• Gigienik gimnastika
  • I BOB 1.1 GIMNASTIKANING SOG’LOMLASHTIRUVCHI TURLARI




    Download 148,99 Kb.
    bet2/19
    Sana29.05.2024
    Hajmi148,99 Kb.
    #256817
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
    Bog'liq
    GIMNASTIKANING TARBIYAVIY RIVOJLANTIRUVCHI VA SOG\'LOMLASHTIRUV

    I BOB 1.1 GIMNASTIKANING SOG’LOMLASHTIRUVCHI TURLARI

    Gimnastik mashqlarnig turfa xilligi ularning o’ziga xos xususiyatlarining yo’naltirilganligiga qarab, gimnastikaning mustaqil turlariga birlashtiriladi. 1984 yilda o’tgan Umumittifoq anjumanida quyidagi tasniflash tasdiqlangan: gimnastikaning sog’lomlashtiruvchi, ta’limni- rivojlantiruvchi va sport turlari.


    Gimnastikaning sog’lomlashtiruvchi turlarida ertalabki gigienik zaryadka va kirish gimnastikasi shakllarida, ishlab chiqarishda va ta’lim muassasalarida jismoniy madaniyat daqiqalari shaklida mashqlarni bajarish nazarda tutilgan. Bu qatorga davolash va ritmik gimnastika ham kiritilgan. Ularning asosiy maqsadi inson sog’ligini mustahkamlashdan, mehnatda uning jismoniy vaaqliy ishga layoqatligini yuqori darajada saqlab turishdan iborat, mehnat va jamoatchilik faoliyatida faolligini oshirish.
    Gigienik gimnastika- sog’likni saqlash va mustahkamlash uchun, jismoniy vaaqliy faolligini yuqori darajada saqlash uchun, qattiq jismoniy, aqliy va hissiyotli zo’riqishdan, uzoq muddatli adinamiyadan so’ng dam olish uchun qo’llaniladi. Mashg’ulotlar individual va gurux shakllarida bolalar bog’chalarining tarbiyalanuvchilari, maktab o’quvchilari, o’rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarinig talabalari bilan, hamda sog’lomlashtiruvchi oromgohlar , sanatoriyalar va harbiy qismlar askarlari bilan o’tkaziladi.

    Gigienik gimnastika majmuiga yurish va yugurish, umumrivojlantiruvchi vaamaliy mashqlar kiritilgan. Mashqlar majmui chuqur nafas olish va mushaklarni susaytirish mashqlari bilan yakunlanadi.


    Mashqlardan keyin havo, suv, quyosh muolajalari o’tkaziladi. Mashqlar va yuklama me’yorlari shug’ullanuvchilarning yoshi, jinsi, sog’ligining ahvoli, jismoniy tayyorgarlik darajasi va boshqa xususiyatlariga qarab belgilanadi.
    Gigienik gimnastika kunning har qanday vaqtida o’tkazilishi mumkin: ertalab- kun tartibiga yanada tezroq kirishi uchun, kunduzi- to’plangan charchoqni chiqarish uchun. Uyqudan oldin mushaklarning asosiy guruxlarini zo’riqtirish va keyinchalik susaytirish bilan chuqur nafas olib, chuqur uyquga, kun bo’yi sarflagan kuchini qayta tiklashga, o’tgan kun uchun shukronalik fikrlari va kelajakda muvafaqiyatlarga umid qilishgapsixik tayyorgarlik qilish shaklidagi mashqlar juda foydalidir. Harbiylar gimnastikaning ushbu turini kechki uyqudan so’ng kun tartibiga tezroq kirish, jismoniy tayyorgarlikni oshirish va xarbiylarni chiniqtiirish uchun ertalab o’tkazadilar.




    Download 148,99 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




    Download 148,99 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I BOB 1.1 GIMNASTIKANING SOG’LOMLASHTIRUVCHI TURLARI

    Download 148,99 Kb.