|
-rasm. Narx shakllanish jarayonlari
|
bet | 91/123 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 490,94 Kb. | | #148296 |
Bog'liq Turopereyting-fayllar.org20-rasm. Narx shakllanish jarayonlari.
Xizmatlar sohasida, shu jumladan, turizm sohasida narx o‘ziga xos xususiyatlarga ega:
xizmatlarning narxi chakana narx;
turpaket narxi salohiyatli xaridorning nisbiy tuyg‘ularni uyg‘otmasligi kerak;
turizm xizmatlarga bo‘lgan talab mavsumiy tavsifga ega;
xorijiy turistlar uchun taristik xizmatlar, odatda, qimmat bo‘lib, erkin almashadigan valyutada o‘rnatiladi.
Turmahsulot narxining tuzilmaviy unsurlari 21-rasmda ko‘rsatilgan.
Turmahsulotning narxini hisoblaganda, vositachilarning quyidagi rag‘batlari: dasturlarni ishlab chiqaradigan va ularni mustaqil yoki vositachilar yordamida sotadigan ulgurji turoperator rag‘bati; turoperator dasturlarini qayta sotadigan yoki o‘zlari mehmonxona o‘rinlarini oldindan band qiladigan turagentlar uchun chakana rag‘bat; turagent, turist va mehmonxona o‘rtasida vositachi sifatida maydonga chiqadigan boshqa tashkilotlar uchun rag‘batlari hisobga olinadi.
Narx-navoni hisoblab chiqayotganda, quyidagilarni e’tiborga olish kerak:
turizmdagi ayrim xizmat turlari (masalan, ekskursiyalar) turpaket qiymatiga kiritilmaydi; turistlar ularni o‘z xohishi va qiziqishi asosida buyurtma qiladilar vahaqini to‘laydilar;
guruhiy tur sharoitida bir odamga to‘g‘ri keladigan tur bahosi guruhdagi turistlar soniga bog‘liq: ularning soni qancha ko‘p bo‘lsa, bir odamga to‘g‘ri keladigan tur bahosi shuncha past bo‘ladi;
turmahsulot narxiga kiritiladigan foyda turfirma tomonidan xarajatlar tannarxiga nisbatan foiz miqdorida o‘rnatiladi (foiz miqdori aniq turmahsulotga bo‘lgan talabga bog‘liq va 1-100 % atrofida o‘zgarishi mumkin);
tur narxi turistlar tarkibining yoshiga ham bog‘liq, chunki yosh bolalar va maktab o‘quvchilariga turizmning ko‘rgina xizmatlariga tegishli chegirmalar beriladi.
Turmahsulot narxi xizmatlarning me’yoriy tannarxiga qarab, aniqlanadi. Hisob-kitob bu xizmatlar yoki tovar birligining qiymatini aniqlashdan iborat.
20.2. Turistik faoliyat xarajatlari va daromadlari
Turistik firmaning bosh maqsadi foyda olishdir. Shu maqsadni amalga oshirish – xarajatlarning miqdori va firma yaratgan xizmatlarga bo‘lgan talab bilan bog‘liq. Turistik xizmatlarni yaratish uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy resurslarga sarflar turistik xarajatlar deyiladi.
Firma o‘z faoliyatini yuritish uchun tashqaridan resurslar sotib oladi va pulli xizmatlardan foydalanadi. Shuningdek, firma ilgari sotib olgan resurslar (binolar, mashina, xilma-xil uskunalar va boshqalar)ni ishlatadi. Ularga ham xarajat qilingan. Bundan tashqari, firma ijara haqi, banklardan olgan qarzi uchun foiz to‘lab turadi. Shundan kelib chiqqan holda xarajatlar ikki turga bo‘linadi:
tashqi xarajatlar, o‘z xizmatlarini yaratish uchun zarur narsalarni (ish haqi, yoqilg’i, transport, aloqa, soliq uchun to‘lanadigan pul) o‘z ichiga oladi;
ichki xarajatlar binolar, asbob-uskunalar va boshqa sarflarning hammasini o‘z ichiga oladi.
Xarajatlarning tarkibiy tuzilishi xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlarni tashkil etadi:
Doimiy xarajatlarga o‘zgarmaydigan xarajatlar, ya’ni qarz foizi, reklama haqi, ijara haqi, oldindan to‘lanishi ko‘zda tutilgan maoshlar kiradi.
O‘zgaruvchan xarajatlar deb, xizmat ko‘rsatish hajmiga nisbatan to‘g‘ri mutanosiblikda bo‘lgan o‘zgaruvchan xarajatlar miqdoriga aytiladi. Ularga ish haqi, yoqilg‘i, turistlarni tashish, transport va boshqalar kiradi. Xizmatlar hajmi oshsa, o‘zgaruvchan xarajatlar ko‘payadi, qisqarsa kamayadi.
Firmaning doimiy (DX) va o‘zgaruvchan (UX) xarajatlar yig‘indisi yalpi xarajatlarni tashkil etadi:
YAX= DX+UX.
Narxni shakllantirishda doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlarning o‘zgarishini hisobga olish kerak, ya’ni narxni hisoblash va o‘rnatilishiga bir necha o‘zgaruvchanlar ta’sir etadi. Omillarning ta’siriga bog‘liq holda ularni quyidagi turlarga ajratish mumkin:
omillarning xossalarini hisobga olgan holda: bevosita va bilvosita;
narxlarning raqobat ta’siriga bog‘liq holda: narx va narxsiz raqobat:
ta’sir etish darajasiga qarab.
Bevosita ta’sir etuvchi omillarga soliqlarning asosiy guruhini, ya’ni to‘g‘ri soliqlar-firma yoki firma xodimlarning daromadidan to‘lovlar tashkil etadi. Bilvosita (egri) soliqlarga qo‘shilgan qiymat soligi, cheklangan tovarlarga aksiz soligi va boshqalar kiradi. Bu soliqlarning mohiyati shundaki, bu soliqlar guruhi davlat byudjetiga tushadi va milliy valyutani mustahkamlashga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Narx yordamida olib boriladigan raqobat narxlarni har xil:
a) iste’molchilarning daromadlariga;
b) iste’mol hajmiga;
v) xaridorlarning toifalariga qarab belgilashda namoyon bo‘ladi.
Narxsiz bo‘ladigan raqobat monopolistik raqobat va oligopoliya bozorlarida ro‘y beradi, chunki bunday bozorlarda narxlarda tafovut deyarli bo‘lmaydi.
Narxlar bo‘yicha echimlarni qabul qilishga ta’sir etuvchilar:
1) iste’molchilar, ular talabi, daromadlar, cheklanganligi, iste’molchilar afzalliklari, naf olish mezonlari va h.k. Turistik xizmatlarga bo‘lgan yondashuvga qarab, iste’molchilarni quyidagi guruhlarga ajratiladi:
tejamli xaridorlar-narx o‘zgarishiga, xizmat sifatiga, uning xilma-xilligiga va h.k.larga tezda javob berish;
mayda firmalarni qo‘llab-quvvatlaydigan xaridorlar;
qulayliklarni ustun ko‘radigan xaridorlar va boshqalar.
2) davlat narx siyosatiga o‘z ta’sirini:
belgilangan narxlar;
reklama narxlari bo‘yicha qarorlar;
“haddan yuqori bo‘lgan narxlardan” foydalanish va narxga nisbatan noto‘g‘ri siyosat yuritish bo‘yicha cheklashlar;
xizmatlarni o‘tkazishda barcha ishtirokchilarga nisbatan do‘stona munosabatda bo‘lishni talab qilish.
Turistik firma o‘z faoliyatida ishlab chiqarish xarajatlarni va ular bilan bog‘liq omillarni nazarda tutishi kerakki, ishlab chiqarish xarajatlarni muttasil kamaytirib borish va firma foydaliligini oshirishi kerak.Har qanday firmaning eng birinchi maqsadi mumkin qadar daromad olish yoki foydani maksimallashtirish. Foyda yalpi turistik xizmatlarning umumiy qiymatidan ularni yaratish bilan bog‘liq xarajatlarni ayrimasidan qolgan qiymatga aytiladi.
Foydaning ikki ko‘rinishi bor:
normal foyda, u xarajatlar tarkibida bo‘lgan va tadbirkorlik faoliyati uchun berilgan haqdan iborat;
iqtisodiy foyda bo‘lib, u xarajatlarga kirmaydi. U normal foydadan ortiqcha bo‘lib, mazmuni sof foydadir. Agar firmaning umumiy daromadidan xarajatlar chegirib tashlansa, qolgan qismi iqtisodiy (sof) foydani tashkil etadi.
Firma uchun foydaning ikki jihati bor:
foyda massasi, ya’ni uning umumiy miqdori;
foyda normasi, ya’ni uni nima evaziga foiz hisobida olinganini ifodalaydi.
Foydani maksimallashtirish — uning ham normasini, ham massasini oshirishdir. Ammo firma uchun foyda muhimroq, chunki u firma faoliyatining samaradorligini ta’minlaydi. Foyda normasi jamiki foydaning uni topish uchun qilingan umumiy xarajatlarga bo‘lgan va foizlarda ifodalangan nisbatidir.
Firma daromadi deganda, uning pul tushumlarini anglash kerak. Daromad foydadan ko‘p bo‘ladi. Firma daromadi uchga bo‘linadi:
a) umumiy daromad — (UD) — barcha xizmatlarni sotishdan tushgan pul. Uning miqdori sotilgan xizmatlar soniga (Q) va ularning bozor narxiga bog‘liq (N). Bunda UD=Q·N.
b) o‘rtacha daromad (O‘D)— xizmat birligini sotishdan tushgan pul. Uni topish uchun umumiy daromad sotilgan xizmat miqdoriga bo‘linadi:
O‘D= UD·Q
v) me’yoriy daromad (MD) — qo‘shimcha ravishda sotilgan xizmatlardan olinadigan qo‘shimcha pul, (KP), uni aniqlash uchun qo‘shimcha pulni sotilgan qo‘shimcha xizmatlar miqdoriga bo‘lish kerak:
MD=KP:Q.
Bu ko‘rsatkich qo‘shimcha xizmatlarni yaratish va buning natijasida umumiy daromad oshishini ko‘rsatadi. Agar umumiy daromad xarajatlarga teng bo‘lsa, natija nolga teng, ya’ni foyda ko‘rilmaydi.Foyda firma faoliyatining moliyaviy natijasi hisoblanadi. Firma normal (me’yoriy) foyda olishga intiladi. Me’yoriy foyda me’yoriy daromad bilan eng yuqori chiqimlar o‘rtasidagi tafovutdir.
Ma’lumki, firma doimo foyda olishga va uning miqdorini oshiriyu borishga harakat qiladi. Foydani xarajatlarni ko‘paytirmasdan oshirish mumkin emas. Bunday o‘zgarish daromadning kamayish qonunida ifodalanadi. Foydaning xarajatlarga bo‘lgan nisbati firma samarasini belgilaydi. Bu ko‘rsatkich rentabellik deb ataladi. Firma rentabelligi olingan foydani qilingan sarflar bilan taqqoslash orqali aniqlanadi. U foizda ifodalanadi:
foyda
R= -------------- · 100 %.
Tannarx
|
| |