• TOPSHIRIQLAR
  • X VARIANT
  • Tuzuvchilar: Rahimova Sabohat




    Download 491,15 Kb.
    bet7/8
    Sana27.05.2024
    Hajmi491,15 Kb.
    #254850
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    www.idum.uz 9-sinf Ona tili imtixon materiallari UZB

    IX VARIANT


    …Bolalarim, unutmangki, davlat ishida,
    Har qanday yumushning ham o‘z o‘rni bordir. Minglab xufya xizmat qilar bizga, masalan, Ammo ular tanishmagay bir-birlarini.
    Xabarlarni shoshilmasdan tinglab, o‘rganib, Barchasidan chiqargaymiz zarur xulosa.
    Yurish qilish lozim bo‘lsa yiroq ellarga Tadorigin ko‘rmoq kеrak uch-to‘rt yil avval. Siz, chunonchi, sarhadlarda yaylov tayyorlang. Yilqilarni ko‘paytiring o‘sha joylarda.
    Toki sizning horg‘in otlar yеtib borgan payt
    Tulpor bo‘lib, kishnab tursin minglab toychoqlar.
    Yov qo‘shinin tahlikaga solmoqlik uchun Tunda uning atrofida gulxanlar yoqing.
    Nеcha yuzlab miltillagan cho‘g‘larni ko‘rgach, Yog‘iy sizning lashkarlarni ko‘p dеb o‘ylagay. Shabxun dеya ataladi, tungi hujumlar.
    To‘rtta otning biqiniga shox-shabbalardan Oddiygina supurgini bog‘lab qo‘ysangiz —
    Chunon to‘zon ko‘tarilgay, dеysiz qiyomat! (103 so‘z)


    TOPSHIRIQLAR:


    1. Berilgan matn qaysi asardan olingan? Asar nomi, janri va g‘oyasini aniqlang.(Bilish)




    1. Matnda yordamchi so‘z turkumlarining qanday turlari ishtirok etgan? (Bilish)




    1. Yuqorida berilgan parcha asarning qaysi qahramoni nutqidan olingan? Asarda ushbu qahramonning tutgan o‘rnini izohlang. (Qo‘llash)




    1. Ajratib ko‘rsatilgan gapda tinish belgilarining ishlatilish sababini izohlang.(Qo‘llash)




    1. Asarda Amir Tеmurning: “Bizning uchun ulkan zamin Shatranj taxtasi”, —

    dеgan iqrorida, sizningcha, afsus ko‘pmi, iftixor? (Mulohaza)

    X VARIANT


    …Rivoyatga ko‘ra, o‘tgan zamonlarda Sario‘zakni bosib olgan jungjanglar asirga tushgan jangchilarga nisbatan behad shafqatsizlik qilishar ekanlar. Ular kezi kelib bunday tutqunlarni qo‘shni o‘lkalarga qul qilib sotib yuborishar ekan. Bu tutqunning omadi kelgan hisoblanar ekan. Chunki sotib yuborilgan qul ertami- kechmi, bir kuni o‘z vataniga qochib ketishi mumkin ekan-da. Jungjanglarning qo‘l ostida tutqun bo‘lib qolganlarning esa sho‘ri qurir ekan. Ular mahkumning boshiga teri qalpoq tortish yo‘li bilan dahshatli bir tarzda qiynab, uning xotirasini yo‘qotar ekanlar. Odatda bunday jazoga jangda asir tushgan yosh yigitlar giriftor bo‘lishardi. Avvaliga jungjanglar tutqunning sochini dastlab o‘ngidan, so‘ngra teskarisidan taqir qirib tashlashadi. Sartaroshlik marosimi tugagach, jungjanglarning chapdast qassoblari kattakon bir tuyani so‘yib, terisini shila boshlaydilar… (107 so‘z)

    Download 491,15 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 491,15 Kb.