|
II BOB 2.1 CHAQQONLIKNI RIVOJLANTIRISH BO’YICHA NAZORAT O’RNATISH
|
bet | 6/19 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 148,99 Kb. | | #256817 |
Bog'liq GIMNASTIKANING TARBIYAVIY RIVOJLANTIRUVCHI VA SOG\'LOMLASHTIRUVII BOB 2.1 CHAQQONLIKNI RIVOJLANTIRISH BO’YICHA NAZORAT O’RNATISH.
Xususiyati bo’yicha mutaxassisligiga yaqin bo’lgan harakat faoliyatini nazorat topshiriqlari asosida qo’llash bilan chaqqonlik rivoji darajasini aniqlash maqsadga muvofiqdir. SHuning uchun oldindan mukammal, yaxshi o’rganilgan yoki oddiy harakatlardan tuzilgan, mashqlar majmuasini qo’llash qulay. Misol uchun: oldinga o’mboloq oshish bilan burilib, asosiy yo’nalishga yonlama harakatlanish – yonga o’mboloq oshish bilan burilish, orqalab-orqaga o’mboloq oshish bilan asosiy yo’nalishga qarab qolish-sakrab 360 ga burilish va topshiriq bo’yicha ko’rsatilgan nuqtaga qo’nish.
Chidamlilik-bu biror faoliyatni uzoq vaqt davomida samarasini pasaytirmasdan bajara olish qobiliyatidir. Ayrim vaqtlarda chidamlilikni charchashga qarshi tura oladigan qobiliyat deb yuritish mumkin. Gimnastikachilarda chidamlilikni uchta turga bo’lish mumkin: umumiy, kuch va maxsus.
Kuch chidamliligi, maxsus chidamlilikni asosi bo’lib, uning shakllanishi har bir kuch sifati bilan bog’liq bo’lib, maxsus chidamlilik asosini tashkil etadi.
Chidamlilikni rivojlantirishn asosiy vositalari o’rta va sekin tezlikda, uzoq davom etadigan ishdir. Mashg’ulotning asosiy vazifalaridan biri, bu chidamlilikni rivojlantirishga yo’naltirishdir, yuklanishni aniqlash quyidagi beshta turkum asosida belgilanadi:
1.Chaqqon harakatlanish (doimiy);
2.Davom etish:
3.Dam olishni oraliq o’lchovi;
4.Dam olish xususiyati;
5.Qaytarish soni.
Gimnastikachilarni maxsus chidamliligini rivojlantirishda, quyidagi mashqlarni qo’llash maqsadga muvofiqdir: 1.Batutda uzoq vaqt davomida sakrash; 2.Akrobatik mashqlar; 3.Erkin mashqlar; 4.ko’pkurash turlarida bajariladigan maxsus mashqlar majmuasi.
Turga qarab chidamlilikni nazorat qilish vositasi har xil bo’ladi. Maxsus chidamlilik darajasini aniqlash uchun dastakli otda o’tirgan holatdan, oyoqlar holatini almashtirish yoki ikki oyoqda aylanma harakatlarni maksimal sonda bajarish. Kuch-chidamlilikni kuch bilan bajariladigan mashqlarni qaytarish soni bilan aniqlash mumkin.
Gimnastikachilarning umumiy va maxsus tayyorgarligi ta’rifi.
Gimnastikachilarning jismoniy tayyorgarligi-gimnastika ko’pkurashi mashqlarini muvaffaqiyatli o’zlashtirib olishga qaratilgan jismoniy sifatlarni tarbiyalash jarayonidir.
Jismoniy tayyorgarlikning maqsadi-o’ziga xos sport faoliyati ichki imkoniyatlarni amalga oshirish qobiliyatlarini tarbiyalash uchun shart sharoit yaratishdan iborat.
Bu maqsad odam organizmining ma’lum bir xususiyatlariga: kuch, tezkorlik, egiluvchanlik, chaqqonlik va chidamliligiga ta’sir qilish orqali amalga oshiriladi, bu fazilatlar sport nazariyasida jismoniy sifatlar deb yuritiladi.
Jismoniy tayyorgarlik ham bu fazilatlarni ma’lum darajagacha tarbiyalashga qaratilgan bo’lib, gimnastikachining har tomonlama va maxsus jismoniy rivojlantirish jarayonidir.
Jismoniy tayyorgarlik umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikka bo’linadi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik (UJT)–gimnastikachining harakat faoliyatini ta’minlaydigan organizmning barcha a’zolari va tizimlariga keng ta’sir etishni nazarda tutadi. SHuning uchun ham umumiy jismoniy tayyorgarlikda ko’proq tanaga kengroq ta’sir ko’rsatadigan vositalar qo’llaniladi. CHunonchi, krosslar, bir tekis va o’zgaruvchan suratdagi uzoq vaqt yugurishlar yordamida gimnastikachilarning chidamliligi rivojlanadi, yugurish texnikasi takomillashadi, mushaklarning egiluvchanligi yaxshilanadi, nafas va yurak qon-tomir tizimlari takomillashadi, natijada esa ularning sog’lig’i mustahkamlanadi. Undan tashqari bu mashqlar yordamida gimnastikachilarning irodaviy sifatlari tarbiyalanadi.
Sport o’yinlaridan (basketbol, futbol) foydalanilganda gimnastikachiga yanada ko’proq omillar ta’sir etadi, yuqorida qayd etilgan fazilatlar (tezlik, chaqqonlik, harakat uyg’unligi) kabi fazoda o’zini his qilish va chamalash xususiyatlari yaxshilanadi, harakat aniqligi oshadi va hokazo.
Har tomonlama jismoniy tarbiyalash hal qilishda gimnastika xos shuning bilan birga boshqa sport turlarining umumtayyorgarlik mashqlariga katta ahamiyat beriladi. Bular yurish va yugurish, sakrash va uloqtirish, amortizator va og’irliklar (gantellar, toshlar, shtanga) bilan bajariladigan va qomat buzilishdagi nuqsonlarni tuzatuvchi bir xil mashqlardir. UJT mashqlarining faol dam olish vositasi sifatida ham ahamiyati kattadir.
Bu vositalar gimnastikachini boshlang’ich tayyorgarlik davrida, bo’lajak ko’p yillik shug’ullanish uchun asos yaratiladigan davrda ayniqsa muhim ahamiyatga ega.
Bu davr asosan maxsus gimnastik yuklamalar bir tomonlama ta’siri uchun o’ta zaif va organizmi muttasil rivojlanib borayotgan yosh gimnastikachilarning kontingentini qamrab oladi. Gimnastikachilarning UJT dasturiy-yuklamalar asosini «Alpomish va Barchinoy» majmuasi tashkil etadi.
Gimnastika ko’pkurashi barcha turlarining mashqlarini muvaffaqiyatli egallashni ta’minlovchi gimnastikachining maxsus jismoniy tayyorgarligi (MJT) organizm tizimlari va organlari sifatlarini qo’llab quvvatlash va yuqori darajada rivojlanishiga qaratilgan bo’lishi kerak.
Buning uchun gimnastikachi ma’lum bir mushak guruhini egiluvchanligi va kuchini, umurtqa pog’onasining, yelka va tos-son bo’g’imlarining harakatlanishini, maxsus sakrovchanlikni, harakatdagi aniqlik va muvofiqlikni rivojlanishi, dinamik va statik kuchga bo’lgan chidamlilikni oshirishi, maxsus ish qobiliyatini oshirishi zarur.
Maxsus jismoniy tayyorgarlikning asosiy vositalarni avvalo, gimnastika ko’pkurashi musobaqa mashqlari, shu bilan birga sifatlarni va gimnastikachilarning o’quv hamda mashg’ulot jarayonini tobora o’sib borishini ta’minlovchi maxsus-tayyorlov mashqlari tashkil etadi.
Bu ayrim mushak yoki mushak guruhlari xuddi shunday yoki o’xshash tarzda xizmat qiladigan mashqning dinamik va kinematik tuzilishiga ko’ra musobaqa bilan o’xshashlikdir.
Gimnastikachining «ortig’i bilan faoliyat qobiliyati» to’plashni ko’zda tutuvchi jismoniy sifatlarini rivojlanish uslubiyatini bitta umumiy xususiyat bilan belgilash zarur, ya’ni gimnastikachining oldida turgan minimal harakat vazifalarini yechish uchun kerak bo’lgan sifat va imkoniyatlarning bunday rivojlanishi ancha ortadi. Bu gimnastikachining harakat faoliyatidagi yuqori darajali ishonchlilikni ta’minlaydi.
|
| |