|
Tuzuvchilar: Rahimova Sabohat
|
bet | 5/8 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 491,15 Kb. | | #254850 |
Bog'liq www.idum.uz 9-sinf Ona tili imtixon materiallari UZB
Sarsonboy ota javob bermadi. Uning bugun go‘yo niyatiga yetadigandek kayfi
chog‘ edi, lekin o‘rtog‘ining gapi bilan ko‘ngli buzildi.
Bir: “Sening nima ishing bor? Choyingni sotsang-chi!” – demoqchi ham bo‘ldi, tili bormadi. Madumar akaning gapida jon bor edi. O‘g‘lidan qoraxat kelganidan keyin bechora o‘n yil kutdi. Xatsiz, xabarsiz xotini farzand dog‘ida ado bo‘lay dedi. O‘zi esa, cho‘p bo‘lib qoldi. Oxiri chidolmay aza ochdi. Ermagi – choyxona. Madumar akaning bugungi gapida chindan ham jon bor edi. “Azbaroyi achinganimdan gapiraman...” Nahotki, uning ahvoli achinarli bo‘lsa?! Sarsonboy ota shunday o‘yladi-yu, yuragini nimadir timdalab ketganday bo‘ldi. Lablari titrab, tuproqdek sarg‘aygan soqoli tortildi. Nimadir tomog‘iga kelib tiqildi….
….Madumar aka yangi damlangan choynakdan choy quyib, o‘rtog‘iga uzatdi, odam kam bo‘lgani uchun o‘zi ham yoniga o‘tirdi. (114 so‘z)
TOPSHIRIQLAR:
Berilgan matn qaysi asardan olingan? Asar nomi, janri va g‘oyasini aniqlang.
(Bilish)
Matndan tagiga chizilgan qo‘shma gaplar turini aniqlab yozing hamda sodda gaplarning bog‘lanishini izohlang. (Bilish)
Matnda keltirilgan ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarni o‘zlashtirma gaplarga aylantiring. (Qo‘llash)
”… o‘g‘lidan qoraxat kelganidan keyin bechora o‘n yil kutdi. Xatsiz, xabarsiz xotini farzand dog‘ida ado bo‘lay dedi. O‘zi esa, cho‘p bo‘lib qoldi..” Ushbu qahramonning asarda tutgan o‘rnini izohlang. (Qo‘llash)
Nega hamma Sarsonboy otaga achinadi? … Nahotki, uning ahvoli achinarli bo‘lsa?! Mulohaza qiling! (Mulohaza)
|
| |