SPORTCHINING UMUMIY VA MAXSUS TAYYORGARLIGI BIRLIGI




Download 148,99 Kb.
bet7/19
Sana29.05.2024
Hajmi148,99 Kb.
#256817
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
GIMNASTIKANING TARBIYAVIY RIVOJLANTIRUVCHI VA SOG\'LOMLASHTIRUV

2.2 SPORTCHINING UMUMIY VA MAXSUS TAYYORGARLIGI BIRLIGI
Hozirgi kunda, qachonki sportchining jismoniy va ma’naviy sifatlarini rivojlanishiga, bilimlarini doimiy oshirishga qaratilgan ko’pyoqlama tarbiya jarayoni bo’lib tuzilgandagina, sport mashg’ulotining pedagogik to’liq natija bera olishi isbot talab qilmaydi. Sport mashg’ulotining bunday yo’nalishi jismoniy tarbiyaning umumiy asosiga mos keladi va barcha faoliyat shaxsning garmonik rivojlantirishga qaratilgan bo’lib, sport yakka maqsad emas, balki kishi qobiliyatini har tomonlama rivojlantirishi, ijodiy va ongli faoliyatga tayyorlash vositasidir.
Sport mashg’uloti ikkita uzviy yo’nalishni birlashtiradi: umumiy va maxsus tayyorgarlik. Umumiy tayyorgarlik jismoniy faoliyat jarayonidagi a’zolar, tizim va ish qobiliyatlarni rivojlanishi asosida sport ixtisosligiga imkon beruvchi dastlabki shart sharoitlarni yaratadi va kengaytiradi, shu bilan birga uni turli harakatdagi mohirlik va malakaning o’zaro ta’siri rivojlanishi bilan boyitadi.
Maxsus tayyorgarlik muayyan sport turi uchun o’ziga xos sifat va imkoniyatlarning rivojlanishini ta’minlaydi, shu bilan birga uning uchun xarakterli bo’lgan texnika va taktika bilan qurollantiradi.
Umumiy tayyorgarlikni ham, maxsus tayyorgarlikni ham shikastsiz bajarish, xizmat yuzasidan mashg’ulot jarayonidan chiqish, birini boshqasi bilan almashtirish mumkin emas.
Sportchining umumiy va maxsus tayyorgarligi o’rtasida yaqin bog’liqlik mavjud, shuning uchun ular o’rtasini cheklab bo’lmaydi.
Ba’zi mutaxassislar sport mashg’ulotining bu tomonlarini umuman ayirmaslikni taklif qiladi.
Bizning nazarimizda, umumiy va maxsus tayyorgarlik o’zining alohida vazifalari, vositalari, uslubi va shu bilan birga o’zining mashg’ulot jarayonidagi tutgan o’rni bilan farq qiladi.
Maxsus tayyorgarlik sport ixtisosligining omili hisoblanadi, umumiy tayyorgarlik esa-sportchining u yoki boshqa tomonlama rivojlanish o’rtasidagi turli tuman bog’liqlik orqali ixtisoslik jarayoniga ta’sir etuvchi omillardir.
Sportchining umumiy tayyorgarligida xuddi alohida jismoniy mashqlarda ham ijobiy, ham salbiy ta’sir bo’lgani kabi, ixtisoslikning xususiyatlari ham aks etishi lozim, shuning uchun umumiy tayyorgarlik turli sport turlari uchun bir xilda bo’lishi mumkin emas.
Sport bilan shug’ullanishning ko’p yillik jarayonida umumiy va maxsus tayyorgarlik doimo sport mashg’ulotining tarkibiy qismini tashkil qilishi zarur. Ko’pgina mualliflar sportchining mahorati oshishga mos ravishda UJTga ajratiladigan vaqt va mashqlar miqdorini kamaytirib borish zarurligini ta’kidlaydilar. Sportchining mahorati oshib borishi bilan organizm imkoniyatlari ham ko’proq talab etiladi, demak bu g’oya ham to’g’ri emasdir. Albatta, UJT me’yori kamayib borishi kerak, lekin u MJT ajratilgan vaqtini kamaytirilishi hisobiga emas balki, maxsus jismoniy tayyorgarlik ishining vaqtining oshirilishi hisobiga amalga oshirilishi kerak.
Shunday qilib, har tomonlama tayyorlash prinsipiga muvofiq gimnastikachilarning jismoniy tayyorgarligi umumiy va maxsus tayyorlashning uzviy birligi asosida tashkil qilinadi. Gimnastikachilarning umumiy va mxsus tayyorgarligining birligi umumtayyorgarlik, maxsus tayyorgarlik va musobaqa mashqlarining o’zgaruvchan nisbatini taqozo etadi.



Download 148,99 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Download 148,99 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



SPORTCHINING UMUMIY VA MAXSUS TAYYORGARLIGI BIRLIGI

Download 148,99 Kb.