62
qilinadigan manbadir. Amaliyotda ko`p hollarda juda
past elektr signallarni
kuchaytirish zaruriyati mavjud. Hozirgi davrda kuchaytirgichlar elektro energetika
yoki avtomatlashtirilgan boshqaruv sohasida emas balki texnikaning deyarli
barcha sohalarida, noelektrik kattaliklarni elektr usulida o`lchash yoki datchiklarda
hosil qilingan juda kichik signallarni (tenzoresistorlar, termorezistorlar,
akselerometrlar, meditsina texnikasi va boshqalar)
kuchaytirish uchun keng
qo`llanilmoqda.
ULS - 1 laboratoriya uskunasida va EWB paket – dasturida operatsion
kuchaytirgich sxemalarini yig`ish, operatsion kuchaytirgichlarning fizik va
fundamental
xususiyatlari, kuchaytirish xususiyatlari va chastota xarakteristikalari
haqida bilim va ko`nikma berishdan iborat.
Talabalar bu laboratoriya ishini o`zlashtirgandan so`ng quyidagi
masalalarni mustaqil hal eta oladilar:
Maxsus maqsadlar uchun operatsion kuchaytirgichlarnining sxemalarini
loyihalay oladi ;
EWB paket – programmasi yoki ostillografdan
foydalangan holda
operatsion kuchaytirgich sxemasini tahlil qila oladi;
operatsion kuchaytirgichga asoslangan har xil signallar hosil qilish elektr
sxemalarini tahlil qila oladi;
operatsion kuchaytirgich
yordamida diffensiator, integrator va kuchlanish
takrorlagichi kabi sxemalarni yig`a oladi.
Operatsion kuchaytirgich haqida umumiy ma`lumotlar
Hozrgi zamon elektrotexnika va elektronikasining asosiy qismini operatsion
kuchaytirgichlar tashkil qiladi. So`ngi yillarda operatsion kuchaytirgichlar integral
sxemalar singari tayyorlanib juda kichik gabarit o`lchamlarga ega.
Ularning
fazifalari faqat kichik signallarni kuchaytirish emas, balki ular integratorlar,
differensiatorlar, kuchlanish takrorlagichlari va boshqa
vazifalarni bajarish uchun
keng qo`llanilmoqda.
63
Quyidagi rasmlarda LM 358 operatsion kuchaytirgichining sxematik tasviri,
oyoqlarining raqamlanish sxemasi va umumiy ko`rinishi keltirilgan.