• 31-Mavzu:“Xotira abadiy, inson qadri buyukdir (9 may – Xotira va qadrlash kuni oldidan). Kun shiori
  • Topshiriq
  • “Yuzta tilni biladigan odam- Villi Melnikov”
  • Topshiriq: “Jonkuyarlik” mashqi.
  • Topshiriq: “Chekish umr zavoli”, “Biz yoshlar tamaki mahsulotlariga qarshimiz” mavzusini rasm orqali tasvirlab berish. Uyga vazifa




    Download 10.05 Mb.
    bet18/19
    Sana02.01.2020
    Hajmi10.05 Mb.
    #8239
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19

    Topshiriq: “Chekish umr zavoli”, “Biz yoshlar tamaki mahsulotlariga qarshimiz” mavzusini rasm orqali tasvirlab berish.

    Uyga vazifa: “ Bu muqaddas Vatanda azizdir inson” mavzusiga tayyorlanib kelish.
    MMIBDO’:________________________


    Sana:_________________________

    31-Mavzu:“Xotira abadiy, inson qadri buyukdir (9 may – Xotira va qadrlash kuni oldidan).

    Kun shiori: Tuprog`i to`tiyo makonga qulluq,

    Xudo bergan davru davronga qulluq.

    Aziz qilgan aziz insonga qulluq,

    Bu muqaddas Vatanda azizdir inson



    Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, bu dunyoda insonning azizligini, o`tganlar ruhini shod etishlikni, tiriklar qadriga yetib yashashlikni uqtirish.

    Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

    Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

    Doskada: Vatan kengdir elning bag`ri keng uchun,

    Yurtboshining mehri quyoshga teng uchun.

    Bu imkon, bu zamon senu men uchun,

    Bu muqaddas Vatanda azizdir inson

    Iqbol Mirzo




    O`qituvchi:

    Har qaysi xalq milliy qadriyatlarini o'z maqsad-muddaolari, shu bilan birga, umumbashariy taraqqiyot yutuqlari asosida rivojlantirib, ma'naviy dunyosini yuksaltirib borishga intilar ekan, bu borada tarixiy xotira masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. Ya'ni, tarixiy xotira tuyg'usi to'laqonli ravishda tiklangan, xalq bosib o'tgan yo'l o'zining barcha muvaffaqiyat va zafarlari, yo'qotish va qurbonlari, quvonch va iztiroblari bilan xolis va haqqoniy o'rganilgan taqdirdagina chinakam tarix bo'ladi.

    Ma'lumki, 1937—1953-yillarda sobiq SSSR hududida mudhish ommaviy siyosiy qatag'onlar amalga oshirilgan edi. Uning salbiy oqibatlarini o'zimizga tasavvur etish uchun birgina O'zbekiston bo'yicha qariyb 100 ming kishi qatag'onga uchrab, 13 ming nafari otib tashlanganini eslash kifoya.

    Insoniy qadr-qimmati toptalgan, hayoti poymol etilgan bu odamlar orasida nafaqat arbob va ziyolilar, balki yuzlab oddiy insonlar, yurtimizda istiqomat qilgan deyarli barcha millat va elatlarning vakillari bor edi. Shu davrda qancha-qancha odamlarning o'z oilasidan judo boigani, ayollar bevalikka, go'daklar yetimlikka mahkum etilganini, minglab mirishkor dehqonlarning quloq sifatida olis o'lkalarga surgun qilinganini inobatga olsak, xalqimiz boshiga tushgan bu fojianing dahshati yanada yaqqol namoyon bo'ladi.

    El-yurtimiz taqdiriga daxldor bo'lgan tarixiy adolatni tiklash, xalqimiz va millatimizning yaqin o'tmishidagi yopiq sahifalarini tola ochib berish, shu tarixdan saboq chiqarib, bugungi va kelajak hayotimizga ongli qarashni shakllantirish, begunoh qurbon bo'lgan insonlar xotirasini abadiylashtirish biz uchun ham qarz, ham farz edi.

    Ana shu insoniy burchimizni ado etish maqsadida 2000-yili poytaxtimizning Yunusobod tumanida qatag'on yillarida xalqimizning minglab asl farzandlari qatl etilib, nom-nishonsiz ko'mib tashlangan. necha yillar davomida qarovsiz qolib kelgan Bo'zsuv kanali sohilidagi Alvastiko'prik deb nom olgan jarlik o'rnida Shahidlar xotirasi xiyoboni va keyinchalik shu nomda muzey va jamg'arma tashkil qilindi.

    2001 -yildan e'tiboran 31-avgust yurtimizda Qatag'on qurbonlarini yod etish kuni sifatida nishonlanadigan bo'ldi. Har yili 31-avgust tongida bu maskanda xalqimizning qadimiy urf-odatlariga ko'ra osh tortib, Qur'on tilovat qilish, davlat va hukumat rahbarlari, keng jamoatchilik vakillarining bu yerga kelib, marhumlarni yod etishi, ularning ruhiga hurmat bajo keltirishi ibratli an'anaga aylanib qoldi.

    Bu ishlar xalqimiz, unib-o'sib kelayotgan farzandlarimizning ong-u shuurida tarixiy adolatga ishonch va insoniylik fazilatlarini qaror toptirish, ularning ma'naviy olamini kengaytirishda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega ekani bilan ayniqsa e'tiborlidir.

    Ma'lumki, sobiq SSSR davrida 9-may har yili G'alaba kuni sifatida bayram qilinar, Markazda va respublikalarda dabdabali harbiy paradlar o'tkazilar edi. Biz mazkur sananing asl insoniy ma'no-mohiyati hamda jamoatchiligimizning bu boradagi taklif va mulohazalarini inobatga olgan holda, 9-may kunini mamlakatimizda Xotira va qadrlash kuni sifatida nishonlashga qaror qildik. Bu voqea. hech shubhasiz, yurtimizda tarixiy xotirani to'laqonli tiklash yo'lida hayotning o'zi taqozo etgan yana bir jiddiy qadam bo'lganini aytish lozim.

    Shu munosabat bilan poytaxtimizda, viloyat va tumanlarda sovet mafkurasini o'zida ifoda etgan eski yodgorliklar o'rniga xalqimizning ruhi va qarashlariga hamohang bo'lgan Xotira maydonlari tashkil etilib, Motamsaro ona haykali o'rnatildi.

    Ana shu maydonlarda barpo etilgan yodgorlik majmualarida Ikkinchi jahon urushida halok bo'lgan yurtdoshlarimizning nomlari maxsus ishlangan lavhalarga zarhal harflar bilan yozib qo'yilgani, ular haqidagi ma'lumotlar jamlangan 35 jilddan iborat «Xotira» kitobi chop etilgani, aytish mumkinki, mamlakatimiz tarixida ibratli ma'naviy voqea bo'ldi.

    (Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch)

    Topshiriq: “Xotira” maydoni haqida har bir o`quvchi insho yozadi.

    MMIBDO’:________________________

    Sana:_________________________

    32-Mavzu:“O‘zbekiston va jahon hamjamiyati” (Xorijiy tillar fanlari oyligi doirasida).

    Kun shiori: “O`z ona tilimni hurmat qilgan holda, xorijiy tilni ham o`rganmoqchiman”



    Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, fan oyligida faol ishtirok etishlikka undash, xorijiy tillarni o`rganishga e’tiborlarini qaratishga o`rgatish .

    Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

    Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
    Doskada: “Yuzta tilni biladigan odam- Villi Melnikov”

    O`qituvchi:

    Xitoy aholisi- 1 milliard 200 million kishi bo`lib, bu yerda ingliz, hind, ispan, rus, fransuz tillarida, Angliya, Amerika, Kanada kabi rivojlangan davlatlarda asosan ingliz tilida, Meksika, Kuba, Chili kabi 20 dan ortiq Lotin mamlakatlarida ispan tilida so`zlashiladi. Sobiq Ittifoq tuzumi davlatlarida 100 dan ortiq millat va elatlar yashaydigan butun mamlakatda asosan rus tili millatlararo til hisoblangan.

    Mamlakatimizning ko`pmillatliligi haqida fikr yuritganda, uning ijtimoiy-siyosiy omillar ta’sirida murakkablashib borganini alohida ta’kidlash zarur. Chunonchi, chorizm istibdodi vas ho`ro imperiyasi davrida yurtimizga turli millat vakillari ko`chib kelishdi. Shuningdek, respublikamizning milliy tarkibi 1941-1945 yillardagi urush davrida yana o`zgardi. O`zbekiston frontoldi hududlaridan evakuatsiya qilingan 1 milliondan ortiq kishini qabul qildi, ularga yordam, mehr-muruvvat ko`rsatdi. Bundan tashqari, butun bir xalqlarning qatag`on qilinishi natijasida koryeyslar, qrim-tatarlar, mesxeti turklari, nemislar kabi bir qator xalq vakillari ham yurtimizga majburiy tarzda ko`chirildi.

    (Jamiyat va boshqaruv jurnali. 1/2010 yil)

    1066 yilda qirol Vilgelmning farmoniga ko`ra, normann-fransuz tili saroyning rasmiy tili, deb qabul qilinadi. Dastlab bu til mamlakat zodagonlari, keyinchalik oddiy xalq orasida keng tarqala boshladi. Shunday qilib, asta-sekinlik bilan Angliyada ingliz-saksonchada o`zgacha, yangi til paydo bo`ldi. Aynan ana shu til asosida zamonaviy ingliz tili yuzaga kelgan.

    (Hamma narsa haqida kitobidan)

    “…Umuman, o`rtoqlar, agar rus millatiga mansub kishi o`zbek tilini bilsa, o`zbek esa rus tilini bilsa, buning ustiga hozirgi yoshlarimiz yana uchinchi tilni ham bilsalar, nur ustiga a’lo nur bo`lmasmidi”

    (Islom Karimov. “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”)

    Topshiriq: “Jonkuyarlik” mashqi. Bunda o`quvchilar o`zlarining sinflari ingliz tili fan oyligida qanday jonbozlik ko`rsatishni rejalashtirayapti? Ingliz tilida xabar beradi. (har bir maktab o`zlarida qaysi xorijiy tili o`tilsa shunga qarab)

    MMIBDO’:________________________

    Sana:_________________________

    33-Mavzu:“Men sevib o‘qigan kitob”

    Adabiyot — qalbni tarbiyalaydi, ongu shuurni charxlab, ruhni oziqlantiradi. Shu bois hamisha unga ehtiyoj bor. Garchi inson zoti moddiy manfaatlar, zamon yangiliklari izmiga osongina tushib borsa-da, alal oqibat zerikadi, asl о‘zligini sog‘inadi, unga qaytishni istaydi. Ana shunday paytda adabiyotning qadri bilinadi, uning zarurati anglanadi. Zotan, yaxshi kitob kishining kо‘ngil oynasini poklaydi, uni fikrlashga, tushunishga undaydi.

    Taniqli adabiyotshunos olim, zabardast tarjimon va adib Ibrohim о‘afurov bilan mutolla zavqi, mashaqqati va zarurati haqida, о‘zbek va jahon adabiyotining buguni va ertasi, mutarjimlik mahorati xususida suhbatlashdik.

    — Men umri davomida umuman kitob о‘qimagan odamni tasavvur qila olmayman. Har kim turli maqsadlarda baribir qо‘liga bu ne’matni oladi. Kim uchun mutolaa bilan shug‘ullanish kо‘ngil ishi, yana kim uchundir shunchaki ermak, yana birovlar uchun zarurat. Hatto ayrimlar kitobni uyqu dorisi bilan tenglashtirisharkan. Yaxshi badiiy asar topa olmaganida, hech bо‘lmasa, lug‘at о‘qib fikrini charxlaydiganlar ham yо‘q emas. Yana ayrimlar obrо‘ uchun, dо‘st-yorlaridan qolishmaslik uchun о‘qiydi. Siz-chi? Siz nima uchun kitob mutolaa qilasiz?

    — Vaqt ziq. Vaqt yо‘q. Imkon topilmaydi. Imkon yо‘q. Kitob о‘qish esa faqat… Rostdanam kitob о‘qish uchun juda kо‘p vaqt kerak. Ammo vaqt “defitsit” bо‘lgan hozirgi zamonda uni qayerdan olasiz? U har bir kishiga oxirgi daqiqasigacha о‘lchab berilgan: soniya soniyasigacha.

    Yaqinda musofirlar va muhojirlar hayotidan yozilgan hammasi boshdan oyoq hayotiy faktlar, hayotiy, ya’ni aslida bо‘lib о‘tgan, minglab odamlar о‘z boshidan kechirgan bir kitob о‘qidim. Menga butunlay notanish, alam-uqubatlar, xorlik, xо‘rlik, zо‘rlik, ojizliklarga tо‘la voqealar, muallif qon yig‘lab yozgan. Vaqtni aytaman-da, men uni har kuni ikki-uch soatdan vaqt ajratib bir hafta sakkiz kun deganda о‘qib bitirdim. Keyin kitobdan olgan turli taassurotlarimni ichimga sig‘dirolmay birodarim shoir Tursunboy Adashboyevga qо‘ng‘iroq qildim. “E, omon bо‘ling, — dedi Tursunboy ma’sum bolalarcha quvonib (ma’sum bolalarcha quvonadigan yoshi yetmishdan oshganlar har qadamda ham uchrayvermaydi) — Men siz aytgan kitobni birovdan bir kechaga tilanib olib, bir kechada о‘qib chiqdim. Noyob kitob!” Mana, men sakkiz kunda о‘qigan kitobni Tursunboy Adashboy bir kechada о‘qib tushiribdi. Kitobni mana shunday “illo-billoga keltirmay” tez о‘qiydigan kishilarga juda havasim keladi ilgarilardan. Tez о‘qiydiganlar yozuvchi, jurnalistlar orasida ancha-muncha topiladi. Ahmad A’zam, Murod, Erkin, Mahmud, Olim Otaxon, Ahmadjon Meliboyev va yana ancha kazo-kazolar kitobni suvday shimirib bir pasda о‘qib qо‘yadilar. Ularning har birining о‘zining tez о‘qish va shunday tez uqish usullari bо‘lsa kerak.

    Chunonchi, bir “kitob jinnisi” deb nom chiqargan dо‘stimning “usuli” shunday: (dо‘stim sexning sirini ochayotganimni kechirsin) — u qо‘liga tushgan har qanday kitobni hech paysalga solmay darhol annotatsiyasini о‘qiydi. Sо‘zboshining boshi va oxirini kо‘zdan kechiradi, darhol mundarijaga о‘tadi, batafsil tanishadi, yana boshiga qaytadi, tekstdan bir-ikki xatboshini kо‘radi, kitobning о‘rtasini ochadi, bunda ham bir-ikki xatboshi bilan tanishadi, nihoyat asarning oxirgi sо‘zlarini nazardan kechiradi: bu oralarda tinmay “himm-himm” deb qо‘yadi. Mana shu tariqa u uzog‘i bilan bir soat ichida о‘nlab о‘zi uchun yangi bо‘lgan kitoblar bilan tanishib chiqadi. Sо‘ng davralarda doim shu kitoblar haqida о‘z fikrini bildiradi. Ammo qoyil qolaman: tutilmagan, “tesha tegmagan” fikrlar aytadi.

    Boshqa bir dо‘stim kitoblarni turli lug‘atlar qurshovida о‘tirib о‘qiydi. “Kitob о‘qiladigan muhit va sharoit bо‘lishi kerak” deydi va shunday ajoyib lug‘atlar bilan qurshalgan muhitida juda sinchiklab kitob о‘qiydi, о‘ziga notanish sо‘zlar, iboralarni yozib boradi, lug‘atlaridan ularning ma’nolarini aniqlashtiradi va bularni ham daftariga hafsala bilan qayd etadi, tagiga о‘z shaxsiy mulohazasini ham qayd etadi. Boshqa bir dо‘stim esa kitobni yaxshi kо‘radi, ammo kitobni vaqt о‘tkazish uchun о‘qiydi, uning kitob о‘qishi ermakka о‘xshaydi, о‘qigan kitoblari ustida juda kam gurunglashadi, chamasi kitob haqida boshqalar bilan gurunglashishni juda zerikarli ish deb biladi yoki buni foydasiz deb qaraydi.

    Yana bir dо‘stim muk tushib tarix haqidagi kitoblarni о‘qiydi. Ularni hafsala bilan qayta bayon qilib chiqadi, usullari va yо‘llari naqadar rang-barang! Dunyoda qancha kitob о‘qiydigan odam bо‘lsa, kitob о‘qish usuli ham shuncha. Bu kitob о‘qish usullarini yozaversak, gap uzayib ketadi. Ammo bayon etilgan misol uchun keltirilgan usullarga e’tibor bering-a: bu о‘qishlarning qariyb hammasi о‘qishdan kо‘ra ijodga о‘xshaydi, ijod qilib о‘qishga yoki ijod darajasidagi о‘qishga о‘xshaydi yoki ayni ijodning о‘zi yoki ijodning о‘qish turi. Bu о‘qishning eng samarali, kо‘p foydalar keltiradigan usuli. Bunday о‘qishda odam tinimsiz boyib, fikran va ma’nan о‘sib boradi.

    Umuman, taqriban olganda, odamlar kitob о‘qishga ehtiyoji bor odamlar va kitob о‘qishga ehtiyoji yо‘q odamlarga bо‘linadi. Bularning psixologik asoslarini qidirib topish va uzoq bayon etish mumkin. Ammo gap chо‘zilib ketadi-da, vaqti ziq о‘quvchimizni zeriktirib qо‘yamiz. Illo har birimiz boshqa har birimizning vaqtini qadrlashimiz kerak. Oxir oqibatda bu о‘z jonajon vaqtimizni qadriga yetish bilan barobar, odamlar aro eng olijanob madaniy-axloqiy munosabatlarning biri va balki asosiysi.

    О‘qishga ehtiyoji bor odam bu — Napoleon. Ehtiyoji bо‘lganki, vaqti nihoyatda ziq bо‘lishiga qaramay nemis yozuvchisi Hyotening “Yosh Verterning iztiroblari” romanini juda katta qiziqish va qunt bilan о‘qib chiqqan va Germaniyaga kelganida adibni huzuriga chorlab unga asar haqidagi taassurotlari hamda fikr-mulohazalarini jо‘shqinlik bilan bildirgan. Bо‘lmasa Napoleon qayda-yu “Verter” qayda? Ehtiyoj bо‘lganki, imperator va yozuvchi kitob ustida bir stol atrofiga о‘tirishgan.

    Mashhur podshoh Husayn Boyqaro Hazrat Alisher Navoiyning yaqin bolalik dо‘sti va emukdoshi. Navoiyning har bir yangi asarini mushtoqlik bilan kutib xuddi о‘zi uchun bayramday о‘qib mutolaa qiladi. Podshoh bо‘lishiga qaramay о‘qish uning yuksak ma’naviy va ruhoniy ehtiyojiga aylangan. U shu ehtiyojsiz yasholmaydi. О‘qishdan u quyidagi maqsadlarni kо‘zlaydi: birinchidan, bundan behad zavq­lanadi; ikkinchidan, ilhomlanadi, Navoiyning har bir sо‘zi ilhombaxsh; uchinchidan, aqliy qobiliyatlari va hissiyotlari boyiydi; tо‘rtinchidan, Navoiy bilan sо‘z va nafis ijod ustida uzoq uzurli suhbatlashish imkoniyati tug‘iladi: bu suhbatlarda u Navoiyga yangi asar haqidagi о‘z fikrlarini aytadi, hatto Navoiy sahifalarini tahrir qiladi, tuzatishlar kiritadi. Yangi yozilgan varaqlarni kitobat qilishga undaydi, shohona mashvaratlar va kengashlarda Navoiyning yangi asarini tо‘lib-toshib maqtaydi, Navoiydan misollar keltiradi, Navoiyga yangi asarlar uchun g‘oyalar beradi. Ana о‘qishdan erishilgan maqsadlarning bir qismi. О‘z oldiga olijanob maqsad qо‘yib kitob о‘qiydilar.

    Ilmli-bilimli, ilg‘or fikrli, kо‘zi zamonaga va tarixga, umuman inson hayotiga ochiq bо‘lishga intiladilar va buni orzu qiladilar. Kitob о‘qish ehtiyojini shu narsalar uyg‘otadi. Nafsimizni oziqlantirmasak, hayot yо‘q. Ma’naviyatimizni ham har kuni oziqlantirmasak, ma’naviyat yо‘q, qotib qolamiz, ma’naviyatimizga dam sayin suv yugurib turmasa, faqat nafs ehtiyoji bilan yashaganda, odam о‘zini odamiyday his qilishi va tutishi va jamiyatning tо‘laqonli faol a’zosi bо‘lishi juda qiyin, hatto bu mumkin bо‘lmagan hol. Men kitobni bilim olish va о‘rganish uchun о‘qiyman. Boshqa odamlarning tajribalari, yashash va hayot yuritish yо‘sinlariga bolaligimdan juda qiziqaman. Menga inson tajribalari eng qimmatli narsa bо‘lib tuyuladi. Har bir odamning hayot tajribasi bir dorilfunun qimmatiga ega deb qarayman. Bulardan tashqari kitoblar inson gо‘zalliklarining xazinasi. Gо‘zallik tuyg‘usi, farosati kitoblar о‘qish orqali kamol topadi.

    Yaqinda taniqli faylasuf olim Tilab Mahmudov bilan uning umr yо‘ldoshi hurmatli, e’tiborli jurnalist qalamkash Dilbar Mahmudovaning “Umr lahzasi” degan maktublar majmuasini kо‘rdim. Naqadar hayotning qimmatli lahzalariga boy, kishiga bir olam zavq beradigan kitob! Zamon va zamondoshlar, insonning kamolotga yetish pillapoyalari naqadar jonli va maroqli suratlanadi bu qimmatli kitobda! Rosti, men shunday kitoblarni havas qilaman: ular sahifama-sahifa dam achchiq, dam quvonchli insonni insonligini kо‘rsatadigan bebaho tajribalar!

    Keyingi uch-tо‘rt yil ichida katta hayot yо‘lini bosib о‘tgan, jamiyatga faol ta’sir kо‘rsatgan xodimlar, jurnalistlar, turli soha egalari, olimlarning hayot tajribalari mualliflarning о‘zlari tomonidan yoritilgan kitoblar о‘qidim. Ularning tirajlari nihoyatda oz.

    Lekin inson tajribalari — insonning tug‘ilishi, ne-ne mashaqqatlar, kurashlarda voyaga yetishi, vaqt jarayonlarining guvohliklari nihoyatda qimmatli. Nasllarga bu kabi kitoblar о‘ta foydali. Ehtimol ular qanday halol va qiyinchiliklarda sinmay, о‘z qimmatli e’tiqodlarini sotmay, tovlanmay, turlanmay, tuslanmay kun kechirishga balki о‘rgatadi, balki xayrli ta’sir kо‘rsatgay.

    Yoshim shuni taqozo qilyaptimi, bunday hayot tajribalari bо‘yalmay-bejalmay, uydirmalarga tо‘ldirilmay aks etgan kitoblarni biz kо‘pincha roman deb atayotgan kitoblardan qimmatliroq, inson va kelajak avlodlar uchun zarurroq deb bilaman. Dunyoda bunday tajriba kitoblardan ilgaridan qarlanib kelgan, bizda ham ular yaratilib о‘z foydai xizmatini о‘tayapti. Navoiyning ulug‘vor “holotlari”, Xо‘ja Ahror valiyning guvohliklari, Boburning mislsiz vaqoyelari, Behbudiy, Qodiriyning hayot maktabi asarlaridan sо‘ng bunday kitoblarning birin-sirin paydo bо‘layotgani tom ma’noda ijtimoiy ongning kashfiyotlari qatoriga kiradi.

    — Chindan ham, ota-bobolarimiz azaldan kitobga о‘zgacha ehtirom bilan qarashgan, farzandlarini ham bu ilm bulog‘iga cheksiz hurmat ruhida tarbiyalashgan. Ular kitobning mо‘jiza ekaniga, uni о‘qigan odam, boshqalardan, albatta, farqlanishiga ishonishgan. Shundanmi, ilm ahliga havas va ehtirom bilan munosabatda bо‘lishgan. Ammo, bugun-chi? Axboriy texnologiyalarning «piri»ga aylanib borayotgan bugungi avlod nazdida kitob shunchaki moddiy buyum kabi ilohiy mohiyatini yо‘qotib borayotgandek…

    — Balki yuzaki qaraganda, kitob o‘z mohiyatini yo‘qotayotgandek bo‘lib ko‘rinishi ham mumkin. Lekin yaxshi kitob misol xazina. Ammo xazina qachon o‘z mohiyatini yo‘qotgan? Yaxshi kitob deganda biz odamlarga foydasi tegadigan, ularning ongi, madaniyatini ko‘taradigan, qarashlarini ilg‘or mavqelarga ko‘taradigan, ya’ni kishiga beminnat ma’naviy hamroh va madadkor bo‘loladigan kitoblarni tushunamiz.

    Bunday kitoblar esa hech qachon mohiyatini ham, ahamiyatini ham yo‘qotmaydi. Aristotelning “Poetika”sini insoniyat ming yillardan buyon oldiga qo‘yib o‘qiydi va hamon undan zerikmaydi. Hamon uning san’at tabiatga taqliddan tug‘iladi degan fikri tirik va butun g‘arb falsafasi, estetikasi oqimlari hamon shu g‘oyaning ma’no va mazmun tarmoqlari ustida bosh qotirib, minglab jild asarlar yaratib keladi. Bir taqlid degan narsa ustida-ya! Yoki bundan besh ming yil ilgari bir kitobda “O‘zingni angla!” degan fikr aytilgan ekan. Oradan ko‘z ilg‘amas zamonlar o‘tib ham haligacha insoniyat bu g‘oyadan nariga o‘tgani yo‘q, undan yaxshirog‘ini o‘ylab topolgani yo‘q. qanday qilib kitob mohiyatini yo‘qotsin? Hech qachon bunday bo‘lmaydi. Insoniyat bor ekan, kitob doimiy so‘raladigan narsa bo‘lib qolaveradi.

    Insoniyatning azal ongida “Lavhul mahfuz” degan samoviy kitob tasavvuri bor. Insoniyatning asotiriy tasavvuriga ko‘ra u fusunkor koinot qa’rlarida, balki Somon yo‘li qo‘ynida bepoyon kenglikda turadi. Insoniyat tasavvurida uni Xudoning o‘zi yozgan va barcha zamonlarda o‘tadigan barcha odamlarning taqdirlari, koinotning qismati bitilgan. Bu yog‘iga chuqurlashmay qo‘ya qolaylik. So‘z uzayib ketadi.

    Aytmoqchi bo‘layotgan fikrim shuki, kitob degan narsa insoniyatning azal ongida tug‘ilgan. Bu sababsiz bo‘lmasa kerak. Demak insoniyat ongida kitob g‘oyasi azaldan bor, u odamzodning o‘zi bilan birga tug‘ilgan, odamzodni boshqaradigan boshmiyasining shakli-shamoyili, ishi-xushi ham ayni kitobning o‘zi. Kitobning mohiyati haqidagi so‘zni shu yerda to‘xtataylik. Kitob insoniyatni qutqargan, bundan keyin ham qutqaradi.

    — «О‘qish boshqa, uqish boshqa» yoki «Olim bо‘lgandan kо‘ra odam bо‘l» qabilidagi maqollar odatda kо‘p kitob о‘qigani bilan maqtanib yuradigan, ammo ma’naviyati sayozroq kishilarga qarata aytiladi. Yaxshi asarlar о‘quvchi ma’naviy olamini boyitibgina qolmay, uni ongu shuuriga, kо‘ngliga ta’sir о‘kazish orqali tarbiyalaydi ham. Ammo hamma kitoblar haqida ham bunday deb bо‘lmaydi. Oldiga kelganni yemoq hayvonning ishi, deydi hazrat Navoiy. Buni mutolaa borasida ham qо‘llash mumkin. Yaxshi asarlarni tanlab о‘qish borasidagi fikringiz qanday? Bir kitobxon sifatida о‘qishli kitoblarni qanday ajratasiz?

    — Yuqoriroqda kitobni bir maqsad bilan о‘qish haqida biroz gaplashdik. Pala-partish duch kelgan qо‘liga tushgan kitobni bekorchilikdan о‘qib ketaveradigan odamlar ham uchrab turadi. Misolni о‘zimdan olsam, kitobni bolalik chog‘larimda bola va о‘quvchi sifatida о‘qirdim. Menga juda qiziq tuyulardi, taassurotlar qidirardim, kitoblarda tasvirlangan hayot kо‘z о‘ngimda kechayotgan bir tusdagi hayotdan cheksiz boy bо‘lib, qiziq bо‘lib tuyulardi. Kitoblar hayotdan kо‘ra boyroq va jozibaliroq deb о‘ylardim.

    О‘zi aksincha hayot hamma narsadan kо‘ra boyroq va cheksizroq va birlamchi qimmatga ega. Ammo har bir yangi chin kitob hayotni va u haqdagi tasavvurlarni benihoya boyitadi, kitob hayotning eng yashirin qa’rlarigacha qaray oladi. Eng yashirin aql bovar qilmaydigan hodisalarni ham tasvirlab bera oladi. Shuning uchun “Anna Karenina” yoki “Telba”ni о‘qisangiz, kitob hayotdan ancha boyroq bо‘lib kо‘rinadi. hozir kitoblarni adabiyotshunos, tarjimon, qalamkash sifatida о‘qiyman. Zamonlarning qiziqishlari о‘zgarib turadi.

    56-yillar universitetning birinchi kursida о‘qiyotgan paytlar rus adabiyotining Garshin, Uspenskiy, Goncharov, Grin, Babel, Platonov, Bunin, Korolenko, Gorkiy singari yozuvchilari kitoblariga juda qiziqib qoldim. Ularni о‘qisangiz yuragingiz g‘am-alam hasratga tо‘lib ketadi. Alam о‘ziga tortadi va yurakka odamiylik olib kiradi. Bulardan keyin Xemenguey, Folkner, Steynbek, Fitsjerald, Flober, Stendal, Anatol Frans asarlari о‘ziga tortib ketdi. Keyinroq bir necha о‘n yil Janubiy Amerika adiblarining fusunkor asarlari qattiq mashg‘ul qildi. Ulardan keyin to hozirgacha avangard adabiyotining juda ohanrabo namunalaridan insoniyatning ong qarashlari, obrazli, badiiy qarashlarining ajib tarzda о‘zgarib borishlarini muttasil kuzataman. Insoniyat ongi va ong osti о‘zgarishlarini kitoblar juda yaxshi va nozik tomonlarigacha ilg‘ab olib aks ettiradi. Ayniqsa Freyd, Yung, Kant, Nitsshe, Joys, Prust, Kamyu, Markes, Borxes, Sartr asarlari…

    — Sizni Joys, Markes, Aytmatov, Dostoyevskiy, Mopassan, Turgenev, Hemenguey kabi adiblarning eng sara asarlarini о‘zbek kitobxonlariga tuhfa etgan tarjimon sifatida taniymiz. Bu xizmatingiz bilan о‘zbek adabiyotiga ulkan xazina qо‘shdingiz. Boz ustiga yosh tarjimonlarimiz uchun katta maktab yaratdingiz. Ammo ortga nazar tashlaganingizda, shu yо‘lda sarflagan kuch-g‘ayratingizni ijodga sarflamaganingizdan afsuslanmaysizmi?

    — Har bir kishiga tabiat behad mehribonlik bilan bir yo bir necha iqtidor ato etadi. Qadimgi Yugnakiy yozgan gо‘zal tilimizda “uqush”, “uqar” degan sо‘zlar bо‘ladi. Ular zakovat, farosat, iqtidorni anglatadi hozirgi tilimizda. “uquv” ham deymiz. Rus tilida buni “prizvaniye”, inglizchada “pover” deyishadi. Men tarjimaga birovga ergashib emas, kitob о‘qish orqali borganman.

    Juda havasim kelib “Chol va dengiz” о‘zbekchada qanday chiqarkin, qanday jaranglarkin, tilimizning qudrati bu rang-barang narsa-hodisalar va tengsiz insoniy kechimlar olamini tasvirlashga qodirmikin? — degan savollar uyg‘onardi asarlarni rus tilida о‘qigan va ulardan cheksiz zavqlar olgan romantik yoshlik chog‘larida. Shu havas va qiziqish orqali menda о‘sha iqtidor — prizvaniye, pava uyg‘ongan bо‘lsa ajab emas. Qо‘lim va ongimni о‘rgatish va moslash uchun о‘zim uchun tinmay tarjimalar qildim, maqolalar, badialar, mansuralar mashq qildim.

    Darvoqe, mansuralar ifodalagan fikrlar tarangligi, yangi zamon badiiy obrazlari, yangi zamon ramzlarini aks ettirganiga kо‘ra nazarimda ba’zan roman bilan teng kо‘rinadi. Lekin an’anaviy ong badiiy qoliplariga о‘rganib qolgani bois bunga kechroq yetib boradi. Mansur she’r bobomning zamonlarida ham mavjud edi. Ammo janr sifatida “mansura” yо‘q edi. Mansurani ta’rifga sig‘dirish qiyin, u chaqmoqday chaqnagan va chaqmoqday tarmoqlagan fikr shiddatlarini talab qiladi. Iqtidorim, “uqishim” meni maqolalar, badialar, mansuralar yozishga, jahon adabiyotlarining eng avangard namunalarini о‘zbekchalashtirishga chorlagan bо‘lsa, hech qachon afsuslanmayman.

    Suvlar oqib ketdi, maysalar kо‘kardi. О‘zbek adabiyotining badiiy uslublar xazinalari Nitshe, Joys, Markes, Aytmatov, Dostoyevskiy badiiy tafakkurining о‘lmas uslublari, tafakkur tarzlari bilan boyidi, buni birov bildi, birov bilishni istamadi, ammo adabiy-badiiy tafakkur voqeligiga aylandi.

    — Bugun «О‘zbek adabiyoti qachon jahon bilan bо‘ylashadi?» degan mazmundagi savollar bot-bot takrorlanyapti. Taniqli ijodkorlar malakali tarjimonlar shakllangunga qadar adabiy namunalarni chet el о‘quvchilariga havola etishga shoshilmaslik zarur degan fikrda. Ha, bugun kо‘plab shoir-yozuvchilarimiz о‘z ijod mahsullarini tarjimonlarga ishonolmaydi. Sababi chet tilida ikkita sо‘zni bir-biriga ulay oluvchilar ham shu eshikka bir mо‘ralab о‘tishayapti. Siz tarjimachiligimizning kelajagini qanday baholaysiz?

    — Badiiy tarjima badiiy jarayonlarning jonli ishtirokchisi. Kitobdan, san’atdan bahradorlik va bahradorlikka intilish bо‘larkan, tarjima milliy adabiyotimizni jahon adabiyoti namunalari bilan tо‘ldirib boyitib boraveradi. Hozirda tarjimaga qiziqish birmuncha jonlanayotir. Yoshlar ichidan badiiy tarjimaning fidokorlari yetishib chiqishlariga ishonchim komil. Ammo yangi iqtidorlar endigina kurtaklayapti. Iqtidor egalar о‘z ustilariga qanchalar mas’uliyat olar ekanlar? Buni ijodiy individlar hal etadi.

    — Siz о‘z fikri va dunyoqarashiga ega adabiyotshunossiz. Shu bois kо‘nglimizdagi bir hadikli savolga nisbatan fikringizni bilmoqchimiz. Nazarimizda, adabiyotshunoslikda badiiy asarlar tahlili va talqini bir qolipga tushib qolganday. Olimlarimiz fikr aytishdan qochish uchunmi, badiiy asar syujetini qayta sо‘zlash, uni muallif kо‘ngli uchun maqtab, maqola sо‘ngida о‘quvchilarning ham kо‘nglini qoldirmaslik uchun «ba’zi juz’iy kamchiliklari ham yо‘q emas» qabilidagi an’anaviy shakldan foydalanib qо‘yaqolishadi. Ayrim yosh yozuvchi-shoirlar, hatto iqtidorsiz о‘rtayoshlilar ham, adabiyotshunoslardan birining «etagiga mahkam yopishib», yangi kitoblariga sо‘zboshi, taqriz yozdirishayotganining guvohi bо‘lyapmiz. Nahotki, necha yillar ilm zahmatini chekkan, olimlik rutbasiga erishgan zotlarning sо‘zi shunchalik arzon yoki xо‘jakо‘rsinga bо‘lsa…

    — Bu hollarning sabablari kо‘p. Qaysi birini aytasiz. Bizda о‘tish davrining xususiyatlari yaxshi shakllantirilgan. Katta-yu kichik unga rioya qiladi. О‘tmish adabiyoti va bizning eng yaqin zamondoshlarimiz Abdulla Qahhor, Odil Yoqubov, Ozod Sharafiddinov, Said Ahmad, О‘tkir Hoshimov, Shukur Xolmirzayev, Shavkat Rahmon adabiyotning ma’lum sо‘nggi bosqichini yakunlab tarixga kirdilar. Yangi zamon, yangi adabiyotning о‘z nomlari, о‘z о‘lchovlari bor. Yangi adabiyotshunoslik eski adabiyotshunoslikning ichidan shakllanib kelyapti. Kо‘pincha eski tushunchalar va qoliplar bilan yangi shaklanayotgan adabiyotning kurtaklarini baholashga urinib kelyapmiz.

    Boshqa iloj yо‘q, Dialektikaga kо‘ra yangilik osmondan tushmaydi, balki eskining singan joyidan kо‘klanadi va suvlanadi. Odam faktor. Sharoit faktor. Jamiyat faktor. Bularning bari о‘zaro juda qattiq chambarchas bog‘langan. Mayli etaklar. Mayli professional bо‘lmagan odamlarning sо‘zboshilari, boshi ketiga ulanmagan maqolalar. Bularning bari jarayonda bor va о‘tish davrining individi hali shu о‘tish davridan yuqori kо‘tarilolmagani va shundan narini kо‘rolmayotganini bildiradi. Ammo milliy adabiyotning markaziy yо‘llarini belgilaydigan va an’analar asosida yangi zamonning yangi obrazlari, yangi ramzlarini yaratadigan kuchlar ham о‘z maylu havaslarini birin-sirin namoyon etayotgani ravshan.


    Adabiy-ijtimoiy nashrlarda ketma-ket chiqayotgan qiziqarli asarlar bunga misol bо‘loladi. Davr hali о‘z adabiyotshunoslari, tanqidchilari, tadqiqotchilarini tanlab olgani, saralagani, ularni yetishtirgani yо‘q. Bu о‘z-о‘zidan bо‘ladigan ish emas. Universitetlar, akademiyalar, ijodiy uyushmalar, agentliklarning kadr yetishtirish ustidagi uzoqni kо‘zlagan rejalari hamda say-harakatlariga ham kо‘p narsa bog‘liq. Milliy adabiyotning bugungi va kelajak manfaatlari erkin ijodkorlik ruhida izchil faoliyat olib borishni taqozo qiladi.

    Aslida ijodkor hayotning mashaqqatli maktabini о‘tagandagina ijod maydonida katta natijalarga erishadi. Ijodning ma’nosi hamda vazifasi — jamiyatga ta’sir kо‘rsatish, odamlarning ruhiy ehtiyojlari va axloqiy-tarbiyaviy tashnaliklarini qondirish. Hayot maktabini о‘tamagan odam har qancha iste’dodli bо‘lmasin, bu vazifani bajarolmaydi. Ijod okeani unga boshdan oyoq shо‘ng‘ishni talab qiladi. Okean chetida qumloqda oyog‘ini hо‘llab о‘tirgan okean nimaligini bilmaydi. Uzoq borganda okeanning vahimasinigina qog‘ozga tushirishi mumkin. О‘shanda ham agar taqlid prinsiplarini yaxshi о‘zlashtirgan bо‘lsa…

    — Shu о‘rinda kо‘ngilda sizdan anchadan beri sо‘ramoqchi bо‘lgan bir savol qalqidi. Bilamizki, siz mansura janrida juda gо‘zal asarlar yaratdingiz. Bugun shu janr haqida gap ketsa sizning nomingiz tushga kо‘chadi. Aytingchi, mansura sizni nimasi bilan maftun qildi? Uning о‘ziga xos jihatlari haqida ham fikr bersangiz.

    — Mansura haqidagi savolingizga men minnatdor bо‘lib jon-jon deb javob berishni istayman. Mansura qiyinchilik bilan adabiy-badiiy jarayon ichiga kirdi, uning uzviy tarmog‘iga aylandi. Ammo hali antologiyalarning birontasidan о‘rin olgani yо‘q. Roman yo qofiyali sо‘z bо‘lsa mensib, mansura bо‘lsa ancha-muncha mensimay qaraydilar. “Uzumzorda kesak kabi yotdim” deb bir mansurada qiyin о‘smirligimni bayon qilganman. Mana shu jumla tom ma’noda mansura jumlasi. Nega uzumzor? Nega kesak kabi? Nega yotish? Bular kichkina bir shaxsning о‘sish payti dramasi va о‘sish paytining ramzlari. Shu tо‘rt sо‘zdan iborat jumlada drama va keskinlik zuhur etadi va jaranglaydi.

    Mansuraning boshqa barcha fikr tizimlari shu obrazni tо‘ldiradi va uning yonida jangchilarday turadi. Mansuraning yagona nizomi — uning fikr tarangligi va kutilmagan obrazli assotsiatsiyalari. Ularda о‘zimcha yangicha obrazli fikrlash tarzi aks etadi deb yuraman. Shalviragan uydirma havoyi sо‘zlar hech qachon mansura bо‘lolmaydi. Mansuraga ming‘irlash emas, yoy о‘qining chang‘irashi kerak. Buni о‘qisangiz va buni tushunsangiz edi…

    — Sо‘nggi savol: Taniqli adabiyotshunos olim, zabardast tarjimon, mahoratli adib sifatida о‘zbek adabiyotining buguni va kelajagi haqida о‘ylaganda nimalardan quvonasizu, nimalardan tashvishlanasiz? Umuman, yosh ijodkorlarning yozganlari sizni qoniqtiradimi? О‘z tajribangizdan kelib chiqib, ularga qanday maslahatlar bergan bо‘lardingiz?

    — Hozirgi zamon yoshlarini fikrlovchi odamlar toifasiga kiritaman. Fikrlovchi odam kim? Bu toifa bilishga qiziqadi. Ammo bilish, fikrlash kitobsiz, gazetasiz, jurnalsiz, Internet tarmoqlarisiz bо‘lmaydi. Yoshlarni bilishga qiziqmaydi deb bо‘lmaydi. Ular bilishga juda qiziqadilar. Ular bilishga va fikrlashga qiziqishning Internet taklif etayotgan yо‘llari va usullarini tanladilar. Endi bu jarayon tо‘xtovsiz kuchayib boradi.

    Vaqt cheksiz emas, U о‘lchab berilgan. har birimizga atalgan vaqt bir soniya kam ham, ortiq ham emas. Umr daryosining bir bekatidan ikkinchi bekatiga boramiz va tushib qolamiz. Internet vaqtdan foydalanishning intensiv va optimal yо‘llarini taklif etyapti. О‘yinlar deysiz-da, a? Lekin о‘yinlar ostida konsepsiyalar joylangan. Shu konsepsiyalar yoshlarning miya qavatlarini zich tо‘ldiryapti.

    Ishonchim komil, hozirgi yoshlarning miya qavatlari bizning va bizdan avvalgilarning miya qavatlaridan о‘z hajmi, qabul qilish kuchi, intensivligi bilan farq qiladi. Aynan mana shu yoshlarning kitob о‘qishga mutlaqo vaqtlari yо‘q. Bizning vaqtimiz bemalol edi. Kitob qidirib о‘qirdik. Kо‘p kitob о‘qiganlar akademik, doktor, nomzod, direktor va hokazo bо‘lishardi.

    Hozirgi yoshlarning ufqlari qayda? Internet aqlni, xotirani boyitadi, miyaning operatsiya quvvatini cheksiz kuchaytiradi. Lekin hissiyot va tuyg‘ularni siqib chiqaradi. Ma’lumot axborotlarga istagancha joy bor, lekin hissiyotlarga joy yо‘q. Internet hissiyot bilan oshna emas, hozir aql kuchayyapti. She’rlar, dostonlar, romanlar о‘qilmayotganining sabablaridan biri ham shu aqlning tobora kuchayib borayotganida.

    Hissiy ramz nima? Da Vinchi “Jokonda”ni chizdi. Jokonda Da Vinchining xuddi о‘zi. Jokondaning tabassumi — nim tabassum — uni ilohiy tabassum deyish mumkin. Da Vinchi mana shu tabassumni insoniyatga hissiy ramz sifatida qoldirdi. Ungacha bunday tabassum insoniyat san’atida kо‘rilmagan edi. Tо‘g‘ri, Budda va Moniy tabassumlarida shunday ilohiylik zuhur etgandi. Bularda koinot tasavvuri muhrlangan. Ammo Jokonda tabassumida insonning dunyoga kelishining butunlay ma’nosizligi akslanadimi? Buning siriga yetish qiyin. Men hozirgi rangi tiniq, umid ufqlari keng yoshlarga mansura tili bilan aytgim keladi:

    Uchqun vataning sening,

    Vataning sening uchqun.

    Manba: «Hurriyat» gazetasi,2014, 2 iyul




    Download 10.05 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




    Download 10.05 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Topshiriq: “Chekish umr zavoli”, “Biz yoshlar tamaki mahsulotlariga qarshimiz” mavzusini rasm orqali tasvirlab berish. Uyga vazifa

    Download 10.05 Mb.