|
GIMNASTIKACHILARNING JISMONIY TAYYORGARLIGI
|
bet | 16/19 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 148,99 Kb. | | #256817 |
Bog'liq GIMNASTIKANING TARBIYAVIY RIVOJLANTIRUVCHI VA SOG\'LOMLASHTIRUV3.3. GIMNASTIKACHILARNING JISMONIY TAYYORGARLIGI
Gimnastikachilarning jismoniy tayyorgarligi, musobaqa natijalari va alohida jismoniy sifatlarni rivojlanish darajasiga qarab belgilanadi. Gimnastikachining jismoniy holati, uning jismoniy sifati bo’yicha aniqlanadi. Sport nazariyasi bo’yicha asosan jismoniy sifatlar bosh guruhga bo’linadi: kuch, tezlik, egiluvchanlik, chaqqonlik va chidamlilik. Bu sifatlarni yuqori darajada rivojlantirish har bir gimnastikachi uchun juda muhimdir. U o’z navbatida gimnastikachilarni texnik tayyorgarlik bo’yicha yuqori ko’rsatkichlarga erishishga, o’zaro bog’liq va ko’makdoshdir.
Gimnastikachilarni texnik takomillashtirishni asosiy poydevori, bu jismoniy tayyorgarlik bo’lib hisoblanadi. SHuning uchun umumiy jismoniy tayyorgarlik mashg’ulotlarda katta o’rin tutadi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik (UJT) maxsus jismoniy tayyorgarlikni (MJT) asosi bo’lib xizmat qiladi, u o’z navbatida texnik tayyorgarlik bo’yicha vazifalarni hal etishga ko’maklashadi.
MJT mashqlari harakat tuzilishiga, texnik bajarilishiga va organizmni ishlash tartibiga mos bo’lishi lozim. Har tomonlama jismoniy tayyorgarlikka ega bo’lmagan gimnastikachilar, gimnastika ko’pkurashida mashqlar texnikasini egallashlari va takomillashtirishlari mumkin emas, chunki bu mashq gimnastikachidan kuch talab etsa, boshqasi-egiluvchanlikni, uchinchisi-chaqqonlikni, to’rtinchisi-bir vaqtda uchta sifatni talab etishi mumkin. Butun mashqlar majmuasini boshqarish uchun gimnastikachilardan yuqori ko’rsatilgan sifatlardan tashqari yana chidamlilikni rivojlantirish talab etiladi.
Gimnastika asboblaridagi mashqlarni bajarish bilan jismoniy sifatlarni to’liq rivojlantirish mumkin emas, shuning uchun asosiy mashg’ulotlar vaqtida MJTni rivojlantirishga vaqt ajratish va alohida mashg’ulotlarni bajarish xususiyatidan kelib chiqqan holda, gimnastikachilarga kuch tayyorgarligini rivojlantirishga kerakli vosita va uslublarni taklif etiladi.
Gimnastikada va boshqa sport turlarida sportchining qobiliyati, uni ko’rsatgan natijasiga qarab butunligicha belgilanadi. Gimnastikachining jismoniy tayyorgarligi asosiy tartibi bo’lib, tezkor-kuch sifatlari va og’irlikka nisbatan mushak kuchlari hisoblanadi. Ular chaqqonlikni, maxsus chidamlilikni, faol egiluvchanlikni va tezkorlikni yaratishga ko’maklashadi.
|
| |