|
Tuzuvchilar: Rahimova Sabohat
|
bet | 2/8 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 491,15 Kb. | | #254850 |
Bog'liq www.idum.uz 9-sinf Ona tili imtixon materiallari UZB9-SINF ONA TILI VA ADABIYOT FANIDAN YAKUNIY ATTESTATSIYA SPETSIFIKATSIYASI
Ona tili va adabiyot
|
Soni
|
Bilish
|
Qo‘llash
|
Mulohaza
|
To‘liq
javob
|
“Alpomish” dostonining badiiy xususiyatlari.
Matnda ko‘p ma’noli, ma’nodosh so‘zlardan foydalanish
|
5
|
2
|
2
|
1
|
|
“Kuntug`mish” dostoni. Xalq dostonlarining millat ruhiyatini aks ettirishdagi o`rni.
Shakldosh, qarama-qarshi ma’noli, talaffuzdosh so‘zlardan foydalanish
|
5
|
2
|
2
|
1
|
|
Said Ahmad. “Ufq” romanidan parcha.
Mustaqil so‘z turkumlari. Yordamchi so‘zlar
|
5
|
2
|
2
|
1
|
|
Shukur Xolmirzayev “Omon ovchining o‘limi” hikoyasi.
Mustaqil so‘z turkumlari tasnifi bo‘yicha tahlil, matn bilan
ishlash.
|
5
|
2
|
2
|
1
|
|
Muhammad Yusufning “Vatanim” she’ri.
Sodda gap va gap bo‘laklari yuzasidan tahlil
|
5
|
2
|
2
|
1
|
|
Rabindranat Tagor “Shubxa” hikoyasi tahlili.
Uyushiq bo‘laklar
|
5
|
2
|
2
|
1
|
|
O`lmas Umarbekov “Qiyomat qarz” hikoyasi.
Sodda va qo‘shma gaplar
|
5
|
2
|
2
|
1
|
|
Oybekning “Navoiy” romani.
Qo‘shma gap qismlari va ularni bog‘lovchi vositalar
|
5
|
2
|
2
|
1
|
|
Abdulla Oripovning “Sohibqiron” dramasi. Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarda tinish belgilarining
qo‘llanishi
|
5
|
2
|
2
|
1
|
|
Chingiz Aytmatov “Asrga
tatigulik kun” romani.
|
5
|
2
|
2
|
1
|
|
Tinish belgilari va ularning yozma nutqdagi ahamiyati.
|
|
|
|
|
|
TOPSHIRIQ BO‘YICHA BAHOLASH MEZONI
№
|
Egallashi lozim
boʻlgan koʻnikmalar
|
|
Topshiriq turi
|
Topshiriq shakli
|
Baholash mezoni
|
|
1
|
Matn qaysi asardan olinganini, janri va g‘oyasini aniqlay olish;
|
B
|
Yozma
|
Yozma
|
Matn qaysi asardan olinganini, janri va g‘oyasini to‘liq, hayotiy misollar asosida, taqqoslab, yuqori darajada tushuntirib bersa; 16-18 ball
Matn qaysi asardan olinganini, janri va g‘oyasini hayotiy misollar asosida, sezilarli darajada tushuntirib bersa; 13-15 ball
Matn qaysi asardan olinganini, janri va g‘oyasi haqida qoniqarli darajada aytib bera olsa; 8-11 ball
Matn qaysi asardan olinganini, g‘oyasi haqida ayrim tafsilotlarni bersa; 1-7 ball
O‘quvchi yuqorida tasvirlangan biror standartga yetisha olmasa
0 ball
|
|
2
|
Matn asosida berilgan garmmatik topshiriqlarni qoida asosida bajara olish
|
B
|
Yozma
|
Yozma
|
Matn asosida berilgan garmmatik topshiriqlarni qoida asosida yuqori darajada bajara olsa: 16- 18 ball
Matn asosida berilgan garmmatik topshiriqlarni
|
|
|
|
|
|
qoida asosida sezilarli darajada bajara olsa: 13- 15 ball
Matn asosida berilgan garmmatik topshiriqlarni qoida asosida qoniqarli darajada bajara olsa; 8-11 ball
Matn asosida berilgan garmmatik topshiriqlarni qoida asosida minimal darajada bajara olsa; 1-7 ball
O‘quvchi yuqorida tasvirlangan biror standartga yetisha olmaydi. 0 ball
|
3,4
|
Berilgan topshiriqqa a’lo darajada o‘z nuqtayi nazaridan kelib chiqib, hayotiy misollar bilan asoslab bera olish
|
Q
|
Yozma
|
Yozma
|
Berilgan topshiriqqa a’lo
darajada o‘z nuqtayi nazaridan kelib chiqib, hayotiy misollar bilan asoslab bersa; 18-21 ball Berilgan topshiriqqa o‘z nuqtayi nazaridan kelib chiqib, sezilarli talab darajasida izoh bersa; 14- 17 ball
Berilgan topshiriqqa qoniqarli darajada izoh bera olsa; 9-13 ball Berilgan topshiriqqa ba’zi tafsilotlar bilan minimal darajada izoh bersa; 1-8 ball O‘quvchi yuqorida tasvirlangan biror standartga yetisha
olmaydi. 0 ball
|
5
|
Berilgan topshiriqqa a’lo darajada kreativ yondashib, chuqur mulohaza yuritib, bugungi kun bilan bog‘lab misollar
keltirib bera olish
|
M
|
Yozma
|
Yozma
|
Berilgan topshiriqqa a’lo darajada kreativ yondashib, chuqur mulohaza yuritib, bugungi kun bilan
|
|
|
|
|
|
bog‘lab misollar keltirib bera olsa; 19-22 ball Berilgan topshiriqqa sezilarli darajada kreativ yondashib, bugungi kun bilan bog‘lab misollar keltirib bera olsa; 15-18 ball
Berilgan topshiriqqa qoniqarli darajada kreativ yondashib, bugungi kun bilan bog‘lab misollar keltirib bera olsa;10-14 ball Berilgan topshiriqqa minimal darajada yondashib, qisman misollar keltirib bera olsa;
1-9 ball
O‘quvchi yuqorida tasvirlangan biror standartga yetisha olmaydi; 0 ball
|
I VARIANT
….Qoraxon bechora yolg‘iz farzandini bu holda ko‘rib, yoqasini pora-pora qilib, qushnochni olib kelib qoqtirib, baxshini olib kelib boqtirib, mullani olib kelib o‘qitib, eshonni olib kelib halqa qilib qarataberdi. O‘g‘liga aslo naf qilmadi. Qoraxon podsho o‘g‘lining oldida betoqat bo‘lib:
Nega ko‘zingni ochib gapirmaysan? – deb shuncha iltijo qildi, o‘g‘li bilmadi, shu qushnochlardan bir ayyori bor edi. To‘raning vujudidan kasal topmay, ishqdan gumon qilib, podshoga aytdi:
Siz dalaga chiqib turing….
Qushnoch qirq yigitini hozir qilib, bir-ikki-uch piyola sharobni to‘raga berdi. Sharobning kayfi bilan to‘ra ko‘zini ochib qarasa, qirq yigiti yig‘lab, o‘rtaga olib o‘tiribdi. To‘ra dardini pinhon tutolmay, yigitlariga qarab bir so‘z aytib turibdi. (100 so‘z)
TOPSHIRIQLAR:
Berilgan matn qaysi asardan olingan? Asar nomi va ijrochisini hamda g‘oyasini aniqlang. (Bilish)
Matndan ifodalangan shakldosh so‘zlarni toping va leksik xususiyatini yozing.
(Bilish)
Asardagi”… Qoraxon bechora yolg‘iz farzandini bu holda ko‘rib, yoqasini pora- pora qilib, qushnochni olib kelib qoqtirib, baxshini olib kelib boqtirib, mullani olib kelib o‘qitib, eshonni olib kelib halqa qilib qarataberdi” jumlalari qaysi voqeaga ishora qiladi? (Qo‘llash)
Quyida berilgan so‘zlarning ma’nosini hozirgi o‘zbek adabiy tildagi mos varianti bilan izohlab yozing.
Qushnoch
|
|
to‘ra
|
|
boqtirmoq
|
|
pora qilmoq
|
|
qoqtirmoq
|
|
halqa qilib qaratmoq
|
|
Qoraxon o‘g‘lini dardi nimadaligini bilish uchun nega aynan shunday ”choralar” qildi? Bugungi kunimiz otalari nima qilishgan bo‘lardi? (Mulohaza)
VARIANT
…Bu so‘zlаrni Bаrchindаn eshitib... Qоrаjоn оtlаnib bоrаyotib edi. Bir kаm to‘qsоn аlp kеlаyotib edi, Qоrаjоnning оldidаn chiqib qоldi. Тo‘qsоn аlpning zo‘ri Кo‘kаldоsh turib аytdi: “O‘zbаkning qizining muhlаti bitdi. Uchrаdingmi, nimа jаvоb аytdi?” “O‘zbаkning qizigа uchrаb kеlаyotirmаn. O‘zbаkning qizining аytgаn so‘zi shul bo‘ldi: “Pоygа qilаmаn, оtini o‘zdirgаngа tеgаmаn. Кurаshdа аlplаrning bаrini yiqqаngа tеgаmаn. Yoy tоrtishsа, yoyi sinmаy qоlgаngа tеgаmаn.
Мing qаdаmdаn tаngа pulni urgаngа tеgаmаn”, — dеdi. Bul so‘zni eshitib, Кo‘kаldоsh аytdi: “O‘zbаkning qizining ko‘ngli mеndа. Pоygа bo‘lsа, o‘zib kеlmоq Кo‘kdo‘nаnning tаni. Кurаsh bo‘lsа, to‘qsоn аlpning bаrini qo‘ymаsdаn yiqmоq fаqirning tаni. Yoy tоrtishgаndа hаm mеning yoyim sinmаy qоlаdi. Мing qаdаmdаn tаngа pulni ursin dеpti, bеsh yuz qаdamdаn tаngа pulni urаmаn. (108 so‘z)
TOPSHIRIQLAR:
Berilgan matn qaysi asardan olingan? Asar janri hamda g‘oyasini aniqlang. (Bilish)
Matnda ajratib ko‘rsatilgan gapda ifodalangan ko‘p ma’noli so‘zlarning avval o‘z ma’nosini, keyin ko‘chma ma’nosini yozing. (Bilish)
Asardagi “…bir kаm to‘qsоn аlp ” deya ta’riflangan qahramonlarga tavsif
bering. Ushbu qahramonlarning asarda tutgan o‘rnini izohlang. (Qo‘llash)
Matnda ifodalanga ma’nodosh so‘zlarni topib, sinonimlari bilan birga yozing.
(Qo‘llash)
Nega Ko‘kaldosh “O‘zbаkning qizining ko‘ngli mеndа” deb o‘yladi?
(Mulohaza)
VARIANT
...Baxtiyor odam hammani o‘ziga o‘xshatadi. Ikromjon hozir shunday kayfiyatda edi. Yor-birodarlari oldida yuzi yorug‘ bo‘ldi. Vatan uchun qilgan xizmatlari oliy mukofot bilan taqdirlandi. U bu mukofotni o‘z qishlog‘ida, birga mehnat qilgan, birga ter to‘kkan jo‘ralari oldida ko‘kragiga taqdi. Hozir uning ko‘ziga boshqalar ham xuddi shunday baxtiyor, shunday shod tuyulardi. Hali majlisda qandaydir yaramas bir bola to‘g‘risida gap bo‘ldi. U yaramas bola armiyadan qochgan. Qishlog‘ini, ota-onasini xijolatga qo‘ygan. Negadir Ikromjon bunga uncha parvo qilmadi. Bu gaplarning unga mutlaqo aloqasi yo‘q. U taqdirlangan, zoye ketmagan mehnatlarining gashti bilan mast edi. Klubdan chiqqan kishilar to‘da-to‘da bo‘lib simyog‘och tagida gaplashib turishibdi. Xotin-xalaj allaqachon tarqab ketgan. Tog‘a harbiy komissarlikdan kelgan leytenant bilan pachag‘i chiqqan qora “Emka” mashinasi oldida nimanidir shivir-shivir gaplashib turibdi.(113 so‘z)
|
| |