• 2.2. Pedagogik kengashni tashkil etish va boshqarishda uslubchi-mudira hamkorligi
  • II BOB. PEDAGOGIK KENGASH SHAKLLARI VA UNDA KO'RILADIGAN MASALALAR




    Download 166,77 Kb.
    bet5/6
    Sana22.01.2024
    Hajmi166,77 Kb.
    #142919
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    UBAYDULLAYEVA NAFISAXON
    Mustaqil ishi yuz samgasu`1, Amaliyot hisoboti, Toshnazarova Odinaxon
    II BOB. PEDAGOGIK KENGASH SHAKLLARI VA UNDA KO'RILADIGAN MASALALAR
    2.1. Maktabgacha ta’lim tashkilotida pedagogik kengashni noan’anaviy shakllarda tashkil etish texnologiyasi
    Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yosh avlodning aqliy-intellektual, estetik, jismoniy, ma’naviy salohiyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni takomillashtirish alohida dolzarblik kasb etmoqda. Bu borada pedagog rahbar–jamiyatning yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga qo’ygan ijtimoiy buyurtmasining asosiy ijrochisiga aylanishi muqarrar. Bugungi kunda jahonda texnologiyalar va axborotlashtirish jarayonlarining rivojlanishi davrida maktabgacha ta’limni isloh qilish, komil insonni tarbiyalash, ularga zamonaviy ta’lim berish masalalari birinchi navbatda hal qilinishi kerak bo’lgan muammo hisoblanadi. Aynan, maktabgacha ta’limni isloh qilishda bolaning maktabga tayyorgarligi bilan belgilanuvchi ta’lim sifatini oshirish muhim va zaruriy bo’lib hisoblanadi. Shu jihatdan olganda, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini ta’minlashda zamonaviy yondashuvlar, boshqaruv, innovatsiya va axborot texnologiyalarini ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etishda rahbarlik layoqatini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.
    Pedagogik kengash jamoa pedagoglari fikrini ifodalovchi, bolalar bilan olib boriladiga ta’lim-tarbiyaviy masalalarni kollegial ko‘rib chiqadigan doimiy ishlovchi organ, metodik mahorat maktabi va ilg‘or tajriba minbaridir. Maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori Pedagogik kengash raisi hisoblanadi. Pedagogik kengashga quyidagi masalalar: bolalar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiyaviy ishlar darajasini oshirish, ularni hal qilish yo‘llarini izlash; muassasa ish amaliyotga pedagogika fanining yutuqlari va ilg‘or pedagoglar tajribasini joriy qilish; tarbiyachilarning pedagogik mahoratini oshirish, ularning ijodiy faolligini rivojlantirish kiritiladi.
    Pedagogik kengash maktabgacha ta’lim bo‘yicha buyruq, yo‘l-yo‘riq, nizom va boshqa me’yoriy hujjatlarni; maktabgacha ta’lim tashkilotining yillik ish rejasini; bolalar sog‘ligini mustahkamlash tadbirlarini; har bir yosh guruhlari bo‘yicha dasturining sifatli bajarilishi jarayonini; ish amaliyotiga joriy qilish maqsadida tarbiyachilarning ilg‘or tajribalarini; maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim va tarbiya berishning dolzarb masalalarini, tarbiyachilarning nazariy va metodik tayorgarliklarini oshirish masalalarini va maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatining boshqa masalalarini muhokama qiladi. Pedagogik kengashlar kun tartibini belgilashda barcha qatnashchilarni qiziqtiruvchi mavzuning kengligini, dolzarbligini ta’minlash zarur. Faqat shundagina Pedagogik kengashda ish muhiti hukm suradi, masalalar muhokamasi sermaxsul va faol bo‘ladi. Pedagogik kengash tarkibiga: uslubchi, tarbiyachilar, musiqa rahbari, maktabgacha ta’lim muassasasiga hizmat ko‘rsatuvchi shifokor, katta hamshirasi, kasaba uyushma, ota-onalar qo‘mitasining raisi xamda vasilik kengash raislari kiradi. Pedagogik kengash yig‘ilishiga jamoat tashkilotlarining vakillari, maktablar o‘qituvchilari, maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining ota-onalari taklif etilishi mumkin. Pedagogik kengash maktabgacha ta’lim tashkilotining yillik ish rejasiga kiritilgan va pedagoglar Pedagogik kengashi tomonidan tasdiqlangan reja bo‘yicha ishlaydilar.
    Pedagogika kengashi faoliyatini tashkil etish va uning ish mazmuni
    - Maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari Kengashning raisi hisoblanadi va uning faoliyatini boshqaradi. Pedagogika kengashi kotibi jamoa tomonidan bir yil muddatga saylanadi.
    - kengash yig‘ilishlari o‘quv yili avvalidan boshlanib, har chorakda bir marta o‘tkaziladi. Zaruriyat bo‘lgan hollarda navbatdan tashqari Pedagogika kengashi o‘tkazilishi mumkin.
    - kengash a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashib, ulardan ko‘pchiligi yoqlab ovoz bersalar, qaror qabul qilingan hisoblanadi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda, Kengash raisining qarori hal qiluvchi hisoblanadi.
    - navbatdan tashqari chaqirilgan yig‘ilishida esa kengash a’zolarining kamida uchdan bir qismi ishtirok etishi kerak, ovoz berish tartibi kengash yig‘ilishida ochiq ovoz berish yo‘li bilan belgilanadi.
    - pedagogika kengashi tarkibiga muassasa shifokori va hamshira, kasaba uyushma raisi, ota-onalar qo‘mitasi raisi, mahalla fuqarolar yig‘ini a’zolari kirishi mumkin, kengashning o‘tkazish vaqti, joyi va kun tartibi muassasada bir oy oldin e’lon qilinadi.
    - kengashda muhokama etiladigan materiallar doimiy hamda vaqtinchalik tashkil topgan guruhlar yoki muassasa ma’muriyati tayinlagan pedagoglar tomonidan tayyorlanadi.
    - kengashda muassasaning ish rejasi, malaka oshirish rejasining bajarilishi, nazorat turlari bo‘yicha o‘rganish xulosalari, xodimlarning hisobotlari, tarbiyalanuvchilarning o‘zlashtirishi, muassasaning sanitar-gigienik ahvoli va tarbiyalanuvchilarning sog‘lig‘i va muassasa faoliyatining boshqa masalalari ko‘rilib chiqiladi. Kengash pedagoglarning ilg‘or ish tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish va ommalashtirish, yosh pedagoglarga yordam uyushtirish ishlarini amalga oshirish yo‘llarini belgilaydi.
    - kengashda mashg‘ulot ishlanmalari, tarbiya jarayonining shakl va metodlarini amalga oshirish yo‘llari muhokama qilinadi, tarbiyalashning ilg‘or usullarini joriy etish bo‘yicha tajriba sinov ishlarini olib borish, oliy ta’lim institutlari, jamoat va nodavlat tashkilotlari, maktab, mahalla bilan hamkorlik qilish yo‘nalishlarini belgilaydi. - kengash ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda pedagogik jamoaning ma’lum yo‘nalishlardagi faoliyatini tahlil qiladi va ta’lim samaradorligini oshirishda maqbul lozim sharoitlar yaratishga oid yakuniy xulosa chiqaradi va tegishli qaror qabul qiladi. Malaka oshirish kursidan qaytgan pedagoglarning hisobotlarini tinglaydi. - kengashda kun tartibidagi masalalarni ko‘rishdan oldin avvalgi kengashda qabul qilingan qarorlarining ijrosi haqidagi masala eshitiladi va ijrosi ta’minlangan har bir masala yuzasidan qabul qilingan qarorlar nazoratdan olinadi. Kengash kun tartibida ko‘rilayotgan har bir masala aniq ifodalangan bo‘lishi, masalalar o‘quv yilining asosiy vazifalaridan kelib chiqqan holda kiritilishi lozim. Kengashda ko‘riladigan masalalar soni uchtadan oshmasligi zarur. Kengash qarori ijrosini nazorat qilish muassasa rahbari zimmasiga yuklatiladi. Pedagogik kengashni tashkil etishning turli usullari va texnologiyalaridan foydalanish uning samara va natijalarini yanda boyitishga xizmat qiladi. XX asrning 70-yillarida о‘quvchilarning darslarga qiziqishlarining pasayish xavfi aniqlandi. Xavfni bartaraf etish uchun nostandart darslarning tashkil etishga e’tibor qaratildi. Xuddi shuningdek tashkil etiladigan kengashlar shunchaki ommaviy yig’ilish shaklida olib borilishi ham pedagog xodimlar uchun zerikarli jarayonga aylanib qoldi. Bunday jarayonlarning oldini olish maqsadida an’anaviy texnologiyalardan noan’anaviy texnologiyalarga o’tila boshlandi. non’anaviy texnologiyaning asosiy turlari sifatida quyidagi usullar qo’llanila boshlandi. Rolli о‘yinlar, matbuot konferensiyalari, ijodiy hisobotlar, musobaqalar, KVN turidagi о‘yinlar, tanlovlar, teatrlashtirilgan darslar, binar darslar, kompyuterli darslar, fantaziyalar, “sudlar”, haqiqatni izlash, “paradokslar”, auksionlar, dialoglar. Shuningdek ularning yordamchi tur sifatida Tо‘garak; praktikum; seminar; konferensiya; maslahat (konsultatsiya); fakultativ mashg‘ulot; ekskursiyalari; mustaqil ishlaridan ham kengash maqsad va mavzularidan kelib chiqqan holda foydalanish mumkin. Tashkil etiladigan pedagogik kengashning qanchalik sermazmun bo’lishi ta’lim – tarbiyaviy jarayonda nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Kengashning samaradorligi uning puxta tayyorlanganligi va samarali tashkil etilganligi bilan bog‘liq. Yaxshi rejalashtirilmagan, yetarlicha о‘ylab chiqilmagan, shoshilinch tuzilgan va pedagoglar imkoniyatlariga moslashtirilmagan kengash sifatli bо‘la olmaydi. Pedagogik kengashga tayyorgarlik aniq sharoitlarda eng yuqori yakuniy natijaga erishishni ta’minlaydigan o‘quv jarayonini tashkil etishning kompleks choralarini ishlab chiqishdir. Pedagogik kengash jamoa pedagoglari fikrini ifodalovchi, bolalar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlarini birgaliqia ko’rib chiqadigan doimiy faoliyat yuritadigan organ, metodik mayorat maktabi va ilgor tajriba minbaridir. Maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari Pedagogik kengash raisi hisoblanadi.
    Pedagogik kengash muxokamasiga bolalar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlari samaradorligini oshirish, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini belgilash, muassasada pedagogika, psixologiya, sotsiologiya kabi fan sohalarida erishilgan yutuqiarni va etuk pedagog-tarbiyachilar ilgor tajribasini amaliyotga joriy etish; tarbiyachilar pedagogik maxoratini oshirish, ularning ijodiy faolligini rivojlantirish singari masalalar kiritiladi.
    Pedagogik kengash maktabgacha va maktab vazirligi, maktabgacha ta’lim bo‘yicha buyruq, yo’l-yuriq, nizom va boshqa me’yoriy hujjatlarni; maktabgacha ta’lim muassasasining yillik ish rejasini; bolalar sog’ligini mustahkamlash tadbirlarini; har bir yosh guruhlari bo’yicha «Ilk qadam» o’quv dasturining sifatli bajarilishi jarayonini; ish amaliyotiga joriy qilish maqsadida tarbiyachilarning ilg’or maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning dolzarb masalalarini, tarbiyachilarning nazariy va metodik tayyorgarligini oshirish masalalarini va maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatiga doir boshqa masalalarini muhokama qiladi.

    2.2. Pedagogik kengashni tashkil etish va boshqarishda uslubchi-mudira hamkorligi


    Pedagogik kengash jamoa pedagoglari fikrini ifodalovchi, bolalar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiyalarini birgalikda ko’rib chiqadigan doimiy faoliyat yuritadigan organ, metodik mahorat maktabi va ilgor tajriba minbaridir. Maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari Pedagogik kengashraisi hisoblanadi. Pedagogik kengash muxokamasiga bolalar bilan olibboriladigan ta’lim-tarbiya ishlari samaradorliginioshirish, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini belgilash, muassasada pedagogika, psixologiya, sotsiologiya kabi fan sohalarida erishilgan yutuqlarni va etuk pedagog-tarbiyachilar ilgor tajribasini amaliyotga joriy etish; tarbiyachilar pedagogik maxoratini oshirish, ularning ijodiy faolligini rivojlantirish singari masalalar kiritiladi.
    Pedagogik kengash Xalq ta’limi vazirligi, maktabgachata’lim bo’yicha buyruq, yo’l-yuriq, nizom va boshqa me’yoriy hujjatlarni; maktabgacha ta’lim muassasasining yillik ish rejasini; bolalar sogligini mustaxkamlash tadbirlarini; har bir yosh guruxdari bo’yicha «Ilk qadam» o’quv dasturining sifatli bajarilishi jarayonini; ish amaliyotiga joriy qilish maqsadida tarbiyachilarning ilgor tajribalarini; maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning dolzarb masalalarini, tarbiyachilarningnazariy va metodik tayyorgarligini oshirish masalalariniva maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatiga doir boshqa masalalarini muxokama qiladi. Har qaysi sohani samarali idora etish, avvalambor, boshqarish tamoyil va mezonlari, usul va uslublarinin]' ilmiy asoslangani, qay darajada takomillashgani bilan belgilanadi. Shu bois ularning har birini tavsiflash, moxiyatini ifodalashga extiyoj tugiladi.
    Tamoyil - biror-bir sohada, jumladan, ta’lim sohasida ilmiy-amaliy jihatdan asoslangan xulosalar, erishilgan natijalar.
    Boshqarish usuli — boshqaruv sub’ektining (bizning xolatimizda bu - xalq ta’limi boshqaruvi idoralari, muassasa raxbariyati va h.k.) muayyan maqsadlarga erishishni nazarda tutgan xolda boshqaruv ob’ektiga (bizning xolatimizda bu - maktabgacha ta’lim muassasasi, tarbiyalanuvchilar va h.k.) ta’sir etish usul hamda vositalarining majmui.Boshqarishning psixologik uslublari - bu shaxsning mustahkam psixologik xislatlari - diqqat, idroq tafakkur, sezgi, ong orqali boshqarish uslublari majmui.Bu tushunchalar o’zaro bir-birlari bilan uzviy bog’liq bo’lib, bularning barchasi kishilar urtasidagi munosabatlarda ko’zatiladi.
    Bugungi kunda jamiyat xayotining barcha sohalarida, shu jumladan, boshqarish jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya va innovatsiya texnologiyalari tatbiq etilib, ularga tayangan yondashuvlar qaror topmoqia. Boshqarish usulining eng muxim belgilaridan biri uning ilmiy yondashuvga tayanishida namoyon bo’ladi. Zero, bugun boshqaruv jarayonini ilmiy asosda tashkil etmasdan uning izchilligi va samaradorligini tasavvur etib bo’lmaydi. Albatta, raxbar shaxs muayyan sohani, korxona yoki tashkilotni samarali boshqarishi uchun, avvalo, etarli malaka va bilim, raxbarlik saloxiyati, kutatab ma’naviy-axloqiy xislat va fazilatlar soxibi bulishi darkor. Ta’lim sohasi, jumladan, maktabgacha ta’lim muassasalarini boshqarish ham bundan istisno emas. Ushbu muassasalardagi boshqaruv faoliyatida nazariybilim va amaliy tajriba va kunikmalarni o’zaro uygun xolda qo’llash ta’lim-tarbiya bilan bog’liq masalalarni talab darajasida xal etish, bu jarayonda foydalaniladian usul va uelublarni o’zluksiz takomillashtirib borish, umuman olganda, maktabgacha ta’lim-tarbiya tizimini yanada rivojlantirishga xizmat kiladi.
    Pedagogik kengash kun tartibini belgilashda barcha qatnashchilarni qiziqtiruvchi mavzu tanlanishi, mavzuning dolzarbligi, muammoli xarakterga ega bo’lishi lozim. Shundagina pedagogik kengashda yaxshi ish muhiti hukm suradi, masalalar muhokamasi sermahsul va faol bo’ladi. Pedagogik kengash tarkibiga mudira uslubchi tarbiyachi va pedagoglar, psixolog, vrach, xamshira, kasaba uyushmasi raisi kiradi. Shuningdek jamoa tashkilotlarining vakillari, maktab o’qituvchilari, ota-onalarni taklif etish mumkin. Pedagogik kengash maktabgacha ta`lim muassasaning yillik ish rejasiga kiritilgan va pedagoglar pedagogik kengash tomonidan tasdiqlangan reja bo’yicha ishlaydi. Pedagogik kengash ishining muvaffaqiyati ko’p jihatdan pedagoglar jamoasiga qo’yiladigan masalaning muhimligi savodli va jiddiy tayyorlanganligiga bog’liq bo’ladi. Pedagogik kengashga tayyorlanish shakllari xilma - xil bo’lishi mumkin. Masalan, tarbiyachilarning biriga o’z ish tajribasidan ―Hulq-atvor madaniyati‖ xaqida axborot berish, boshqasiga shu masala bo’yicha ―Psixologiya-pedagogika‖ fanining so’ngi yutuqlari haqida axborot tayyorlash topshirilsa, qolgan boshqa tarbiyachilarga tajriba almashinayotgan guruxda bo’lish topshiriladi. Uslubchi mazkur mavzuning chuqurligini mohiyatini ochib berishga yordam beradi. masalalar barcha tarbiyachilarga pedagogik kengash boshlanishidan ancha oldin ma`lum bo’lishi kerak). Savollar ro’o’yxatini tayyorlaydi. Nazariya, metodikaning eng qiyin masalalarini tarbiyachi navatorga topshiradi yoki o’yin tayyorlashni o’z zimmasiga oladi. Pedagogika universiteti ―Maktabgacha ta`lim kafedrasining professor - o’qituvchilarini, metodistlarini, instruktorlarini ma`ruza bilan chikish uchun taklif qilish kerak. Ma`ruzada chuqur mazmun, aniq-mantiqiy bayon, masalaning nazariy asoslanishi, g’oyalarning ijodiy tushuntirilishi, asosan dalilllar bo’lishi shart. Ma`ruza uchun ajratilgan vaqt 20-30 daqiqadan oshmasligi kerak, aks xolda masalani muxokama qilish va karorlar qabul qilishga vaqt qolmaydi. Pedagogik kengashning yig’ilishi, agarda u faol, ijodiy o’tkazilsa, tarbiya ishining g’oyaviy-siyosiy va kasb-xunar darajalarini oshirishga yordam beradi, pedagogik tafakkurni, metodik ishga qiziqishni rivojlantiradi. O’quv yili davomida
    deyarli xar bir tarbiyachi ma`ruzaga va qo’shimcha ma`ruzadagi rolida chiqish imkoniga ega bo’ladi. Bundan tashqari, tarbiyachilar pedagogik kengashga qo’yilgan masalalarni muxokama qilishda doimo faol qatnashishlari kerak. Pedagogik kengash yig’inlarida vaqti-vaqtida tarbiyachilarning «Uchinchi ming yillikning bolasi» Dasturi talablarini bajarilishi bo’yicha ishlar xaqida xisobotlarini tinglash maqsadga muvofiqdir. O’z faoliyatlarini taxlil qilar ekanlar, tarbiyachilar faqat yutuqlargagina emas, balki xatolarini xam qayd qiladilar, o’z axborotlarini belgilangan maksadlariga erishishlarida yordam bergan muvaffaqiyatni metod va usullardan namunalar keltirib yoritadilar, xar bir bolaga xarakteristika-tavsiyanoma beradilar, ularga pedagogik ta`sir etishning samarali yo’llarini ko’rsatadilar.
    Xamkasblarining ishlarini muxokama qilishda ishtirok etayotgan barcha tarbiyachilar ishtirok etadilar. Pedagogik kengash yig’ilishi yakunida maktabgacha ta`lim muassasasining mudira yoki katta tarbiyachisi ishni mufassal va chuqur taxlil qiladi. Tarbiyachilarning bunday saboqlari ularning guruxlaridagi ta`lim - tarbiyaviy ishlar sifati uchun ma`suliyatni oshiradi. Ma`lumki, bolalar muassasi jamoasida tayyorgarlik, tajriba darajasi xar xil bo’lgan xodimlar ishlaydi. Ularning xar birining imkoniyat va qobiliyati xar xil, bilimlarining darajasi va o’z oldilariga qo’ygan vazifalarini tushunishlari turlicha, shuning uchun navbatdagi pedagogik kengash ishini tayyorlashda katta tarbiyachi yordamga muhtoj bo’lganlarga ko’proq yordam ko’rsatadi. Tarbiyachi, o’z ishining moxir ustasi tajribalarni umumlashtirish yuzasidan so’zga chiqishga qiynalsa, bunday tarbiyachiga o’z axborotlarining rejasini tuzishga yordam berish kerak. Mana shu (ma`ruza) reja asosida u ma`ruza uchun qoralama qo’lyozma tayyorlaydi, unga qiziqarli misollarni tanlashda, kerakli xulosalar chiqarishda, o’rganishni va xal qilishni talab qiladigan savollarni ajratib ko’rsatishda yordam berish kerak. Tajribali pedagoglarga faqat ayrim maslaxatlar va tavsiyalar beriladi. Malaka oshirish kurslaridan qaytib kelgan yoki pedagogika Oliy o’quv yurtlarida o’qiydigan tarbiyachilarning maktabgacha yoshdagilarga ta`lim va tarbiya berishning dolzarb ilmiy-nazariy muammolari xamda ilg’or ish tajribaning metodik tomonlari xaqida ma`ruzalar bilan chiqishlari majburiy qoidaga aylanishi lozim. Bir yoki bir necha yosh guruxlardagi ta`lim - tarbiya ishlarining xolati taxlil qilinayotgan va bolalarning bilim, ko’nikma, malakalarining darajasi dastur talablariga ko’ra baxolanadigan pedagogik kengashlar barcha tarbiyachilarda katta qiziqish uyg’otadi. Masalan: bolalarning mashg’ulot va kundalik xayotdagi tafakkur faolligi xamda mustaqilligining rivojlanish darajasini baxolash yoki bolalarini syujetli-rolli o’yinlarining xolatini va tarbiyachining ularga raxbarlik qilish metodlarini baxolash. Bunday masalalarni muxokama qilar ekan, pedagoglar e`tiborini bolalarning mustaqil tafakkurini faollashtirishning eng qimmatli usullariga, bolalar o’yinlariga raxbarlik usullariga, mavjud kamchiliklar bularni bartaraf qilish yo’llariga qaratadi. Faol muxokama natijapsida jamoa nuqsonlarni bartaraf qilishga doir xarakatlarining aniq dasturini, bolalarning bilish faoliyatlarini rivojlantirishga raxbarlik, ularda tafakkur mustaqilligi va moyilligini tarbiyalashga doir tavsiyalarni ishlab chikadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar o’yinlariga raxbarlikning eng samarali usullarini tavsiya etadi. Pedagogik kengashlarda tarbiyachilarni guruxlarga o’zaro kirishlarining natijalari muxokama qilinadi, bu jarayonda pedagoglar ishlaridagi kamchilik, muvaffakiyatsizlik va xatolarning amaliy tanqidini to’g’ri qabul qilishni o’rganadilar. Bo’lajak kengashdan 2-3 xafta oldin e`lon osilib, unda sana,oy, kun tartibi, ma`ruzadagi va qo’shimcha ma`ruzachilarning ism-familiyalari, adabiyotlar ro’yxati, ba`zan muxokama qilinadigan mavzuga oid savollar ko’rsatiladi. Pedagogik kengashlardagi ma`ruzalar, qo’shimcha ma`ruzalar, tarbiyachilarning axborotlari, xisobotlarining mavzularini taqsimlash o’quv yilining boshlanishidan oldin o’tkaziladi va rejalashtiriladi. Bu tarbiyachilarga kerakli adabiyotlarni oldindan tanlash va o’rganish, olingan bilimlarini o’z shaxsiy tajribasida sinab ko’rish xamda narsani o’ylab chiqish, matnini yozish imkonini beradi. Pedagogik kengash ishining unumligi ko’p jixatdan raxbarlarning yig’ilishni olib bora bilishlariga bog’liq bo’ladi. Mudira yoki katta tarbiyachining qisqa kirish nutqi jamoa diqqatini muxokama qilayotgan muammoning muximligiga, dolzarbligiga jalb qiladi. Yig’ilish vaqtida xodisaning moxiyatini chuqurroq tushunish, sabablarini bilish uchun tarbiyachilarning fikrlarini yo’llab borish lozim. Yakun chiqarar ekan, muxokama qilinayotgan masalaning eng muhim tomonlarini-xolatlariga qisqa to’xtalishi, ma`ruzachilar va so’zga chiqqanlarning foydali takliflariga baxo berish zarur. Pedagogik kengash muxokamasiga ko’pi bilan 2-3 masala qo’yiladi. Pedagogik kengash karorining loyixasini ma`ruzachi oldindan tayyorlaydi. Pedagogik kengash qatnashchilari o’z qo’shimchalarini, aniqliklarini, o’zgartirishlarini kiritadilar. Pedagogik kengash qarorida tekshirilishi mumkin bo’lgan aniq muddat va ishlar bo’lishi kerak. Ijro uchun mas`ullar tayinlanadi. Pedagogik kengashning qarori bog’cha jamoasining barcha a`zolari uchun majburiydir. Pedagogik kengashning qarori kengash raisi va kotibi tomonidan imzolanadi va bolalar muassasasining ish xujjati sifatida saqlanadi. Xar bir pedagogik kengash oldingi kengash qarorlarining ijrosini tekshirish masalasi bo’lishi kerak, chunki masalalarni muxokama qilishni istalgan shaklining yakuniy bosqichi aynan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini tekshirish xisoblanadi. Hayotga tadbiq qilinmagan eng yaxshi qarorlar jamoa ish obro’siga putur yetkazadi, ma`suliyatsizlik, rasmiyatchilikni keltirib chiqaradi. Pedagogik kengash muxokama qilingan xar bir masala bo’yicha ko’pchilik ovoz bilan qaror qabul qiladi. Bunda kengash yig’ilishi a`zolarinish kamida 3/2 qismi qatnashishi kerak. Ovozlar teng bo’lgan xollarda kengash raisi-bolalar muassasasi mudirining ovozi xal qiluvchi ovoz xisoblanadi. Qarorlar tadbirlarini o’tkazish muddatilari va ularning bajarilishi uchun mas`ullar ko’rsatilgan aniq xarakter kasb etishi kerak. Pedagogik kengashlar qarorlarining ijrosi xaqidagi axborotni odatda, maktabgacha ta`lim muassasa mudiri yoki katta tarbiyachi beradi. Tarbiyachilarga xam bunday axborotni joriy etish kerak. Birinchi navbatda bo’lar ma`suliyatli va vijdonan ishlaydigan xodimlar bo’lishi kerak. Maktabgacha ta`lim muassasalarida pedagogik kengash ishini KVN usulida
    o’tkazish maqsadga muvofikdir.
    Bu usullardan keng foydalaniladi:
    1) Tabriklash: Tarbiyachi shaxsi va faoliyati bizning shiorimiz.
    2) Kapitanlar tanlovi: «O’z guruxingiz bolalarini yaxshi bilasizmi?» Xar bir bolaning xulqi, qiliqlari, xarakteri.
    3) Mutaxassislik tanlovi:
    a) «Moxir qo’llar» tez, sifatli, chiroyli milliy o’yinchoqlar va atributlar tayyorlash.
    b) siz bolalar adabiyoti va musiqasini bilasizmi? (shularni atroflicha va nomini eslash);
    v) bolalar bilan ishlashda badiiy asarlarni qo’llash, she`r, tez aytish, maqollarni yoddan aytish. Qaysi jarayonlarda qo’llay olishni izoxlash?
    g) sizning bilimdonligingiz bolalar tomonidan beriladigan turli savollarga javob berishda as qotadimi?
    d) bolalar bilan ishlash va muloqotga kirishish ko’nikmalari. Fiz. daqiqalarni, qoidali -xarakatli o’yinlarni bolalar ishlarini taxlil kilish.
    3. «Tarbiyachi xamma narsani bilishi va qila olishi kerak»-tanlovi:
    a) Siz dam olishni bilasizmi? Dam olish kunini o’tkazish ssenariysini, tematikbayramlar, ko’ngil ochishlarni tuza olish;
    b) xar bir tarbiyachi - bu artist-xayvonlar ovoziga taqlid qilish, tez aytish, qo’shiqla kuylash, raqsga tushish, birorta narsani o’xshatish va hakozo.
    v) «Beka» tanlovi. Bunda tugma qadash,tikish yoki birorta ovqat, salat tayyorlash. Metodik ishlarning keng tarqalgan usullaridan biri-pedagogik jarayonlarni jamoa bo’lib ko’rish. Bu usulni kamchilik tomoni shuki, tarbiyachilar kuzatuvchi bo’lib qolaveradilar. Buning uchun tarbiyachilar tomonidan o’tkazilayotgan mashg’ulotlarning ishlanmasini tuzish va shu orqali taxlil kilinsa, mashg’ulot o’tkazgan tarbiyachilar faollashadilar, o’z ustida ko’proq ishlashga majbur bo’ladilar. Bu usul orqali yangi yo’nalishlar, metod-usul, bolalar bilan ishlashning yangi uslublari namoyon bo’ladi. Taxlil kilishda esa-jamoa pedagoglari faol ishtirok etishlarini ta`minlaydi. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan pedagogik jamoa bilan olib boriladigan ish shakl-usullari metodik ishlarning asosiy mag’zini tashkil etadi. U pedagoglarning ish staji, pedagog xodimlarning tayyorgarlik darajasini takomillashtirishga yordam beruvchi bir vosita xisoblanadi. Pedagog xodimlarning imkoniyatlari va talablarini
    quyidagi diagnostika jadvali orqali aniqlash mumkin:
    1. Qaysi ilg’or ish tajribalarni o’rganish, umumlashtirish va amaliyotga qo’llash mumkin?
    2. Asosiy ish yo’nalishlari:
    a) ta`lim - tarbiyaviy ish jarayonida xar qanday to’siqlarni enga olish;
    b) an`anaviy va yangi yo’nalish, javobgarlikni o’z bo’yniga olish, tavakkal ish yuritish elementlarining soni;
    v) yangi g’oyalarni o’zlashtirish qobiliyati, uni boshqarishga nisbatan yangicha yo’nalish;
    g) umumiy va pedagogik madaniyatni egallash;
    d) yangi ish ob`ektini, ko’rinishlarini, pedagogik jarayonlarga bilim, ko’nikma, malakalarini olib kirish, ishlab muxokama qila olish.
    3. Maktabgacha ta`lim muassasasidagi jamoaga qaysi muammo, ish metodlari bo’yicha yordam ko’rsatish kerak? Aloxida olingan tarbiyachilar uchun ham.
    Asosiy ish yo’nalishlari:
    a) Tajribali va javobgarlikni xis qiladigan tarbiyachilarga ishonch bildirish;
    b) ilk ish boshlayotgan tarbiyachilarga amaliy ish shakllarini ochiq ko’rsatib berish;
    v) ustoz-shogird yo’nalishi;
    g) aloxida olingan tarbiyachilarning ishlarini nazorat kilish. Muassasadagi guruxlarni metodik jixatdan to’g’ri jizoxlanishi katta axamiyatga ega.
    Guruxlardagi burchaklarni metodik jixatdan to’g’ri jixozlash, metodik materiallarni, o’yinchoqlarni to’g’ri joylashtirish, maydonchalarni qanday bezashni mudira va uslubchi tomonidan tushuntirilib boriladi. Pedagogik jarayonni kerakli materiallar bilan jixozlash, ta`minlash, bu qo’llanma va ko’rgazma qurollarni tarbiyachilar tomonidan tayyorlab boriladi. Gurux va maydonchalarni bezashda estetik did va katta maxorat talab qilinadi. Pedagog xodimlarning badiiy didi, madaniyat darajasi, pedagogik tayyorgarlik darajasi xuddi ko’zgudek aks etadi. Maktabgacha ta`lim muassasalarining binolarini to’g’ri bezatilishi bolalarning badiiy didlarini tarbiyalashga, ularda madaniy-gigienik malakalarini shakllantirishga yordam beradi. Yaxshi kayfiyat, quvnoqlik xissini uyg’otadi, barcha kun tartibi jarayonlarini muvaffaqiyatli o’tkazishga yordam beradi. Bezashning muhim printsipi-bu bolalar yosh xususiyatlarini xisobga olishdir. «Uchinchi ming yillikning bolasi» dasturi asosida gurux xonalarini metodik jixatdan to’g’ri jixozlash, kerakli qo’llanmalar bilan boyitish, zal, kiyinish xonalarini metodik talablari darajasida bezatilishi, mashg’ulotga kerakli bo’lgan atributlar, mashg’ulotlar ishlanmalarini ishlab chiqish maktabgacha ta`lim muassasa oldida turgan muxim vazifalardan biridir. Maktabgacha ta`lim muassasalarning guruxlarida ota-onalar majlisi bo’lib o’tadi. Shuning uchun, biz tarbiyachilarga metodik tavsiya sifatida «Ota-onalar majlisi» o’yinini tanladik. Pedagogik kengashning qarori bog’cha jamoasining barcha a`zolari uchun majburiydir. Pedagogik kengashning qarori kengash raisi va kotibi tomonidan imzolanadi va bolalar muassasasining ish xujjati sifatida saqlanadi. Xar bir pedagogik kengash oldingi kengash qarorlarining ijrosini tekshirish masalasi bo’lishi kerak, chunki masalalarni muxokama qilishni istalgan shaklining yakuniy bosqichi aynan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini tekshirish hisoblanadi.1


    XULOSA
    Xulosa qilib aytganda, uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini hisoblangan maktabgacha ta’lim sohasi har tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yosh avlodning aqliy-intellektual, estetik, jismoniy, ma’naviy salohiyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni takomillashtirish alohida dolzarblik kasb etmoqda. Bu borada pedagog rahbar–jamiyatning yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga qo’ygan ijtimoiy buyurtmasining asosiy ijrochisiga aylanishi muqarrar. Bugungi kunda jahonda texnologiyalar va axborotlashtirish jarayonlarining rivojlanishi davrida maktabgacha ta’limni isloh qilish, komil insonni tarbiyalash, ularga zamonaviy ta’lim berish masalalari birinchi navbatda hal qilinishi kerak bo’lgan muammo hisoblanadi. Aynan, maktabgacha ta’limni isloh qilishda bolaning maktabga tayyorgarligi bilan belgilanuvchi ta’lim sifatini oshirish muhim va zaruriy bo’lib hisoblanadi. Shu jihatdan olganda, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini ta’minlashda zamonaviy yondashuvlar, boshqaruv, innovatsiya va axborot texnologiyalarini ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etishda rahbarlik layoqatini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.
    Muhtaram yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev Oliy majlisga yo’llagan murojatida “Ilm va ta’limning qadriga yetib, davlatimizda ilm va ta’lim o’rganish bilan muhit yaratilsa, bobolarimizga munosib hayot va kelajakni qura olamiz”- deya ta’kidlaganlar. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek O’zbekistonning ertangi kuniga ishonchni mustahkamlash, ajdodlarga munosib bo’lish uchun islohatlarni ilmdan boshlash kerak.Chunki ilmsiz hech bir sohada natija bo’lmaydi. Keyingi uch yilda bu boradagi muammolarni samarali hal etish, mamlakatimizda kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish bo’yicha keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi. Shu maqsadda qator farmon va qarorlar qabul qilinib, bu boradagi kompleks sa’y-harakatlar uchun puxta huquqiy zamin yaratildi. Barchamizga ma’lumki maktabgacha ta’lim ta’lim tizimining ilk bo’gini ya’ni asosi hisoblanadi. Shuning uchun ham bu sohaga juda katta e’tibor berilmoqda.

    Download 166,77 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 166,77 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    II BOB. PEDAGOGIK KENGASH SHAKLLARI VA UNDA KO'RILADIGAN MASALALAR

    Download 166,77 Kb.