• Jismoniy madaniyat daqiqasi
  • 1.2. GIMNASTIKANING- TA’LIMNI RIVOJLANTIRUVCHI TURLARI Gimnastikaning ushbu turlariga quyidagilar kiradi: asosiy, ayollar, atletik va kasbiy-amaliy turlari. Asosiy gimnastika
  • Gimnastikaning tarbiyaviy rivojlantiruvchi va sog'lomlashtiruvchi turlari reja: kirish I bob 1 gimnastikaning sog’lomlashtiruvchi turlari




    Download 148,99 Kb.
    bet3/19
    Sana29.05.2024
    Hajmi148,99 Kb.
    #256817
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
    Bog'liq
    GIMNASTIKANING TARBIYAVIY RIVOJLANTIRUVCHI VA SOG\'LOMLASHTIRUV

    Kirish gimnastikasi- shug’ullanuvchilarnig o’quv yoki mehnat faoliyatiga tezroq kirishiga yo’naltirilgan. Tashkil etish shakli bo’yicha maktabda “darslardan oldin gimnastika” va ishlab chiqarishda “ishdan oldin” tashkil etiladi. Bu yerda kasbiy harakatlanish harakatlariga yaqin bo’lgan, harakatlar tuzilishi bo’yicha quvvatlovchi va sensorik ta’minlovchi mashqlar qo’llaniladi. Mashqlar bajarish jarayonida faol va yuqori ishlab chiqarish va o’quv faoliyatiga yo’naltirilgan fiziologik va psixologik tayyorgarlikga erishiladi. Mashqlarni bajarish vaqti 5-10 daqiqa.
    Jismoniy madaniyat daqiqasi, butun o’quv yoki ish kuni davomida jismoniy vaaqliy layoqatligini yuqori darajada saqlash uchun, qaddi-qomat buzilishlarini oldini olish uchun, jismoniy charchoqni chiqarish uchun qo’llaniladi. U dars yoki ish vaqtida charchoq alomatlari paydo bo’lganida o’tkaziladi (diqqatning pasayishi, holsizlik va h.). Mashqlar majmui 5-10 mashqdan iborat bo’lishi va 2-5 daqiqa bajarilishi mumkin.

    1.2. GIMNASTIKANING- TA’LIMNI RIVOJLANTIRUVCHI TURLARI
    Gimnastikaning ushbu turlariga quyidagilar kiradi: asosiy, ayollar, atletik va kasbiy-amaliy turlari.
    Asosiy gimnastika sog’lomlashtirish, ta’lim va tarbiya vazifalarining yechimi uchun katta imkoniyatlarga ega. Ular mashqlarning ko’p tuzilishga egaligi va ko’p funksiyaligi hisobidan amalga oshirilishi mumkin. Bu shug’ullanuvchilarni maxsus bilimlar va ko’nikmalar tizimi bilan boyitishga, pedagogning ijodiy yondashuvi uchun cheksiz imkoniyatlarni ochib beradi.Bunday bilimlar gimnastika- bu sport-pedagogik fan haqidagi bilimlar bo’lishi mumkin: uning mazmuni, ijtimoiy ahamiyati, tarixi, uning negizida turgan mashqlar bajarilishining texnikasi vaqonunlari; mashqlarni sog’lomlashtirish, ta’lim va tarbiya maqsadlarida qo’llash imkoniyatlari haqida, tanlangan o’quv, kasbiy yoki sport faoliyatiga qarab harakat va psixik qobiliyatlarini rivojlantirish, organizmning alohida organlari va tizimlariga, ularning funksional imkoniyatlarini kuchaytirish maqsadida ta’sir qilish haqida, o’quvchilarni har tomonlama tajriba bilan boyitish, amaliy mashqlarni o’rgatish va b. Asosiy gimnastikaning mashqlari pedagog so’zi va musiqali kuzatuv bilan birgalikdasamarali majmuiy vosita va shug’ullanuvchilarda shaxs fazilatlarini tarbiyalash usuli: gimnastika mashg’ulotlariga, o’qishga, mehnat va jamoa faoliyatiga vijdonli, chuqur anglagan va faol munosabat.
    Jismonan va ruhan barkamol shaxsni rivojlantirish maqsadidaasosiy gimnastikaning keng imkoniyatlarini qo’llash, uni barcha yoshdagi shug’ullanuvchilarning jismoniy tarbiya usuli va mustaqil vositasigaaylantirgan. O’rta yoshdagi tizimli mashg’ulotlar uzoq muddatga jismoniy vaaqliy ishga layoqatligini yuqori darajada saqlab turishga ko’maklashadi.
    Maktabdaasosiy gimnastika jismoniy tarbiya darslariga kiritilgan, umumiy jismoniy tayyorgarlik, sog’lomlashtirish guruxlarida qo’llaniladi. Mashg’ulotlarda unga kiritilgan barcha mashqlar majmui qo’llaniladi.

    Download 148,99 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




    Download 148,99 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Gimnastikaning tarbiyaviy rivojlantiruvchi va sog'lomlashtiruvchi turlari reja: kirish I bob 1 gimnastikaning sog’lomlashtiruvchi turlari

    Download 148,99 Kb.