• TOPSHIRIQLAR
  • Tuzuvchilar: Rahimova Sabohat




    Download 491,15 Kb.
    bet6/8
    Sana27.05.2024
    Hajmi491,15 Kb.
    #254850
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    www.idum.uz 9-sinf Ona tili imtixon materiallari UZB



    VIII VARIANT


    …Husayn Boyqaro bir daqiqa taradduddan so‘ng atrofdagi yigitlarga o‘qraygan ko‘zlarini yuritdi-da, shoirga ijozat berdi. Navoiy qilichini qinidan sug‘urdi (qilichning birinchi va so‘nggi marta sug‘urilishi edi!), dadillik bilan odim otib ketdi. Lekin u tepaga ko‘plar mo‘ljallagan yo‘ldan emas, boshqa yo‘ldan chiqa boshladi. Shu vaqtda kimdir bir dasta shamni yoqib, baland ko‘tardi. Hammaning
    ko‘zi qilichini hassa kabi yerga qadab, tepaga ko‘tarilayotgan shoirda edi. Uning ko‘lankasi ko‘zdan g‘oyib bo‘lar-bo‘lmas, navkari Boboali orqadan qilich yalang‘ochlab yugurdi. Dam o‘tmay, o‘nlab yigitlar qo‘rg‘onga hujum qilganday, shijoat va ildamlik bilan shoir chiqqan yo‘ldan tepaga otilishdi…
    Navoiy boshliq Boboali va bir dasta yigitlar Mirzo Yodgorni sudrashib, tepadan tushishdi-da, Husayn Boyqaroning oti oyog‘i ostiga tashladilar. (105 so‘z)


    TOPSHIRIQLAR:


    1. Berilgan matn qaysi asardan olingan? Asar nomi, janri va g‘oyasini aniqlang. (Bilish)




    1. Matnda ajratib ko‘rsatilgan so‘zning omonim va sinonimlarini yozing hamda ma’nolarini izohlang. (Bilish)




    1. Matnda berilgan 1-gap tarkibidagi so‘zlar turkumini aniqlab yozing va gapdagi sintaktik vazifasini belgilang. (Qo‘llash)




    1. Shuncha ish ko‘rgan jangchilar botinmagan ishga shoirning dadillik bilan kirishgani sababini izohlang. Shoirning harbiy ishdan xabardorlik darajasiga baho bering. (Qo‘llash)




    1. Asarda shoirning o‘z ilmida kamchiliklar borligi to‘g‘risida gapirishini qanday izohlaysiz? Mulohaza qiling. (Mulohaza)




    Download 491,15 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 491,15 Kb.