|
III BOB 3.1 GIMNASTIKA DARSINING TARKIBIY TUZILISHI, MOHIYATI VA MAZMUNI
|
bet | 14/19 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 148,99 Kb. | | #256817 |
Bog'liq GIMNASTIKANING TARBIYAVIY RIVOJLANTIRUVCHI VA SOG\'LOMLASHTIRUVIII BOB 3.1 GIMNASTIKA DARSINING TARKIBIY TUZILISHI, MOHIYATI VA MAZMUNI
Jismoniy tarbiya va sport millat genofondini shakllantirish va barkamol avlodni tarbiyalashda kafolatli omil sifatida borgan sari o’quvchilarning kundalik turmush tarziga singib bormoqda.
Jismoniy tarbiya darsining asosiy maqsadi “jismoniy madaniyat” va uning tarkibiy yo’nalishlari (jismoniy tarbiya, sport, jismoniy va funksional tayyorgarlik, jismoniy sifatlar va hokazo) haqida dastlabki bilim berish, hayotiy zarur harakat malakalari va ko’nikmalarni shakllantirish, asosiy jismoniy sifatlarini tarbiyalashdan iborat.
O’z salomatligi va jismoniy qudratini mustahkamlash o’quvchilarning nafaqat shaxsiy ishi,balki bu mas’uliyat ularning jamiyat oldidagi burchi ekanligini ongiga singdirish o’qituvchi tomonidan hal etiladigan muhim masalalardan biri bo’lishi lozim.
Jismoniy tarbiya darsining vazifalari yuqorida qayd etilgan maqsadlardan kelib chiqqan holda sog’liqni mustahkamlash, umumiy va maxsus jismoniy sifatlarni rivojlantirish, muayyan sport turi (gimnastika) ga xos harakat malakalari texnikasiga o’rgatish hamda sport intizomini shakllantirish, raqibini hurmat qilish hissiyotini uyg’otish, iroda, diqqat va sezgirlik kabi xislatlarni tarbiyalashdan iborat.
Darsning tuzilishi va mazmuni. Gimnastika bo’yicha o’tkaziladigan jismoniy tarbiya darsi, shu jumladan gimnastika darsi 3 qismdan tashkil topadi.
1 qism – tayyorlov 10-12 daqiqaga teng bo’lib, o’z ichiga sinfni tashkil etish (saflanish, navbatchi o’quvchini o’qituvchiga davomat haqida axborot berishi, dars vazifalari bilan tanishtirish), saf mashqlari, umumiy va maxsus mashqlarni kiritadi.
Darsni tayyorlov qismida beriladigan mashqlar shu darsni maqsad vazifalarini yechishga qaratilgan bo’lishi lozim. Tayyorlov mashqlari tana muvozanatini saqlash, qaddi-qomatni shakllantirish, kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamkorlik va egiluvchanlik sifatlarini tarbiyalashga mo’ljallanadi.
Darsning tayyorlov qismi o’quvchilar organizmini “qizitish” va uni funksional jihatdan shu darsning asosiy qismiga tayyorlashdan iborat. Darsning ushbu qismini o’tkazish shiddati dastlab sekin-asta oshirilib, shu qismni o’rtasidan yana sekinlashtirilishi kerak.
Asosiy qism 30-35 daqiqa davom etadi. Mazkur qismda darsni asosiy maqsad va vazifalari yechiladi. Texnik-taktik malakalar o’zlashtiriladi. Buning uchun o’rganiladigan o’yin malakalariga oid taqlid va to’p bilan bajariladigan mashqlar qo’llaniladi.
Malakalarga o’rgatish va ularni shakllantirish yakka tartibda yoki kichik guruhlar va barcha o’quvchilar ishtirokida amalga oshiriladi. Bu qismda o’rgatish jarayoni sekin shiddatda, takomillashtirish jarayoni esa katta tezlikda kechishi lozim.
Yakuniy qism 3-5 daqiqa davom etadi. Bu qismning maqsadi o’ta sekin shiddatda ijro etiladigan mushaklarni bo’shashtiruvchi va taranglashtiruvchi mashqlar hamda milliy harakatlio’yinlar yordamida charchoqni bartaraf etish, organizmning funksiyalari va ish qobiliyatini tiklashga qaratiladi.
Dars davomida jismoniy siftlarni tarbiyalash, harakat (texnik-taktik) malakalari texnikasiga o’rgatish va ularni takomillashtirish turli pedagogik uslublar quyidagilardan iborat:
Tushuntirish:
Ko’rsatish (namoyish etish):
Muayyan malakani qismlarga bo’lib o’rgatish:
Malakani to’liq holda sekin va katta tezlkda o’rgatish:
Qaytarish:
O’yin uslubi:
Musobaqa uslubi va hokazo.
O’rgatish jarayonida, bundan tashqari, rag’batlantirish va jazolash, ishontirish kabi usullar ham o’rin oladi.
Har bir uslubni qo’llashda o’ziga xos vositalar (mashqlar)dan foydalaniladi.
Gimnastika bo’yicha o’tkaziladigan jismoniy tarbiya darsi yakunida, aksariyat hollarda,o’quv o’yini o’tkaziladi. Bunday o’yinlarni o’tkazish davomida o’yin qoidalarini o’zlashtirishga va hakamlik qilish sirlarini o’rgatishga alohida e’tibor qaratiladi.
O’rgatish va takomillashtirish jarayonida beriladigan vazifa, shu jumladan qo’llaniladigan mashqlar “oddiydan murakkabga”, “o’tilganidan o’tilmaganiga” va “engilidan og’iriga” kabi didaktik tamoyillarga rioya qilish shart.
Dars jarayonini rejalashtirish, unga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish tartibi.
Darsning sifati va samaradorligi nafaqat o’qituvchining mahorati hamda tajribasiga bog’liq, balki uni muayyan darsga qanday tayyorgarlik ko’rishiga ham bog’liqdir.
Darsga tayyorgarlik ko’rish quyidagi tadbirlarni amalga oshirishdan iborat:
-dars jarayonini loyihalash:
-darsni samarali va sifatli o’tkazish modelini ishlab chiqish:
-darsning foydali zichligini ta’minlash imkoniyatlarini aniqlash:
-o’quvchilar tarkibidan yordamchilar tayinlash:
-tayyorlangan va tasdiqlangan dars bayonnomasini ko’rib chiqish, agar zaruriyat bo’lsa, o’zgartirish kiritish (dars bayonnomasi ilova qilingan):
-O’quvchilar tomonidan bilim, malaka va ko’nikmalarni o’zlashtirish darajasini aniqlash (baholash) mezonlarini ko’rib chiqish:
-Dars o’tkazish joyi, foydalaniladigan asbob, anjom va uskunalar tayyorligini ko’zdan kechirish:
-Darsdan so’ng navbatdagi dars qanday fandan ekanligini aniqlash;
-O’qituvchining o’z tashqi qiyofasi va sport kiyimiga e’tibor berishi:
-Muayyan darsda ishtirok etadigan sinf o’quvchilarining jismoniy va funksional imkoniyatlarini e’tiborga olish.
Bundan tashqari o’qituvchi quyidagi rejalashtiruv hujjatlari bilan qurollangan bo’lishi shart:
-Ta’lim standarti va klassifikatori:
-O’quv dasturi bo’limlari bo’yicha yillik o’quv soatlarining taqsimlanish rejasi:
-Sinflar, choraklar va darslar bo’yicha yillik reja-jadvali:
-Choraklar bo’yicha o’quv materiallarini taqsimlanish jadvali:
-Dars mavzulari aks ettirilgan chorak ish rejasi:
-Dars bayonnomasi :
-Sinf jurnali.
Darsni yuqori saviyada o’tkazish, dars davomida o’quvchilar faolligini ta’minlash, beriladigan vazifa, ko’rsatma va mashqlar ijrosiga ularni ongli yondoshishlariga erishish, jismoniy tarbiya darsiga mehr va hurmat uyg’otish o’qituvchining nafaqat kasbiy mahoratiga,balki uning shaxsi va insoniy fazilatlariga ham bevosita bog’liqdir.
|
| |