• Kurs ishining predmeti.
  • I BOB. MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINI SAMARALI TASHKIL ETISHDA PEDAGOGIK KENGASHNING AHAMIYATI 1.1. Maktabgacha ta’lim muassasasida pedagogik kengash, uning maqsad va vazifalari
  • Ubaydullayeva nafisaxon isomidinovnaning




    Download 166,77 Kb.
    bet3/6
    Sana22.01.2024
    Hajmi166,77 Kb.
    #142919
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    UBAYDULLAYEVA NAFISAXON
    Mustaqil ishi yuz samgasu`1, Amaliyot hisoboti, Toshnazarova Odinaxon
    Kurs ishining maqsadi. Maktabgacha ta‘lim tashkilotida pedagogik kengash faoliyatini tashkil etishga innovatsion yondashuvlarni o’rganishdan iborat.
    Kurs ishining vazifalari. Kurs ishining vazifalari quyidagilardan iborat:

    • Maktabgacha ta’lim muassasasida pedagogik kengash, uning maqsad va vazifalarini o’rganish;

    • Pedagogik kengash tashkil etish tamoyillarini o’rganish;

    • Pedagogik kengashni tashkil etishning innovatsion texnologiyalarini joriy etish;

    • Maktabgacha ta’limni rivojlantirishda zamonaviy yondashuvini tahlil etish.

    Kurs ishining predmeti. Maktabgacha ta'lim tashkilotida pedagogik kengashni o'tkazish shakl va metodlari
    Kurs ishining obyekti. Maktabgacha ta'lim tashkiloti pedagogik kengash faoliyati hisoblanadi.
    Kurs ishining metodlari: Kuzatish va suhbat.
    Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish, 2 bob, har bir bobda 2 paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat.

    I BOB. MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINI SAMARALI TASHKIL ETISHDA PEDAGOGIK KENGASHNING AHAMIYATI
    1.1. Maktabgacha ta’lim muassasasida pedagogik kengash, uning maqsad va vazifalari
    Pedagogik kengash jamoa pedagoglari fikrini ifodalovchi, bolalar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlarini birgaliqia ko’rib chiqadigan doimiy faoliyat yuritadigan organ, metodik mayorat maktabi va ilgor tajriba minbaridir.
    Maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari Pedagogik kengash raisi hisoblanadi. Pedagogik kengash muxokamasiga bolalar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlari samaradorligini oshirish, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini belgilash, muassasada pedagogika, psixologiya, sotsiologiya kabi fan sohalarida erishilgan yutuqiarni va etuk pedagog-tarbiyachilar ilgor tajribasini amaliyotga joriy etish; tarbiyachilar pedagogik maxoratini oshirish, ularning ijodiy faolligini rivojlantirish singari masalalar kiritiladi.
    Pedagogik kengash Xalq ta’limi vazirligi, maktabgacha ta’lim bo‘yicha buyruq, yo’l-yuriq, nizom va boshqa me’yoriy hujjatlarni; maktabgacha ta’lim muassasasining yillik ish rejasini; bolalar sog’ligini mustahkamlash tadbirlarini; har bir yosh guruhlari bo’yicha «Ilk qadam» o’quv dasturining sifatli bajarilishi jarayonini; ish amaliyotiga joriy qilish maqsadida tarbiyachilarning ilg’or tajribalarini; maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning dolzarb masalalarini, tarbiyachilarning nazariy va metodik tayyorgarligini oshirish masalalarini va maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatiga doyr boshqa masalalarini muhokama qiladi.
    Pedagogik kengash kun tartibini belgilashda barcha qatnashchilarni qiziqtiradigan dolzarb mavzularning kiritilishini ta’minlash zarur. Faqat shundagina Pedagogik kengashda ish muhiti hukm suradi, masalalar muhokamasi faol va sermahsul bo’ladi.
    Pedagogik kengash tarkibiga; uslubchi, tarbiyachilar, musiqa rahbari, maktabgacha ta’lim muassasasiga xizmat qiladigan shifokor, katta hamshira, kasaba uyushmasi, ota- onalar qo’mitasi hamda vasiylik kengash raislari kiradi.
    Pedagogik kengash yig’ilishiga jamoat tashkilotlari vakillari, maktab o’uqituvchilari, maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilarining ota-onalari taklif etilishi mumkin. Pedagogik kengash maktabgacha muassasaning yillik ish rejasiga kiritilgan va Pedagogik kengash tomonidan tasdiqangan reja asosida faoliyat yuritadi.
    Maktabgacha ta’lim muassasalarining jamoaviy organi hisoblangan Pedagogik kengash faoliyati pedagog xodimlar, ota-onalar, homiylarni birlashtirib, maktabgacha ta’limda davlat talablari asosida muvofiqashtirilgan ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirishga yo’naltirilgan.
    Pedagogik kengashning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
    - ta’lim muassasasi pedagogik jamoasi faoliyatini yo’naltirish, tarbiyalanuvchilar egallashi lozim bo’lgan bilim, malaka va kunikmalarni rivojlantirish, «Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qiladigan Davlat talablari»ning bajarilishini ta’minlash;
    - ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish samaradorligini oshirishda maqbul shart-sharoitlar yaratishga doiyr qarorlar qabul qilish;
    - pedagog xodimlarning nufo’zi va metodik salohiyatini oshirish, ularning tashabbuskorligini qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish bo’yicha maqsadli ishlarni tashkil etish;
    - pedagogik jamoaning ta’lim-tarbiya yo’nalishidagi faoliyatini tahlil qilish va yakuniy xulosa berish;
    - ilg’or pedagoglarning ish tajribalarini o’rganish, ommalashtirish, yosh pedagoglarga metodik yordam ko’rsatish ishlarini amalga oshirish yo’llarini belgilash;
    - Ustoz-shogird an’analari, uzluksiz malaka oshirish borasida olingan hisobotlar yo’zasidan xulosalar tayyorlash va ularning bajarilishini nazorat qiiish;
    - tarbiyalanuvchilarga umuminsoniy va milliy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni singdirish, bola shaxsini shakllantirishda ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish;
    - tarbiyalanuvchilarni jismoniy, intellektual va ma’naviy jihatdan barkamol, vatanparvar va yurtparvar shaxs sifatida tarbiyalash yuzasidan takliflar berish.
    Tashkliy-pedagogik jarayonlarga quyidagilar kiradi:
    bayram ertaliklarini o’tkazish va rahbarlik;
    ochiq tadbirlarni tashkil etish va rahbarlik qilish, ochiq tadbirlar va pedagogik jarayonlarni jamoa bo’lib kuzatish va tahlil qilish. Masalan, ochiq mashg’ulot, sayrlarni kuzatish;
    xalq ta'limi bo’limlari tomonidan berilgan topshiriq asosida tarbiyachi va bolalarni ko’rik-tanlovlarga qatnashtirish, yil tarbiyachisi, san'at bayrami, sport bayramlarinio’tkazish. Direktorning talim-tarbiyaviy jarayonlarga rahbarligi quyidagilarda namoyon bo’ladi:
    har bir guruhda ta'lim-tarbiyaviy reja asosidagi ishlarni kuzatish va tahlil qilish, tarbiyachining ish hujjatlarini o'rganish va tahlil qilish: guruhning ta'limtarbiyaviy ish rejasi, tashxis daftari, bular —o’tkazilgan ishlarning hisobotidir.
    Guruhning jihozlanishini nazorat qilish, bunda guruhlarga qarab burchaklar soni takomillashib boradi Direktor kvartalda bir marta umumiy ota-onalar majlisini tashkil etadi. Majlisni ota-onalar qo’mitasining raisi olib boradi yoki yordam beradi. Direktor 1 haftada 3 marta ota-onalarni qabul qiladi. Bunda ota-onalar tomonidan ba'zi bir muammo, kamchiliklar, bolalar tarbiyasiga oid muammolar hal etiladi. Direktorning jamoatchilik va mahalla qo’mitasi bilan ish usullari quyidagi tarzda amalga oshiriladi:
    Ota-onalar va jamoatchilik uchun anjumanlaro’tkazish.
    Ota-onalar universitetlari tashkil qilish.
    Unda oila markazidan vakil, yetuk olimlar, xalq ta'limi bo’limi xodimlari va barcha ota-onalar ishtirok etadilar. Ota-onalar universitetining asosiy maqsadi oila va bolalar tarbiyasi masalalarini o'rganish va kamchiliklarni, muammolarni hal etishdan iborat. Direktor maktab bilan aloqa o’rnatib 1 yilga mo’ljallangan reja asosida ish ko’radi.Direktorning ma'muriy xo’jalik faoliyati bu reja asosida konting bo’yicha bolalar joylashtirish, «Ilk qadam» davlat o'quv dasturining bajarilishi ustidan nazorat qilish, maktabgacha ta'lim tizimida belgilangan xarajatlarni o'z vaqtida joy-joyiga qo’yib ishlatishni tashkil etish, bolalami ovqatlantirishni to’g’ri tashkil etish, yozgi sog’lomlashtirish mavsumlarini tashkil etish, xizmat qiluvchi xodimlarni to’g’ri joylashtirish va ishlash malakalarini oshirish, mehnatni ilmiy asosda tashkil etish maktabgacha tashkiloti Direktor tashkilotni kerakli texnikaviy va xo’jalik materiallari bilan muntazam ravishda ta'minlab turishi, binoni jihozlar bilan (qattiq va yumshoq inventarlar) jihozlashi, binonio’z vaqtida ta'mirlashi va o’quv-ko’rgazmali qurollar bilan to’ldirib borishi, turli yosh guruhi uchun dasturiy-mctodik hujjatlarda tavsiya etilgan (ularni fiziologik, aqliy, axloqiy, mehnat, estetik tarbiyalash maqsadida) bolalar badiiy adabiyoti va pedagogik adabiyotlar bilan ta'minlashi, bolalar maydonchasi va yer uchastkasini to’g’ri, rejali jihozlashi, kadrlarni joylashtirishda ulami bolalar bilan ishlash stajiga qarab, xodimlarning individual xususiyatlarini hisobga olishi, shifokor bilan birgalikda tibbiy ishlarini nazorat qilishi va bolalarni tizimli tibbiy ko’rikdan o’tkazishi kerak.Maktabgacha ta'lim muassasasinilng direktori amaldagi qonunchilik doirasida maktabgacha ta'lim tashkiloti pedagogik xodimlari va ma'muriyatini ularning kasbkor va mansab faoliyat-lariga asossiz aralashuvga chek qo’yuvchi zarur choralar ko’radi, maktabgacha ta'lim jamoasiga nisbatan ma'muriy-buyruqbozlik urinishlariga, uning mustaqilligini cheklovchi buyruqlarga chek qo’yadi, shu masalalar bo’yicha tegishli organlarga murojaat qiladi. Direktor ishonch qog’ozisiz maktabgacha ta'lim nomidan harakat qiladi, barcha shirkat va jamoat korxonalari, muassasalar va tashkilotlarda uning manfaatini himoya qiladi, kreditlar tarqatadi; shartnomalar tuzadi, ishonch qog’ozlarini beradi, banklarda hisob va boshqa schyotlarini ochadi, u maktabgacha ta'lim muassasasi uchun zarur bo’lgan jihozlar va boshqa moddiy resurslarni xohlagan korxonalardan, tashkilotlardan, shirkatlardan va ayrim shaxslardan naqd pulga yoki pulo’tkazish yo’li bilan ijaraga olish va buyurtma berish huquqiga ega. Direktor maktabgacha ta'lim tashkilotlari huquqi doirasida buyruq chiqaradi, ko’rsatma beradi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari kadrlarning kasb mahoratini, umumiy ta’lim mahoratini, umumiy ta’lim va madaniy darajasini muntazam o’stirib borishga g’amxo’rlik qiladi; xodimlar malakasini hisobga olgan holda va maktabgacha ta’lim muassasasi manfaatlaridan kelib chiqib, ularni tartibli va o'z vaqtida joydan-joyga ko’chirib turilishini ta'minlaydi. Bu maqsadlar uchun ma'muriyat ruhiy-pedagogiko’qitishning huquqiy va iqtisodiy uyg’unlanishini ta'minlaydi; xodimlar malakasini oshirishga bevosita maktabgacha ta’lim tashkilotida shart-sharoit yaratadi, murabbiylik harakatini rivojlantiradi; mamlakatda va chet ellarda pedagogik va boshqa fanlar erishgan yutuqlar haqida axborot beradi. Ma'muriyat jamoat tashkilotlari bilan birgalikda maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarini attestatsiyadan o’tkazish uchun optimal shart sharoitlarni ta'minlaydi, ulargao’z vaqtida zarur metodik yordam ko’rsatadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida kadrlar zaxirasi shakllantirilib, ular bilan ish olib boriladi. Ta’lim-tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish maqsadida, umumiy yig’ilish qarori bilan, maktabgacha ta’lim tashkilotida yangi pedagogik texnologiyalarni amalda qo’llash ishlari amalga oshiriladi. Maktabgacha ta`lim tashklotini boshqarish, rejalashtirish va tashkil qilish ishini bajarish tufayli ta’lim tashkiloti jamoasi a’zolarining kuch-g`ayratini samarali birlashtirish uchun zarur, ammo yetarli bo’lmagan shart-sharoit yaratiladi. Amaliyotdan shu narsa ma’lumki, odamlar real bajarayotgan ishlar ularga qo’yilayotgan rasmiy talablarga har doim ham mos kelavermaydi. Ijtimoiy tashkilotlarning o’ziga xos xususiyati shundaki, ularga kiruvchi odamlar o’z sabablariga ega bo’lgan holda, o’z oldilariga o’zlari maqsad qo’yishga qodirdirlar. Ular nimanidir qilishni xohlashlari va xohlamasliklari va shunga qarab ishlashlari mumkin. Odamlar tashkilotga kelgach, u o’zlarining manfaatlarini amalga oshirish imkonini berishini xohlashadi. Bu hol yuz bermasa, ular yo tashkilotdan ketadilar yoki salohiyatlari va iqtidorlarini ishga to’liq safarbar etmaydilar.Birgalikdagi faoliyat yaxshi rejalashtirilgan va uyushtirilgan bo’lsa, ijrochilar bu jarayonga tuzatish kiritishni talab qiladigan qandaydir ichki va tashqi shart-sharoit o’zgarmagunga qadar nimani, qaerda va qay yo’sinda bajarishlarini bilishgandagina u muvaffaqiyatli kechadi.Boshqaruv yuz berayotgan o’zgarishlarga o’z vaqtida munosabat bildirishi, buning uchun esa bu haqda axborotga ega bo’lishi lozim. Bunday axborotni olish va ishning borishiga tuzatish kiritish zarurligini aniqlash uchun nazorat qilish deb ataladigan maxsus boshqaruv harakatini amalga oshirish zarur. Boshqaruv nazorat tufayli o’zi usiz faoliyat yuritmaydigan eng muhim tarkibiy qism — qayta aloqaga ega bo’ladi. Nazorat boshqaruvning «ko’zini ravshan» va o’zgarishlarga nisbatan ta’sirchan qiladi. Ushbu o’zgarishlarga munosabat esa rejalashtirish, tashkil etish va rahbarlik qilish orqali amalga oshiriladi. Natijada boshqaruv davrasi yopiq holga keladi. Rejalashtirish, tashkil etish, rahbarlik qilish va nazorat qilish murakkab tuzilmaga ega bo’lib, o’zi ham ko’plab boshqa ishlardan tashkil topadi.



    Download 166,77 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 166,77 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ubaydullayeva nafisaxon isomidinovnaning

    Download 166,77 Kb.