|
Gimnastikaning tarbiyaviy rivojlantiruvchi va sog'lomlashtiruvchi turlari reja: kirish I bob 1 gimnastikaning sog’lomlashtiruvchi turlari
|
bet | 4/19 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 148,99 Kb. | | #256817 |
Bog'liq GIMNASTIKANING TARBIYAVIY RIVOJLANTIRUVCHI VA SOG\'LOMLASHTIRUVAyollar gimnastikasi-ayollar organizmining xususiyatlarini va psixologik tuzilishini inobatga oladi. Mashqlarni, metodik usullarini tanlashda, eng avvalo, onalik funksiyalari inobatga olinadi, shuning uchun kuchni, tezlikni, oyoqlar, qorin va orqa tomon mushaklarining chidamliligini rivojlantirishgaalohida e’tibor qaratiladi. Mashg’ulotlarga umumrivojlantiruvchi gimnastik mashqlarning barchasi kiritiladi: anjomlar bilan vaanjomlarsiz erkin mashqlar, gimnastik devorchada, o’tirg’ichda bajariladigan mashqlar va b. Ayollar bilan mashg’ulotlarda badiiy gimnastika mashqlari, tomosha va xalq o’yinlari elementlari va musiqa kattaahamiyatga ega. Mashg’ulotlarning musiqali kuzatuvigaalohida e’tibor beriladi. Ushbu mashqlar yordamida harakatlar koordinatsiyasi, jozibasi, go’zalligi rivojlanadi, to’g’ri va chiroyli qadi-qomat shakllanadi, sog’lik mustahkamlanadi, jismoniy vaaqliy ishlarga layoqatlik darajasi ko’tariladi.
Kasbiy sohaga yo’naltirilgan gimnastika quyidagi mashqlarni va metodik usullarni birlashtiradi. Ular yordamida o’z vaqtida kasbiy ta’lim boshlangancha, organizmning funksional imkoniyatlarini ko’tarish, harakatlanish va psixik qobiliyatlarini rivojlantirish va o’rganish (baholash), shug’ullanuvchilarga tanlangan kasbiy faoliyatiga zarur bo’lgan shaxs xususiyatlarini tarbiyalashi mumkin.
Kasbiy qobiliyatlarni rivojlantirishga vaamaliy harakatlanish ko’nikmalarini shakllantirishga o’rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarida katta e’tibor qaratilgan. Haqiqatda butun jismoniy tayyorgarlik amaliy xarakterga ega, yoxud u shug’ullanuvchilar tanlagan mehnat faoliyatini muvafaqiyatli egallash va unda kasbiy mahoratga erishish uchun zarur bo’lgan qobiliyatlarni rivojlantirishga yo’naltirilgan.
Atletik gimnastika- mushaklar kuchini, chidamlilikni va irodani, organizmning funksional imkoniyatlarini rivojlantirish, o’smir va o’spirin o’g’il bolalarni doimiy jismoniy mashqlar mashg’ulotlariga jalb qilishning; sog’lom hayot tarzini shakllantirishning; tamaki chekish, narkotik moddalarni iste’mol qilish va sog’lik uchun zararli bo’lgan boshqa odatlarning oldini olish va shaxsni shakllantirishning; o’spirinlarni mehnatga, qiz juvonlarni onalikka tayyorlash uchun ajoyib vositasi va usuli. Atletik gimnastika gigienik gimnastikaning davomi bo’lib, sport gimnastikaning boshlanishi bo’lishi mumkin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Gimnastikaning tarbiyaviy rivojlantiruvchi va sog'lomlashtiruvchi turlari reja: kirish I bob 1 gimnastikaning sog’lomlashtiruvchi turlari
|