• Chaqqonlikni rivojlantirish.
  • Chaqqonlikni rivojlantirish uslublari.
  • Egiluvchanlikni rivojlantirish uslublari




    Download 148,99 Kb.
    bet18/19
    Sana29.05.2024
    Hajmi148,99 Kb.
    #256817
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
    Bog'liq
    GIMNASTIKANING TARBIYAVIY RIVOJLANTIRUVCHI VA SOG\'LOMLASHTIRUV

    Egiluvchanlikni rivojlantirish uslublari.
    Egiluvchanlik mashqlarini bajarishdan oldin bir nechta tanish bo’lgan va qizdiruvchi mashqlarni takrorlash zarur. Egiluvchanlik mashqlaridan so’ng mushaklarni mustahkamlaydigan va bo’shashtiradigan mashqlar bajarish lozim.
    Har qanday mashq ham kuchni va egiluvchanlikni rivojlantirish uchun to’g’ri kelavermaydi. Masalan: yarim cho’qqayib o’tirish mashqi to’rt boshli mushak qisqarishiga ta’sir qilib, kuchini oshirsa, to’liq cho’qqayib o’tirish esa shu mushakning egiluvchanligini oshiradi, ya’ni cho’zadi.
    Egiluvchanlik mashqlarini sekin me’yorda uzoq vaqt bajarilsa yaxshi samara beradi. Egiluvchanlikni rivojlantirish uchun turli usullar qo’llaniladi:
    1. Cho’zilish samarasini oshiruvchi prujinasimon harakatlarni takrorlash. Masalan: takroriy oldinga engashish.
    2. Harakatlarni imkoni boricha katta ko’lamda bajarish. Masalan, oldinga va orqaga oxirigacha engashish.
    3. Tana biror bir qismining harakati inersiyasidan foydalanish. Masalan, harakat qo’llashni har gal oshirib, oyoqlarni oldinga va yon tomonga siltash.
    4. Qo’shimcha tashqi tayanchdan foydalanish; gimnastika devorining poyasidan ushlab, tana bir qismini ikkinchisiga tortib yaqinlashtirish.
    5. Sherikning faol yordamidan foydalanish.
    Chaqqonlikni rivojlantirish.
    Chaqqonlikni o’lchovi hisolanadi:
    1.Harakat aniqligi (koordinatsiya) bo’yicha murakkab topshiriqlar;
    2.Uning aniq bajarilishi;
    3.Bajarish vaqti.
    Yangi harakat faoliyatini tez egallash, boshqa harakat faoliyatini bajarishga tayyorligi orqali chaqqonlikni aniqlash mumkin. Bundan tashqari, chaqqonlik ko’rsatkichlaridan biri talablar sharoitini o’zgarishidan qat’iy nazar harakat faoliyatini bajarishga tez moslasha olish qobiliyati hisoblanadi.
    Chaqqonlikni rivojlantirish uslublari.
    Ko’pgina sport turlari singari gimnastikada chaqqonlikni kuch, egiluvchanlik, tezkorlik bo’yicha ko’rsatgan natijalar orqali aniqlanadi, bu uni tabiiy asosidir. Chaqqonlikni rivojlantirishda bosh uslubiy yo’nalish bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
    1.Oddiy harakatlarni fazoda takomillashtirish;
    2.Harakat apparatining turli qismlarini birgalikda harakatlanishini rivojlantirish;
    3.Tibbiy harakat qismlarini takomillashtirish;
    4.Harakatning bilim va ko’nikmalari zahirasini kengaytirish;
    5.O’zlashtirilgan harakat ko’nikmalardan turli holatda foydalanishni shakllantirish.

    XULOSA
    O’zbekiston yoshlarini salomatligini asrash, jismonan baquvvat, chaqqon, qilib tarbiyalash hamda ularni hayotga, mehnatga, vatanni himoya qilishga tayyorlash masalalariga tegishli hujjatlardagi ko’rsatmalarini amalga oshirish uchun jismoniy tarbiya ishlariga yangicha yondashish, izlanishda bo’lish, butun tashkiliy va amaliy jismoniy tarbiya tiziminida ishlab chiqilgan
    Akrobatika mashg’ulotlari uchun murakkab sport jixozlari kerak emas, akrobatik yo’lakcha va gimnastik matlar bo’lsa yetarli. Mashg’ulotlarni faqat sport zalida emas, balki sport maydonchasida ham tashkil etsa bo’ladi.

    Download 148,99 Kb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




    Download 148,99 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Egiluvchanlikni rivojlantirish uslublari

    Download 148,99 Kb.