• Chuvalchanglar
  • Portni skanerlash
  •   Tizim tahdidlari (System Threats)




    Download 3,88 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet187/253
    Sana18.05.2024
    Hajmi3,88 Mb.
    #242375
    1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   253
    Bog'liq
    5OfV58kCMfx51CyXWMAb2yRfaqPrL3Ub5oRCsjhh

     


    306 
    Tizim tahdidlari (System Threats) 
    Tizim tahdidlari - bu tizim xizmatlarini suiste’mol qilish va 
    tarmoq ulanishlari bo‘lib, foydalanuvchi uchun muammolar 
    tug‘diradi. 
    Chuvalchanglar
    (Worms) - bu tizim resurslaridan yuqori 
    darajada foydalanib, tizimning ish faoliyatini pasaytiradigan jarayon. 
    Chuvalchang jarayoni bir nechta nusxalarni keltirib chiqaradi, 
    ularning har biri tizim resurslaridan foydalanadi va boshqa barcha 
    jarayonlar kerakli resurslarni olishiga xalaqit beradi. Jarayon qurtlari 
    hatto butun tarmoqni o‘chirib qo‘yishi mumkin.
    Portni skanerlash
    (Port scanning) - bu buzg‘unchi tizimga 
    hujum qilishi uchun tizimning zaifliklarini aniqlaydigan mexanizm 
    yoki vositadir. 
    Xizmat ko‘rsatishni rad etish
    (Denial of Service) - xizmat 
    ko‘rsatishni rad etish odatda foydalanuvchiga tizimdan qonuniy 
    ravishda foydalanishga imkon bermaydi. Masalan, agar brauzer 
    tarkibidagi sozlamalarga hujum qilinsa xizmat ko‘rsatish rad etilsa, 
    foydalanuvchi Internetdan foydalana olmaydi.
     
     
    8.3. Operatsion tizimning himoya vositalari va dasturlari 
    Xavfsizlikni ta’minlashga tizimli yondashuv
     
     
    Vosita va harakatlar: 

    etik-ahloqiy (mamlakatda hisoblash vositalarini tarqatish 
    bilan bog‘liq xatti-harakatlar me’yorlari); 

    qonuniy 
    (axborotdan 
    foydalanishni 
    tartibga 
    soluvchi 
    qonunlar, hukumat qarorlari va tartiblarni buzganlarga ko‘riladigan 
    choralar); 

    ma’muriy (axborot xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan 
    tashkilot yoki ishlab chiqarish ma’muriyatini qabul qilgan hatti-
    harakatlar); 

    psixologik; 

    jismoniy, fizik (tarqalishdan himoyalash uchun binoni 
    ekranlashtirish, qo‘yilgan apparatni ishchi holatini va unda «juchok» 
    lar borligini tekshirish, tashqi kuzatish vositalari va qurilma, 
    kompyuter bo‘limiga kirishni cheklash va boshqalar); 


    307 

    tarmoqda himoyalash imkonini beruvchi apparat va dasturiy 
    vositalarni o‘rnatish (tarmoq xavfsizligi xizmatlari, tizim himoyasini 
    ta’minlovchilari, misol uchun kirishni nazorat qilish, audit, 
    ma’lumotlarni shifrlash, antivirus himoyasi, autentifikatsiya va 
    avtorizatsiya jarayonlarini, tarmoq trafikini nazorati). 

    Download 3,88 Mb.
    1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   253




    Download 3,88 Mb.
    Pdf ko'rish