118
maqsadga muvofiq bo‟ladi. Bu koeffitsiyentlar avtomatlashtirish obyektlarining
xususiyatlarini ham hisobga olishadi.
Asosiy faoliyat sohasidagi mumkin bo‟lgan maksimal tejashni baholash
uchun mahsulot tannarxi tarkibi taxlil qilinadi va masalalar majmualarini
o‟zlashtirishning navbatlari shunday aniqlanadiki, bunda me‟yoriy koeffitsiyentlar
yordamida hisoblangan tejash hajmi maksimal bo‟lsin. Shu bilan turli bir aniq
obyekt uchun avtomatlashtirish variantini tanlashni optimallash imkoniyati paydo
bo‟ladi. Bu esa hozirgi vaqtda foydalanilmayotgan ishlab chiqarish samaradorligini
o‟stirish zahiralarining katta qismini xarakatga keltirish imkonini beradi.
Ma‟lumotlarga ishlov berish tizimining samaradorligini hisoblash uchun
quyidagi ifodadan foydalanish mumkin:
S=S
yil
–(MK+E), (9)
Bunda S
yil
- tizimni o‟zlashtirish natijasida yillik tejash;
M - samaradorlikning me‟yoriy koeffitsiyenti;
K - kapital yuklamalar;
E - ekspluatatsiya xarajatlari.
Yer tuzishni loyihalashda avtomatlashgan tizimni o‟zlashtirishning iqtisodiy
samaradorligi diskontlangan integral samara qiymati bilan baholanadi:
Тр
О
rt
р
dt
e
t
с
t
Q
Т
П
(10)
Bunda c(t) - to‟la tannarx; r- diskont me‟yori; Tp- loyihani joriy etish
davri; Q(t)- yalpi mahsulotning chiqish dinamikasi