|
Tuzuvchilar: Rahimova Sabohat
|
bet | 1/8 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 491,15 Kb. | | #254850 |
Bog'liq www.idum.uz 9-sinf Ona tili imtixon materiallari UZB
Tuzuvchilar: Rahimova Sabohat- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Xasanova Malika - Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
Taqrizchilar: Xamrayeva Mavjuda- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
2023-2024-O‘QUV YILIDА UMUMTA’LIM MАKTАBLАRINING
9-SINF O‘QUVCHILАRI UCHUN YAKUNIY NAZORAT IMTIHONINI O‘TKAZISH BO‘YICHA ONA TILI VA ADABIYOT FANIDAN SPETSIFIKATSIYASI.
9-sinfni tugatgan o‘quvchilar ona tili va adabiyot fanidan ta’lim dasturi bo‘yicha standartlar asosida belgilangan kompetensiyalarga ega bo‘ladilar.
O‘quvchilarning olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash uchun 2023–2024-o‘quv yilida 9-sinflarda yakuniy imtihon yozma shaklda o‘tkaziladi.
Har bir imtihon biletining savol va topshiriqlari ona tili va adabiyot fani bo‘yicha maktablarning 7-8-9-sinflari mavzularini qamrab olgan. Shuningdek, tavsiyada bilishga oid savollar, qo‘llashga va mulohazaga oida topshiriqlar bo‘yicha baholash mezonlari keltirilgan.
Oʻquvchilarga taklif etilgan baza savollaridan tashkil topgan 2 ta bilet taqdim etiladi. Biletda o‘quvchiga 5 tadan (3 ta ona tili, 2 ta adabiyot) savol beriladi. Savollarning 2 tasi (1 ta ona tili, 1 ta adabiyot) bilishga, 2 tasi (1 ta ona tili, 1 ta adabiyot) qo‘llashga, 1 tasi (1 ta ona tili) mulohazaga oid bo‘ladi. Bilet savollariga javob berishi uchun umumiy 30 daqiqa vaqt beriladi.
Oʻquvchilarning yozma ishlari ona tili fanlarining har biri uchun alohida 100
ballik tizim asosida:
0 – 29% – “qoniqarsiz”;
30–65% – “qoniqarli”;
66–85% – “yaxshi”;
86–100% – “aʻlo”
baho kabi baholanadi. Har bir topshiriq uchun belgilangan balldan yuqori ball
qoʻyilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
|
| |