• . Elektrolitik dissotsiyalanish nazariyasi.
  • III BoB Metallmaslar .Uglerod guruhi.
  • Tuzuvchilar: S. Xasanova- toshkent shahar Chilonzor tumani 217- maktabning kimyo fani o’qituvchisi N. Azimova




    Download 459.08 Kb.
    bet2/8
    Sana04.11.2022
    Hajmi459.08 Kb.
    #29015
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Nazorat ishi kitob 7-11(1)(1)
    O‘RQ-518 06.02.2019, N. ismatova, O. Karimova davlat va huquq asoslari, Ikkinchi va uchinchi tartibli determinantlar. Determinantlarni h, Ismatullayev Samandar MB-2 (1), madaminovamubina, 1 labaratoriya zamonaviy, 1678966370, Statistika (1), 3af246d441c8e9fcca40daa88bc92858, 001 1mavzu 2 kurs adabiyot, gggggg, axborot, озода, М А Ъ Л У М О Т Н О М А
    II-variant
    1.200gr 10%li osh tuzinig eritmasiga 100gr suv qo’shildi.Hosil bo’lgan eritmaning (%)konsentratsiyasini hisoblang.
    2.4l o’yuvchi natriy NaOH eritmasida 80gr NaOH bor.Shu eritmaning molyar konsentratsiyasini toping.
    3.Tuzning 250c da to’yingan 220gr eritmasida 20gr tuz bo’lsa,shu tuzning eruvchanlik koeffitsiyentini aniqlang.
    Kompetentlikni aniqlash uchun materiallar:
    4.Ayollarimiz ishlatadigan tilla buyumlar eritmaning qanday turiga misol bo’la oladi?
    5.Suv havzalarini tozaligini saqlash uchun qanday takliflar bera olasiz?
    7-Nazorat ishi.
    Mavzu: Kislotalar, tuzlar mavzularini mustahkamlash.
    Nazorat shakli:Test
    1.Kislotalarning umumiy formulasi berilgan qatorni toping.
    A)H2K B)H2S S)H3N D)H2O
    2.Kislotalar tarkibidagi kislorodiga ko’ra nechaga bo’linadi?
    A)3ga:kislorodli, kislorodsiz, aralash. S)3ga:asosli, kislorodli, kislorodsiz.
    B)2ga:kislorodli, kislorodsiz. D)to’g’ri javob yo’q
    3.Qaysi holatda sulfat kislotani suyultirish to’g’ri berilgan?
    A) B) S) D) A va B
    4.Oshqozon shirasi tarkibidagi kislotani aniqlang.
    A) H2SO4 B) HCl S) H2S D)HNO3
    5.Fenolftalein kislotalar eritmalarini qanday rangga bo’yaydi?
    A)ko’k B) qizil S)rangsiz D)yashil
    6.Qattiq kislotalar berilgan qatorni toping.
    A) H3PO4 , HCl B) HCl, H2S S)H3PO4,H3BO3 D)HNO3, H2SO4
    7.Sulfat kislotaning ekvivalenti nechaga teng?
    A)32,7g/ekv B)49g/ekv S)98g/ekv D)63g/ekv
    8.Qaysi elementlar kislotalardan vodorodni siqib chiqara olmaydi?
    A)Cu, Ag B)Hg,Au S)Pt,Ag D)barcha javoblar to’g’ri
    9.,,Tutovchi’’ kislotalar berilgan qatorni toping.
    A) HNO3, HCl B) HCl, H2S S) H3PO4,H3BO3 D) HNO3, H2SO4
    10.O’rta tuz brilgan qatorni toping.
    A)NaCl B)KHSO4 S)KAl(SO4)2 D)K3[Fe(CN) 2]
    11.NaHCO3 qaysi tuz turiga kiradi?
    A)kompleks tuz B)nordon tuz S)asosli tuz D)qo’sh tuz
    12.Qaysi tuz tibbiyotda fiziologik eritma sifatida ishlatiladi?
    A)KCl B)NaCl S)CaCO3 D)K2SO4
    13.Marmar qaysi konlardan qazib olinadi?
    A)Oqqal’a, Qizilqum B)Nurota va G’azg’on S)Tubokent, Borsakelmas D)Qoraqat,Qizilqum
    14.2gr KOH tutgan eritmani neytrallash uchun necha mol xlorid kislota kerak?
    A)0.05mol B)0.02mol S)0,036mol D)0,1mol
    15.Quyidagi kislotalarning qaysi birida kislota hosil qilgan element ning valentligi IV gat eng?
    A) H2SO4 B) H2SO3 S) HNO3 D)H4P2O7
    16.5gr CaCO3 qizdirilganda necha gr CaO olinadi?
    17.H2SO4 ning struktura formulasini yozing.
    Kompetentlikni aniqlash uchun materiallar:
    18. Qanday tuzlar haqida eshitgansiz?
    19.Qanday kislotalarni kundalik hayotda nima maqsadda ishlatamiz?
    8-Nazorat ishi.
    Mavzu:Anorganik birikmalarning eng muhim sinflariga oid bilimlarni umumlashtirish.
    Nazorat shakli: Tajribaviy masalalar yechish.
    I-variant
    Tajriba.50gr 10% li NaCl eritmasini tayyorlash.
    Bunda eritmani tayyorlash uchun kerak bo’ladigan tuz va suvning massasini hisoblab toping. So’ngra texnik tarozida tuzni o’lchab olib, stakanga soling, ustiga kerakli suvni menzurkada o’chab olib quying, so’ngra shisha tayoqcha yordamida yaxshilab aralashtiring. Hosil qilgan eritmangizni o’qituvchi bergan idishga quyib, eritmaning nomini va konsentratsiyasini yozib qo’ying.
    Kompetentlikni aniqlash uchun materiallar:
    O’zingiz kundalik turmushda qanday eritmalarni tayorlagansiz?
    II-variant
    Tajriba. Neytrallanish reaksiyasi.
    Chinni kosachaga 3ml kaliy ishqori eritmasidan quying.unga lakmus qog’ozini botiring va eritmaning rangiga e’tibor bering. Eritmadan lakmus qog’ozini olib, ustiga tomchilatib sulfat kislota eritmasidan quying hamda shisha tayoqcha yordamida doimo aralashtirib turing. Hosil bo’lgan aralashmani spirt lampasi yordamida qizdiring va suv bug’lanib bo’lgach, tuzni ko’zdan kechiring. Reaksiya tenglamasini va tajriba xulosalarini yozing.
    Kompetentlikni aniqlash uchun materiallar:
    Yana qanday neytrallanish reaksiyalarini bilasiz?
    Kimyo fanidan 8-sinflar uchun taqvim mavzu reja
    (haftasiga 2 soatdan jami 68 soat)

    darslar

    Bo’lim va mavzular

    Soati




    I BOB. 7-Sinf Kimyo Kursining Asosiy Tushunchalarini Takrorlash
    (2 soat)

    1

    1-dars

    Dastlabki kimyoviy tushunchalar va qonunlar.

    1

    2-dars

    Valentlik, molyar hajm, gazlarning zichligi,eritmalar, oksid, asos, kislota, tuzlar xossalari, ekvivalentlik qonunlariga doir masala, mashqlar bajarish

    1





    II BOB. DAVRIY QONUN VA DAVRIY JADVAL. ATOM TUZILIShI
    (15 soat)

    1

    3-dars

    Kimyoviy elementlarning dastlabki toifalanishi.

    1

    4-dars

    Kimyoviy elementlarning tabiiy oilalari Laboratoriya tajribasi. Rux gidroksid (yoki aluminiy gidroksid) olish, unga kislota va ishqor eritmalarining ta’sirini o‘rganish.



    1


    5-dars

    Kimyoviy elementlarning davriy qonuni

    1


    6-dars

    Kimyoviy elementlar davriy sistemasi.

    1

    7-dars

    Nazorat ishi -1

    1

    8-dars

    Xatolar ustida ishlash. Masala, mashq va testlar yechish.

    1

    9-dars

    Atomlarning yadro tarkibi

    1

    10-dars

    Atom elektron qavatlarining tuzilishi.

    1

    11-dars

    Izotoplar. Izobarlar

    1

    12-dars

    Atom elektron qavatlarning tuzilishi.

    1

    13-dars

    Energetik pog’onachalar.

    1

    14-dars

    Masalalar yechish.

    1

    15-dars

    Kichik davrdagi elementlarning atom tuzilishi

    1


    16-dars

    Katta davrdagi elementlarning atom tuzilishi

    1

    17-dars

    Elementlarning davriy jadvalidagi o‘rni va atom tuzilishiga qarab tavsiflash. Davriy qonuni va davriy jadvalining ahamiyati.

    1

    18-dars

    Nazorat ishi -2

    1

    19-dars

    Xatolar ustida ishlash. Masala, mashq va testlar yechish

    1




    III BOB KIMYOVIY BOG‘LANIShLAR (7 soat)

    1

    20-dars

    Kimyoviy elementlarning nisbiy elektromanfiyligi.

    1

    21-dars

    Kimyoviy bog‘lanish turlari. Qutbli va qutbsiz kovalent bog‘lanish

    1

    22-dars

    Ionli bog‘lanish

    1

    23-dars

    Donor-akseptor bog‘lanish .

    1

    24-dars

    Kristall panjaralar

    1

    25-dars

    Nazorat ishi -3



    1

    26-dars

    Xatolar ustida ishlash. Masala, mashq va testlar yechish.

    1

    27-dars

    Elementlarning oksidlanish .

    1

    28-dars

    Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari

    1

    29-dars

    Oksidlanish va qaytarilish reaksiyalari tenglamalarini tuzish.

    1

    30-dars

    Nazorat ishi -4

    1

    31-dars

    Xatolar ustida ishlash. Masala, mashq va testlar yechish.

    1




    Oksidlanish-qaytarilish mavzusiga doir masalalar yechish.

    1




    IV BOB Metallmaslar.(8 soat)

    1

    32-dars

    Metallmaslarning kimyoviy elementlar davriy sistemasida tutgan o‘rni, atom tuzilishi, umumiy xossalari

    1

    33-dars

    Galogenlarning kimyoviy elementlar Davriy sistemasida joylashgan o‘rni. Atom tuzilishi

    1

    34-dars

    Xlor.

    1

    35-dars

    Vodorod xlorid .

    1

    36-dars

    Avagadro qonuni .Molyar hajm.

    1

    37-dars

    Ekvivalentlar qonuni.

    1

    38-dars

    Xlorid kislota.

    1

    39-dars

    Ftor, brom, yod

    1

    40-dars

    Nazorat ishi -5

    1

    41-dars

    Xatolar ustida ishlash. Masala, mashq va testlar yechish.

    1


    42-dars

    Amaliy mashg‘ulot “Galogenlar” mavzusiga oid tajribaviy masalalar yechish

    1




    V BOB OLTINChI GURUH BOSh GURUHChASI ELEMENTLARIGA UMUMIY TAVSIF (9 soat)

    1

    43-dars

    Kislorod gruppachasi elementlari. Oltingugurt .

    1

    44-dars

    Oltingugurtning vodorodli birikmalari .

    1

    45-dars

    Oltingugurtning kislorodli birikmalari .

    1


    46-dars

    Sulfat kislota .

    1

    47-dars

    Kimyoviy reaksiya tezligi.

    1

    48-dars

    Kimyoviy muvozanat.
    Amaliy mashg‘ulot “Oltingugurt va uning birikmalari” mavzusi bo‘yicha tajribaviy masalalar yechish.

    1

    49-dars

    Sanoatda sulfat kislota ishlab chiqarish

    1

    50-dars

    Nazorat ishi- 6

    1


    51-dars

    Xatolar ustida ishlash. Masala va mashqlar yechish

    1




    VII BOB. AZOT GURUHChASI
    Azot (6 soat)

    1

    52-dars

    Azot guruhchasi elementlari.

    1

    53-dars

    Azotning vodorodli birikmalari

    1

    54-dars

    Amaliy mashg‘ulot. Ammiak olish va u bilan tajribalar o‘tkazish. Ammiakning suvdagi eritmasi xossalari bilan tanishish.

    1

    55-dars

    Azotning kislorodli birikmalari

    1

    56-dars

    Nitrat kislota

    1

    57-dars

    Eng muhim nitrat tuzlarining parchalanishi.

    1

    58-dars

    Nazorat ishi-7

    1

    59-dars

    Xatolar ustida ishlash.Masala va mashqlar yechish

    1




    Fosfor (5soat )

    1

    60-dars

    Fosfor .

    1

    61-dars

    Fosforning kislorodli birikmalari

    1

    62-dars

    Ortofosfat kislota tuzlari.

    1

    63-dars

    Amaliy mashg‘ulot. Azot guruhchasi elementlariga oid tajribali masalalar yechish

    1

    64-dars

    Mineral o‘g‘itlar. Mineral o‘g‘itlarning qishloq xo‘jaligida ishlatilishi .

    1

    65-dars

    Asosiy mineral o‘g‘itlar .

    1

    66-dars

    Biogen elementlar va ularning tirik organizmlardagi ahamiyati

    1

    67-dars

    Nazorati ishi-8

    1

    68-dars

    Amaliy mashg‘ulot.
    Mineral o‘g‘itlarni aniqlash.



    1

    1-Nazorat ishi.


    Mavzu: Dastlabki kimyoviy tushunchalar va qonunlar. Valentlik, molyar hajm, gazlarning zichligi, eritmalar, oksid, asos, kislota, tuzlar xossalari, ekvivalentlik qonunlariga doir masala, mashqlar bajarish. Kimyoviy elementlarning dastlabki toifalanishi. Kimyoviy elementlarning davriy qonuni.
    Nazorat shakli: Test.
    1.1m.a.b. nechaga teng?
    A)1,66•1024g B)1,66•10-27kg S)1,66•10-22kg D)19,93•1023g
    2.12gr uglerodda qancha atom bor?
    A)15,05•1023 B)6,02•1023 S)3,01•1023 D)12,04•1023
    3.Molar hajm-------
    A)Bir xil sharoitdagi gazlarning hajmi.
    B)Bug’ holatdagi moddaning va har qanday gazning 1moli n.sh.da 22,4l hajmni egallaydi.
    S)Bug’ holatdagi gazning hajmi.
    D)Massalari bir xil bo’lgan moddalarning hajmi.
    4.H3PO4dagi kislotaning ekvivalentini aniqlang.
    A)32,2g/ekv B)32,67g/ekv S)49g/ekv D)24,4g/ekv
    5.Lavuazye va Laplas qonuni berilgan qatorni toping.
    A)Oddiy moddadan 1mol murakkab moddani hosil bo’lishida ajralib chiqadigan yoki yutiladigan issiqlik miqdori.
    B)Reaksiyaning issiqlik effekti boshlang’ich moddalar bilan hosil bo’lgan mahsulotlarning tabiatiga bog’liq bo’lib, reaksiyaning oraliq bosqichlariga bog’liq emas.
    S)Har qanday murakkab moddaning oddiy moddalarga qadar parchalanish issiqligi uning hosil bo’lish issiqligiga teng bo’lib,ishorasi qarama-qarshi tarzda ifodalanadi.
    D)Kimyoviy doimo issiqlik yutiladi.
    6.Betaraf oksidlar (yoki tuz hosil qilmaydigan)berilgan qatorni toping.
    A)CO,NO,N2O B)P2O5,NO, SO
    S)Al2O3, N2O,CaO D)P2O5,N2O,CO
    7.vodorodga nisbatan zichligi 32 bo’lgan gazning kislorodga nisbatan zichligini toping.
    A)4 B)16 S)2 D)64
    8.0,05mol CaO tarkibida nechta kalsiy atomi bor?
    A)3,01•1023 B)3,01•1022 S)6,02 •1022 D)15,05 •1023
    9.XIX –asrning 60-yillarida nechta kimyoviy element bo’lgan?
    A)30 B)118 S)63 D)45
    10.Tipik metallar gidroksidlari qanday xususiyatga ega?
    A)kislota B)amfoter S)asos D) asos va kislota
    11.Zn(OH)+NaOH=…………………………….+H2O
    A)Zn(OH)2 B)Na2ZnO2 S)NaZn(OH)2 D)Na4ZnO2
    12 . Cr 2O3 qanday xususiyatni namoyon qiladi?
    A)amfoter B)kislota S)asos D)asos va kislota
    13.Metallarning vodorodli birikmasi nima deyiladi?
    A)kislota B)tuz S) gidrid D)gidroksid
    14.Triadalar nazariyasini kim yaratgan?
    A)J.Nyulends B)Be.de Shankurtua
    S)N.L Meyer D)Debereyner
    15.Chapdan o’ngga tomon metallmaslik xossasi…………..
    A)kamayadi B)ortadi
    S)o’zgarmaydi D)avval ortadi keyin kamayadi
    16.Tarkibida 32gr CuSO4bo’lgan eritmaga 5,6 gr Fe qipig’I solindi.Bunda qancha mis ajralib chiqadi?
    17.1,5•1022 ta molekulasi 0,8 gr massaga ega bu qaysi gaz ekanligini aniqlang?
    Kompetentlikni aniqlash uchun materiallar:
    18.Kundalik turmushda ishlatiladigan qanday metallarni bilasiz?
    19.O’zbek kimyogar olimlarimizni qaysilarini ishlari haqida eshitgansiz?
    20. Kundalik turmushda ishlatiladigan qanday kislotalarni bilasiz?
    2-Nazorat ishi.
    Mavzu: Atomlarning yadro tarkibi. Izotoplar. Izobarlar .Atom elektron qavatlarining tuzilishi. Energetik pog‘onachalar. Kimyoviy elementlarning davriy jadvali. Kichik davrdagi elementlarning atom tuzilishi. Katta davrdagi elementlarning atom tuzilishi.Elementlarning davriy jadvalidagi o‘rni va atom tuzilishiga qarab tavsiflash. Davriy qonun va davriy qonunning ahamiyati.
    Nazorat shakli:Yozma ish.
    I-variant.
    1.Ca elementining necha %ini plar tashkil etadi?
    2. quyidagi rasmdan foydalanib xlorning o’rtacha molekulyar massasini toping.
    3.Tartib raqami 15 bo’lgan elementning electron konfiguratsiyasini yozing
    Kompetentlikni aniqlash uchun materiallar:
    4.Inson organizmida uchraydigan qanday elementlarni bilasiz?
    5.Siz eng ko’p eshitgan elementlar qaysi pog’onachaga kiradi?
    II-variant
    1. quyidagi rasmdan foydalanib xromning o’rtacha molekulyar massasini toping.

    2.Tartib raqami 20 bo’lgan elementning electron konfiguratsiyasini yozing.


    3.2,25gr Na2O dagi atomlar soni nechta?
    Kompetentlikni aniqlash uchun materiallar:
    4.Dorivor o’simliklarda qanday elementlar uchrashini eshitgansiz?
    5.Biz kundalik turmushimizda iste’mol qiladigan tuzimizni necha % ini Na elementi tashkil etadi?
    3-Nazorat ishi.
    Mavzu: Kimyoviy bog‘lanishlar. Kimyoviy elementlarning nisbiy elektromanfiyligi. Kimyoviy bog‘lanish turlari. Qutbli va qutbsiz kovalent bog‘lanish. Ionli bog‘lanish .Donor-akseptor bog‘lanish. Kristall panjaralar
    Nazorat shakli:Test
    1. NH4+ ushbu ionda donor qaysi element?
    A)azot B)vodorod S)donor- akseptor bog’ yo’q D)A va B
    2.Fosforning yuqori oksidlanish darajasi nechaga teng?
    A)+6 B)+5 S)+3 D)+7
    3.Elektron konfiguratsiyasi 1s2 /2s2 2p6/ 3s2 bo’lgan elementni aniqlang.
    A)Kaliy B)magniy S)kalsiy D)stronsiy
    4.Ushbu rasmda qaysi elementni atom tuzilish modeli keltirilgan?

    A)Li B)Be S)B D)C
    5.Elektromanfiylik qiymatlari bir xil bo’lgan element atomlaridan iborat moddalarni toping.
    A)H2,NaCl B)H2,O2 S)N2O,HCl D)H2O, HCl
    6.Kovalent bog’lanishni nechta turi bor?
    A)2ta:ion va metal. S)2ta:donor-akseptor, qutbli.
    B)2ta:qutbli va qutbsiz. D)3ta:metal, donor-akseptor, qutbli
    7.Donor-akseptor bog’lanishli moddalar berilgan qatorni toping.
    A)NH4+,H 2O B) NH4+,H 3O+ S)NH3, NH4+ D) H 2O , NH3
    8.Atom kristall panjaralar berilgan qatorni toping.
    A)NaCl,KNO3 B)olmos, grafit S)Na,Mg D)CO,H2O
    9.Osh tuzini kristall tuzilishi qanday?
    A)tetraedr B)to’rtburchak S)kubsimon D)aylana
    10.Cr atomini d-pog’onasida nechta bo’sh orbital bor?
    A)1ta B)bo’sh orbital yo’q S)2ta D)3ta
    11.Fosforning nisbiy atom massasi 31ga teng uning tartib raqami 15 ekanligini bilgan holda, fosfor atomi yadrosidagi neytronlar sonini toping.
    A)15 B)16 S)17 D)20
    12. Alyuminiy gidrofosfatning grafik formulasidagi δ- va π bog’lar sonini toping:
    A)21 va3 B)18 va 6 C)15va9 D)21 va 6
    13. Ion bog’lanishga ega bo’lgan oksidlarni tanlang.
    1. xlor (V) oksid 2. oltingugurt (VI) oksid 3. xrom (III) oksid 4. seziy oksid 5. fosfor (V) oksid 6. kalsiy oksid
    A) 1,4,6 B) 2,4,6 C) 3,4,6 D) 4,5,6
    14.Elektromanfiylik tushunchasini fanga kiritgan olim kim?
    A)L.Poling B)E.Rezerford S)Bekkeril D)Lavuaze
    15.Elektromanfiyligi eng katta bo’lgan element qaysi?
    A)Li B)P S)F D)Ca
    16. qaysi kimyoviy bog’lanish aks etgan?
    17.Ca 2+ ioning electron konfiguratsiyasini yozing.
    Kompetentlikni aniqlash uchun materiallar:
    18.Biz eng ko’p uchratadigan qum, olmos, suv kristall panjarani qanday turlariga kiradi?
    19.O’zingiz biladigan moddalarni kimyoviy bog’lanishni qanday turiga kirishini ayting.
    20.Bizning yurtimizda qanday zavodlar zaharli nurlar yoki gazlar chiqaradi?
    4-Nazorat ishi.
    Mavzu: Elementlarning oksidlanish darajasi. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari. Oksidlanish va qaytarilish reaksiyalari tenglamalarini tuzish.
    Nazorat shakli:Yozma ish.
    I-variant.
    1.H2SO4, AlPO4, NaCl ushbu moddalardagi barcha elementlarni oksidlanish darajalarini yozing.
    2. Quyidagi reaksiya tenglamasini electron –balans usulida tenglashtiring.
    Cu+HNO3(suyl)=Cu(NO3)2+NO+H2 O
    3.Mn+2oksidlanish darajasidan Mn+5 oksidlanish darajasiga o’tganda (Mn+2→Mn+5) electron beradimi? Yoki oladimi?Qanday xususiyatni namoyon qiladi?
    4.Oksidlanish darajasi nima?
    Kompitentlikni aniqlash uchun materiallar:
    5. Nafas olish jarayonimiz oksidlanish qaytarilish reaksiyasining qaysi turiga kiradi? Reaksiya tenglamasi asosida tushuntiring.
    II-variant.
    1.Quyidagi reaksiya tenglamasini electron –balans usulida tenglashtiring.
    Cu+H2SO4(kons)=Cu(SO4)2+SO2+ H2 O
    2.H3PO4,CuSO4,CaCO3 ushbu moddalardagi barcha elementlarni oksidlanish darajalarini yozing.
    3.P+5oksidlanish darajasidan P+3 oksidlanish darajasiga o’tganda(P+5→P+3) electron beradimi? Yoki oladimi? Qanday xususiyatni namoyon qiladi?
    4.3,2gr Cu suyltirilgan nitrat kislota bilan reaksiyaga kirishganda necha (n.sh.da)litr gaz ajraladi?
    Kompetentlikni aniqlash uchun materiallar:
    5.O’simliklar bargida kechadigan fotosintez reaksiyasi oksidlanish –qaytarilish reaksiyasini qaysi turiga kiradi? Reaksiya tenglamasi asosida tushuntiring.
    5-Nazorat ishi.
    Mavzu: Galogenlar mavzusini umumlashtirish.
    Nazorat shakli:Masala yechish.

    I-variant
    1.Cl atomining electron konfiguratsiyasini yozing.
    2.2,45gr KBr tarkibidagi Br ni to’liq siqib chiqarishi uchun (n.sh.da)o’lchangan necha l xlor kerak?
    3.HBr ning He ga nisbatan zichligini toping.
    4.122,5 gr Bertoli tuzidan necha mol kislorod olish mumkin?
    Kompetentlikni aniqlash uchun materiallar:
    5.Asab kasaliklarida, uyqusizlikda shifokor tomonidan berilgan dorilar tarkibida galogenlardan qaysi biri uchraydi?
    II-variant.
    1.Br atomining elektron konfiguratsiyasini yozing.
    2.125gr Bertoli tuzi olish uchun (n.sh.da)necha l xlor gazi kerak?
    3.HCl ning havoga nisbatan zichligini toping.
    4. 4%li 4kg KJ eritmasidan yodni batamom chiqib ketishi uchun qancha (n.sh.da) l o’lchangan xlor kerak?
    Kompetentlikni aniqlash uchun materiallar:
    5.Galogenlardan qaysilari haqida tibbiyotda ishlatilishini ko’rgansiz yoki eshitgansiz?
    6-Nazorat ishi.
    Mavzu:Kislorod gruppachasi elementlari mavzusini umumlashtirish.
    Nazorat shakli.Test
    1.H2SO4dagi S ning oksidlanish darajasini toping.
    A)+4 B)+2 S)+6 D)+8
    2.Gipsning formulasi berilgan qatorni toping.
    A)CaSO4*2H2O B)CaSO4*0,5H2O S)MgSO4*2H2O D)Na2SO4*10H2O
    3.Flotatsiya─
    A)Qattiq jismlarni gaz sirtida qalqib turishi
    B)Qattiq jismlarni suyuqlik sirtida qalqib turishi
    S)Suyuq moddalar gaz sirtida qalqib turishi
    D)Qattiq moddalarni suv yuzasida qalqib turishi
    4.Oltingugurtning oksidlovchilik xossalarini namoyon etgan reaksiyani toping.
    A)S+O2=SO2 B)H2+S=H2S S)Na+S=Na2S D)B va S
    5.40gr SO2 olish uchun necha (n.sh.da) l havo kerak? (havo tarkibida kislorod 21%).
    A)66,7 l B)122,7 l S)60l D)22,4 l
    6.H2SO4ning zichligi berilgan qatorni toping.
    A)1,54g/l B)1,84g/sm3 S)1g/ml D)1,64g/ml
    7.Katalizator nima?
    A)Kimyoviy reaksiyani sekinlashtiradi lekin o’zi sarf bo’lmaydigan reaksiyalar.
    B) Kimyoviy reaksiyani tezlashtiradi lekin o’zi sarf bo’lmaydigan reaksiyalar.
    S) Kimyoviy reaksiyani tezlashtiradi o’zi ham sarf bo’ladigan reaksiyalar.
    D)Kimyoviy reaksiyada ishtirok etib,reaksiyani sekinlashtiradigan moddalar.
    8.2NO+O2→NO2+Q reaksiyada harorat pasayganda muvozanat qaysi tomonga siljiydi?
    A)chapga B)o’ngga S)siljimaydi D)avval o’ngga so’ngra chapga
    9.Veterinariyada va tibbiyotda ishlatiladigan modda berilgan qatorni toping.
    A)Na2SO4 B) Na2SO4 *10H2O S)Na2CO3 D)NaHPO4
    10.H2S 1l suvda necha gr eriydi?
    A)3,85gr B)2,5gr S)3,5gr D)3,8gr
    11.Kislorodning oksidlanish darajasi +2 bo’lgan birikmani toping.
    A)H2O B)H2O2 S)F2O D)Na2O
    12.H2S qaysi modda bilan cho’kma hosil qiladi?
    A)AgNO3 B)Pb(NO3)2 S)KNO3 D)Ca(NO3)2
    13.Oltingugurtning allotropiyalari berilgan qatorni toping.
    A)rombik, monoklinik, plastic B)rombik,olmos,ozon
    S)plastic,rombik, ozon D)rombik, monoklinik, fullerin.
    14.SO2 sanoatda qanday usulda olinadi?
    A)ZnS+O2= B)Na2SO3+HCl= S)FeS2+O2= D)A va S
    15.Reaksiyaning tezlik koeffitsiyenti 3 ga teng reaksiya temperaturasi 300c dan 700c ga ko’tarilganda reaksiya tezligi necha marta ortadi?
    A)9marta B)81marta S)27marta D)3marta
    16.Konsentrlangan sulfat kislota 13gr rux bilan o’zaro ta’sirlashganda qancha hajm (n.sh.da) l gaz ajraladi?
    17.Kimyoviy reaksiya tezligiga ta’sir etuvchi omillar qaysilar?
    18.Quyidagi o’zgarishlarni amalga oshiruvchi reaksiya tenglamalarini yozing.
    S→H2S→S→SO2→SO3→H2SO4
    Kompetentlikni aniqlash uchun materiallar:
    19.Kundalik turmushda oltingugurtning nima maqsadda ishlatilganini ko’rgansiz yoki ehitgansiz?
    20.Hayotimiz davomida qanday reaksiyalar tez qanday reaksiyalar sekin borgani ma’qul deb o’ylaysiz?

    7-Nazorat ishi.
    Mavzu: Azotm grupachasi mavzusini umumlashtirish.
    Nazorat shakli: Masala yechish.
    I-variant.
    1.Azotning elektron formulasini yozing.
    2.HNO3 dagi azotning oksidlanish darajasi va valentligini yozing.
    3. 12,6 gr nitrat kislota olish uchun necha gr azot (IV)-oksid zarur?
    Kompetentlikni aniqlash uchun materiallar:
    4.Turmushda siz uchratgan yoki eshitgan 2 ta azotli birikmani yozing va undagi azotni % toping.
    5.Laborotoriya sharoitida ammiak olish tenglamasini yozib bering.
    II-variant.
    1.90 g suvda 6 g natriy nitrat eritildi. Hosil bo‘lgan eritmaning
    foiz konsentratsiyasini aniqlang.
    2.Azot qanday oksidlanish darajalarini nomoyon qiladi?
    3. Azotni oxirgi elektronini 4ta kvant sonlarda ifodalang.
    Kompetentlikni aniqlash uchun materiallar:
    4.40% li nitrat kislota eritmasini tayyorlash uchun suv va nitrat kislota qanday massa nisbatda aralashtirish kerak?
    5.Ammiakdagi elementlarni atomlar % toping.
    8-Nazorat ishi.
    Mavzu:Fosfor va mineral o’g’itlar mavzularini mustahkamlash.
    Nazorat shakli:Test.
    1. Fosfor……… oksidlanish darajalarini namoyon qiladi.
    A) -3, 0, +3, +5 B) -3, 0,+5 S) ) 0, +3, +5 D) -3, 0, +3, +7
    2. Odam va hayvonlarning suyaklarining anorganik tarkibiy qismi
    asosan qaysi modda tashkil etadi?
    A)CaCl2 B) Ca3(PO4)2 S)CaCO3 D)Ca3P2
    3.Oq fosforni kristall panjara turi?
    A)ion B)molekulyar S)metal D)Atom
    4.
    quyida berilgan tuzilish qaysi fosfor allotropiyasiga tegishli?
    A)qizil B)oq S)qora D)A va B
    5. HPO3 + H2O = reaksiya natijasida qanday mahsulot hosil bo’ladi?
    A) H3PO4 B) HPO3 S)H3PO3 D)H4P2O7
    6.Kalsiy digidrofosfat berilgan qatorni toping.
    A)CaHPO4 B)CaH2PO4 S) Ca(H2PO4)2 D)Ca3(PO4)2
    7.9,8gr fosfat kislotadagi vodorod atomlar soni nechta?
    A)1,806*1023 B)18,06*1023 S)6,02*1023 D)12,04*1023
    8. Fosforni qaysi akademik “Hayot va tafakkur elementi” deb atagan?
    A)A.M.Butlerov B) A.Yu.Fersman S)Lavuazye D) Yu.Libix
    9. Makroelementlar keltirilgan qatorni toping.
    A)C, O, H, N, P, S, Mg, K, S B) C, O, H, N, P, S, Mg, K, Ca
    S) Fe, Mn, B, Cu, Zn, Mo, Co D) Fe, Mn, B, Cu, Zn, Mo, K
    10. O‘simliklarda azot etishmagandaqnday holatlar kuzatiladi?
    1)barglari och-yashil bo‘lib qoladi. 2) barglari sarg‘ayib ketadi. 3)Fotosintez jarayoni buziladi. 4)o‘simliklarning hosildorligini keskin kamaytirib yuboradi.
    A)1,3,4 B)1,2,3,4 S)1,2,4 D)2,3,4
    11.Karbamid (mochevina)formulasi berilgan qatorni toping.
    A) CO(NH2)2 B) (NH4)2SO4 S) NH4NO3 D)KNO3
    12. Tarkibida 75% kaliy xlorid bo‘lgan 2 t kaliyli o‘g‘itdagi ozuqa
    modda miqdorini hisoblab toping.
    A)473,3kg B)6,649kg S)946,6kg D)1000kg
    13. ….. – tirik organizmlarda siydik hosil bo‘lishida asosiy elementdir.
    A)Ca B) Mn S)Co D)Zn
    14. Co qanday ahamiyatga ega?
    A) gemoglobin sintezlanishida B) DNK va aminokislotalar almashinuvida S)uzum hosildorligini oshirishda D) barcha javoblar to’g’ri
    15.Fosforni oxirgi elektroni uchun barcha kvant sonlar yig’indisi nechaga teng?
    A)4,5 B)5,5 S)3,5 D)2,5
    16.Ag3PO4 qanday rangli cho’kma?
    A)oq B)qora S)sariq D)ko’k
    17.Fosforni qanday kislorodli birikmalarini bilasiz?
    18. 36,4 g kalsiy fosfiddan olingan fosfinni to‘la yonishidan hosil bo‘lgan fosfor
    (V)-oksididan qancha ortofosfat kislota olish mumkin?
    Kompetentlikni aniqlash uchun materiallar:
    19.Qanday tabiiy o’gitlarni bilasiz?
    20.Mamlakatimizni qaysi viloyatlarida qanday o’g’itlar ishlab chiqarilishi haqida bilasiz?
    9-SINF
    ANORGANIK KIMYO
    (68 soat haftasiga 2 soat)

    Darslar

    Bo’lim va mavzular

    Soati




    I BOB. TAKRORLASh (4 soat )




    1-dars

    Kimyoviy elementlar davriy sistemasi, davriy qonun.

    1

    2-dars

    Atom yadrosi .

    1

    3-dars

    Kimyoviy bog‘lanishlar.




    4-dars

    Masalalar yechish.

    1




    II BOB. Elektrolitik dissotsiyalanish nazariyasi. (7soat)




    5-dars

    Elektrolitlar va noelektrolitlar.

    1

    6-dars

    Kislota, ishqor,tuzlarning dissotsiyalanishi.

    1

    7-dars

    Kuchli va kuchsiz tuzlarning dissotsiyalanish darajasi.

    1

    8-dars

    Ion almashinish reaksiyalari.

    1

    9-dars

    Tuzlar gidrolizi.

    1

    10-dars

    Nazorat ishi-1




    11-dars

    Xatolar ustida ishlash.Masala va mashqlar bajarish.

    1




    III BoB Metallmaslar .Uglerod guruhi.(13soat)




    12-dars

    Uglerod guruhi elementlarning umumiy tavsifi.



    1

    13-dars

    Uglerodning fizik va kimyoviy xossalari.

    1

    14-dars

    Uglerodning eng muhim birikmalari. tabiatda tarqalishi, olinishi va ishlatilishi .




    15-dars

    Karbonat kislota va karbonatlarning xossalari Laboratoriya tajribasi - karbonatlar va gidrokarbonatlarning bir-biriga aylanishi hamda xossalari bilan tanishish. Karbonat anionini bilib olish.

    1

    16-dars

    Nazorat ishi -2



    1

    17-dars

    Xatolar ustida ishlash.Masala va mashqlar yechish.

    1

    18-dars

    Amaliy mashg‘ulot . Uglerod (IV)-oksidi olish va uning xossalari bilan tanishish. Karbonat ioniga xos reaksiyalar



    1

    19-dars

    Kremniy. Kremniyning kimyoviy elementlar davriy sistemasida joylashgan o‘rni, atom tuzilishi.

    1

    20-dars

    Kremniyning xossalari

    1

    21-dars

    Silikat sanoati



    1

    22-dars

    Laboratoriya ishi-2 tabiiy silikatlarning namunalari bilan tanishish.
    Laboratoriya ishi-3.Shisha turlari va ularning tarkibi bilan tanishish

    1

    23-dars

    Nazorati ishi -3.

    1

    24-dars

    Xatolar ustida ishlash. Masala va mashqlar yechish .

    1





    Download 459.08 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 459.08 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tuzuvchilar: S. Xasanova- toshkent shahar Chilonzor tumani 217- maktabning kimyo fani o’qituvchisi N. Azimova

    Download 459.08 Kb.