• Round Robin (RR) algoritmi
  • Ustuvorliklar bo‘yicha rejalashtirish




    Download 3,88 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet51/253
    Sana18.05.2024
    Hajmi3,88 Mb.
    #242375
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   253
    Bog'liq
    5OfV58kCMfx51CyXWMAb2yRfaqPrL3Ub5oRCsjhh

    Ustuvorliklar bo‘yicha rejalashtirish 
    Bu algoritmda har bir jarayon bilan uning ustuvorligi (butun son) 
    bog‘lanadi. Protsessor eng katta ustuvorlikli jarayonga beriladi (kichik 
    son yuqoriroq ustuvorlikni bildiradi, ya’ni jarayonning eng yuqori 
    ustuvorligini 1 ga teng deb olamiz). 
    Bu algoritm oldingi algoritm kabi uzilishli va uzilishsiz 
    variatlarga ega. Shu bilan birga, SJF algoritmiga ustuvorliklar 
    bo‘yicha rejalashtirish sifatida qarash mumkin, unda navbatdagi 
    aktivlik vaqti ustuvorlik hisoblanadi. Ustuvorliklar bo‘yicha 
    rejalashtirishda "ochlik" (starvation) muammosi – past ustuvorlikli 
    jarayonlar hech qachon bajarilmasligi va cheksiz kutadigan vaziyatlar 
    vujudga keladi. Operatsion tizimlarda bu muammoni yechishning 


    76 
    an’anaviy usuli jarayonning ortishini hisobga olish (aging) 
    hisoblanadi. Vaqt o‘tishi bilan jarayonning ustuvorligi tizim orqali 
    oshiriladi. 
    Round Robin (RR) algoritmi 
    Round Robin (RR, halqali tizim) algoritmi bu barcha 
    jarayonlarga navbat bo‘yicha bir xil vaqt kvantlarini berish 
    hisoblanadi. Algoritmning nomi AQShdagi ommaviy qarta o‘yinidan 
    kelib chiqadi. Bu algoritmda har bir jarayon protsessor vaqtining 
    uncha katta bo‘lmagan kvanti – odatda 10-100 millisekundni oladi. Bu 
    vaqt tugagandan keyin jarayon uziladi va tayyor jarayonlarni oxiriga 
    joylashtiriladi. 
    Agar bajarilishga tayyor jarayonlar navbatida n jarayonlar va 
    vaqt kvanti q ga teng bo‘lsa, u holda har bir jarayon 1/n protsessor 
    vaqtini eng kattasi q birlikdan bir marta qismlab oladi. Hech bir 
    jarayon (n-1) q vaqt birligidan ortiq kutmaydi. 
    Bu algoritmning unumdorligi q koeffitsientga bog‘liq:

    agar q yuqori bo‘lsa, u holda algoritm FCFS algoritmga 
    deyarli ekvivalent;

    agar q past bo‘lsa, u holda q tarkibiy qayta ulanish vaqtidan 
    katta bo‘lishi kerak, aks holda bitta jarayondan boshqa jarayonga 
    qayta ulanishga ustama sarflar o‘ta katta bo‘ladi. 
    RR algoritmini qo‘llanilishi misolini ko‘rib chiqamiz. Tizimda 
    aktivlik vaqtli quyidagi jarayonlar mavjud bo‘lsin: 
    2.5- jadval 
    Jarayon 
    Aktivlik vaqti 
    J1 
    53 
    J2 
    17 
    J3 
    68 
    J4 
    24 
    q = 20 vaqt kvantili RR algoritm bo‘yicha protsessorni 
    rejalashtirish sxemasi 2.22- rasmda keltirilgan. 


    77 
    2.22- rasm. RR algoritmini qo‘llanishiga misol (q = 20) 
    Odatda RR algoritmi SJF algoritmga qaraganda yomon aylanish 
    vaqtiga ega (chunki har bir jarayon vaqt kvantlari boshqa jarayonlarga 
    beriladigan vaqtda navbatdagi vaqt kvantini kutishi kerak bo‘ladi), 
    lekin yaxshi javob vaqtiga ega. 2.23- rasmda kontekstni 
    almashtirishlar sonining vaqt kvantiga bog‘liqligi ko‘rsatilgan: kvant 
    qancha kichik bo‘lsa, kontekstni almashtirishlar soni shuncha ko‘p 
    bo‘ladi.
    2.23- rasm. Protsessor kvant vaqti va kontekstni almashtirish vaqti 

    Download 3,88 Mb.
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   253




    Download 3,88 Mb.
    Pdf ko'rish