|
= 91 =
O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholashBog'liq vEKTORLI GRAFIKA ASOSLARI= 91 =
O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash
O‘quv moduli davomida o‘tkazilgan mavzular bo‘yicha o‘quvchilar
tomonidan o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalar ichki nazorat bo‘yicha
amaldagi tartib asosida baholanadi. Baholash usullari yozma, og‘zaki, savol-
javob, test, amaliy topshiriqlardan iborat bo‘lib, ular o‘quv elementini
o‘zlashtirish natijalarini aniqlashga imkon beradi. Nazorat savollari va
topshiriqlar qo‘yilgan maqsadga hamohang bo‘lishi lozim.
Baholash tizimi:
Joriy baholash mezonlari
A’lo bahoga:
bajargan ishining nazariy va amaliy ahamiyatini, maqsadi va vazifasini
atroflicha tushungan bo’lsa;
vazifani mustaqil ijodiy yondashib bajara olsa;
chizgan xaritalarining mazmunini tushunsa, to’g’ri bayon qilib bersa;
voqea-hodisalar tafsilotlarini, chegaralarini buzmay to’g’ri tasvirlasa;
ishni belgilangan muddatda va puxta tayyorlab topshirsa.
Yaxshi bahoga:
bajargan ishining nazariy va amaliy ahamiyatini. maqsadi va vazifasini
tushungan bulsa;
vazifani mustaqil bajara olsa;
chizgan xaritalarining mazmunshsh tushunsa, to’g’ri bayon qilib bersa;
voqea-hodisalar tafsilotlarini, chegaralarini buzmay to’g’ri tasvirlasa;
ishni belgilangan muddatda topshirsa.
O’rta bahoga:
bajargan ishining nazariy va amaliy ahamiyatini, maqsadi va
vazifasi haqida umumiy tasavvurga ega bo’lsa;
vazifani mustaqil bajara olmay, ayrim yordamga muhtoj bo’lsa;
xaritalarni mazmunan to’g’ri chizgan va tushungan, ammo bayonida
qiynalsa;
voqea-hodisalar tafsilotlarini, chegaralarini buzib tasvirlasa;
ishda ayrim kamchiliklar bo’lsa va belgilangan muddatda topshirilmasa.
Qoniqarsiz bahoga:
ishni bajarmagan yoki nazariy va amaliy ahamiyatini tushunmagan bo’lsa;
vazifani mustaqil bajara olmasa;
hisobotni chala va o’z vaqtida topshirmasa yoki umuman topshirmasa.
|
| |