|
GIMNASTIKA MASHQLARINI BOSHLANG’ICH SINFDAN BOSHLAB O’RGATISH METODIKASI YO’LLARI
|
bet | 15/19 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 148,99 Kb. | | #256817 |
Bog'liq GIMNASTIKANING TARBIYAVIY RIVOJLANTIRUVCHI VA SOG\'LOMLASHTIRUV3.2 GIMNASTIKA MASHQLARINI BOSHLANG’ICH SINFDAN BOSHLAB O’RGATISH METODIKASI YO’LLARI
Gimnastika mashg’ulotlari dars shaklida o’tkaziladi ya’ni o’quvchilarni hayotiy zarur xarakat ko’nikma va malakalarini o’rgatishdan boshlanadi.
Darsda o’quvchilarni ruhiy xarakat va irodaviy fazilatlarini (tezkorlik, chaqqonlik, kuch va egiluvchanlik malakalarini) rivojlantirishda gimnastika darsining qiziqarli va mazmunli o’tkazish orqali o’quvchilar qalbidan joy olishni o’rgatiladi.
Buning uchun yuqori malakaga ega bo’lgan va darsni o’tishda ko’pdan-ko’p vositalariga va o’tish mahoratiga ega bo’lmoq zarur. Chuqurlashtirilgan sinflarni 2-sinfdan boshlab ma’lum ular uchun tuzilgan alohida dasturi bo’yicha darslarni o’tkaziladi. Gimnastika mashg’uloti mazmunini belgilovchi asosiy manba ularning yoshiga qarab tuzilgan davlat dasturidir.
Biroq mashg’ulot o’tkazishda bitta umumiy dasturda nazarga olish mumkin bo’lmagan sharoitlar uni uslubiy jixatdan yoritib berishni va ba’zi hollarda ayrim to’ldirish kiritishlarni talab etadi.
Gimnastika bilan shug’ullanuvchi kuch va egiluvchanlik kabi jismoniy sifatlardan tashqari o’z xarakatlarini o’z yo’nalishi, amplitudasi, vaqti, mushak kuchlanishlari darajasiga ko’ra tabaqalashtira olish, ya’ni o’z xarakatlarini boshqara olishga erishadi. YOshlarga gimnastika mashqlarini o’rgatishda ularning yoshiga qarab yordamchi mashqlarni berish bajarayotgan mashqlarni qoidalariga e’tibor berish xato qilishiga yo’l qo’ymaslik, xato qilganda murabbiy o’zi ko’rsatib tushuntirib berishi lozim. U yuqoridagi bolalarnin kamchiligi va yutug’ini ularning ota-onalarini yig’ib bolalarini yutug’uni va kamchiliklarini murabbiy beradi, shundagina chuqurlashtirilgan sinfdagi bolalarni natijasi o’rgatilish sifati rivojlanib boradi.
O’quv mashg’ulotlarini tashkil qilish.
Chuqurlashtirilgan sinflarni sharoiti bor maktabda ochilishini faqat BO’SM ni direktori o’z murabbiylari bilan kelishgan holda, bolalarni ota-onalari yordamida tashkil qilinadi.
Bu sinflarda o’tkaziladigan mashg’ulotlar asosan BO’SM lar davlat standarti asosida yoshlarni yoshiga qarab bosqichma-bosqichga ya’ni 2-sinfdan to 9-sinfgacha bo’lgan o’qish vaqtiga mo’ljallab tuzilgan bo’lib alohida dasturi bo’yicha o’rgatib boriladi.
Chuqurlashtirilgan sinflarda 30 o’quvchidan kam bo’lmasligi 15 tasi o’g’il 15 tasi qizlar bo’lishi kerak. O’g’illar va qizlarni dasturidagi mashg’ulotlari xar xil bo’lishi sababli, sinfda 2 ta o’qituvchi o’rgatishi kerak ya’ni bir xaftada 3 marta 2 soatdan dars o’tilishini tavsiya qilamiz. Bu darsni 3 soatiga BO’SM javob bersa 3 soatini maktab hisobidan to’lanishiga javob beradi. CHunki yosh o’sib kelayotgan gimnastlarning tayyorlashda asosan ularga xoreografiya murabbiysi va musiqa rahbari orqali dars o’tkaziladi.
Chuqurlashitirlgan sinflar bilan bir xaftada 6 soat asosiy gimnastika mashg’ulotlarini o’tishdan tashqari qo’shimcha ya’ni 2 soat xoreografiya va musiqa orqli murabbiylrni o’tishi kerak bo’ladi, xullas bir xaftada 8 soat dars o’tkaziladi.
Chuqurlashtirilgan sinfdagi o’quvchilarni tumandagi BO’SM larni rahbarlari orqali sport formasini tashkil qilib borishlari kerak.
Shug’ullanuvchi bolalarni 1 yilda 2 marta o’zlarining tumanidagi poliklinikasidan sog’liqlari to’g’risida tekshiruvidan o’tkazishi, ularning shahsiy kartochkasini bo’lishini tashkil qilish kerak.
Bolalarni ota-onalari bilan ham shartnoma tuzishlari albbata kerak. CHunki ko’p ota-onalar o’z bolalarini mashg’ulotga yubormasligi, o’zlariga kerakli narsalarni olib bermasligi, kundlik ularni istemol qiladigan ovqatlarini kaloriyasi pastligiga e’tibor bermasdan bolalarini maktabga yuborishi natijasida, bolalarni sog’lig’i susayib boradi, sababi bolalar jismoniy mashqlarni bajarish vaqtida bolani kuch quvvati bo’shashib mashqni yaxshi bajara olmaydi. Chunki uning istemol qilayotgan ovqatini kaloriyasini kam bo’lishi natijasida, bolalarda kuch quvvati yetmasdan charchab qolishimashqni bajarishda yiqilishi, qiynalishi oqibatida shkaslanishlar kelib chiqadi.
Shu chuqurlashtirilgan sinfda o’tkaziladigan mashqlar, asosan maxsuslashgan sinflarni yoshlariga qarab davlat dasturini nizomi asosida bosqichma-bosqich mo’ljallanib tuzilgan. Bu tuzilgan mashqlar birinchi bosqichda mashqlar osoni berilgan bo’lsa, keyingi 2 yildagi bosqichdagi mashqlari murakkablanib borishni hisobga olinib 2 sinfdan 9 sinfgacha belgilangan.
|
| |