarkibi bo‘yicha, ya`ni o‘g‘il bolalar, qiz bolalar yoki aralash guruhlar uchun o‘yinlar;
ishtirokchilarning soni bo‘yicha- yakka, juftlikda, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi, sinflararo va ommaviy tazdagi o‘yinlar;
o‘yin jarayoni bo‘yicha- fikrlash, o‘ylash, topag‘onlik, harakatlar asoslangan, musobaqa va boshqalarga yo‘naltirilgan;
vaqt me`yori bo‘yicha - dars, mashg‘ulot vaqtining reja bo‘yicha ajratilgan qismi, o‘yin maqsadiga erishguncha, g‘oliblar aniqlanguncha davom etadigan o‘yinlar.
Bolalarda ijobiy xulq motivlarini shakllantirish bo‘yicha «Bola aziz, odobi undan aziz» mavzusida ertak, matal, afsona, doston, maqollar asosida multimedia mahsulotlarini tayyorlash.
Bugungi zamonaviy jamiyatda inson faoliyatining eng keng sohalaridan biri - bu ta’lim hisoblanadi. Oxirgi yillarda ta’limning ijtimoiy roli ortib, dunyoning aksariyat davlatlarida ta’limning barcha turlariga bo‘lgan munosabat o‘zgardi. Ta’lim ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotning bosh, yetakchi omili sifatida qaralmoqda. Bunday e’tiborning sababi, zamonaviy jamiyatning eng muhim qadriyati va asosiy kapitali - bu yangi bilimlarni izlash, egallash va nostandart qarorlar qabul qilishga qodir bo‘lgan inson hisoblanadi. Shunday ekan, hozirgi davrda ta’lim shaxs va jamiyatni rivojlantirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni, O‘zbekiston
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Gimnastikaning tarbiyaviy rivojlantiruvchi va sog'lomlashtiruvchi turlari reja: kirish I bob 1 gimnastikaning sog’lomlashtiruvchi turlari
|