Учебное пособие подготовлено в соответствии с учебной программы




Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/84
Sana02.02.2024
Hajmi3,13 Mb.
#150160
TuriУчебное пособие
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   84
Bog'liq
6F7NebSD4SKKLbJCFJVp2dDjB3o5ENWmElYBpo5i

Ekspert tizimlari (33-rasm) – bu aniq amaliy masalalalarni yechishda baza 
obyektlari bilan manipulyatsiya qilishni ta’minlovchi, ahamiyatli komponentlari 
bilimlar bazasi (ularni taqdim etish uchun belgilangan shaklga mos qurilgan) va 
chiqarish mexanizmidan iborat odam-mashina tizimidir. 
33-rasm. Ekspert tizimi faoliyatining umumiy chizmasi 
Bilimlar bazasi o‟zida ekspert ma‟lumotlari to‟plamini ifodalaydi, ya‟ni, 
ma‟lum fan sohasidagi mutaxassislar bilimlari. Odatdagi ma‟lumotlar bazasidan 
farqli o‟laroq, bilimlar boshqacha taqdim etish shaklini talab etadi: buning 
uchunerkin tarkibli semantik tarmoqdan va doimiy tarmoqlar-freymalardan 
foydalani-ladi. Freymalar umumiy tushunchalarni bayonlaydi, slotlar va 
katakchalar, ularni aniqlashtiradi va natijada ET lari iyerarxik tarkibga ega bo‟ladi. 
«Yechuvchi» (chiqarish mexanizmlari bloki) yordamida ekspertlarning 
professional bilimlari va real vaziyatlar (masalaning kiruvchi ma‟lumotlari) orasida 
aloqalar belgilanadigan mantiqiy xarakatlar yig‟ilgan. Shunday qilib, ET eng 
asosiy bilim sohasi va mos masalalarni yechish usullari to‟g‟risidagi ekspertlarning 
tasavvurlari modeli hisoblanadi. Tizimning takomilligi ushbu bilim sohasiga tizim 
yaratuvchilarining qanchalik chuqur kirib borganliklariga, ya‟ni ularning 
tajribasiga bog‟liq bo‟ladi. 
ET ning bo‟laklarga ajratilgan tarkibi 34–rasmda keltirilgan. Foydalnuvchi 
so‟roviga asosan chiqarish moduli (yechuvchi) mavjud bilimlardan foydalanib
javobni qidiradi, bu qidirish, odatda, foydalanuvchi va ET orasidagi muloqat 
yordamida amalga oshiriladi. Agar masalaning yechilishi foydalanuvchida shubha 
Inson (ekspert, 
foydalanuvchi) 
Chiqаrish 
mexanizmi 
Bilimla
rbazasi 


123 
uyg‟otsa, u tushuntirish talab etishi mumkin (bu vazifani rasmda ko‟rsatilmagan
tushuntirishlar pastki tizimi bajaradi). 
34-rasm. Ekspert tizimi tarkibi 
Bilimlarni o‟zlashtirish moduli, agar u ETga qo‟shilgan bo‟lsa, induktiv 
chiqarish tamoyilida faoliyat ko‟rsatadi; bunday modullarni ishlash endi 
boshlanayapti, shuning uchun ko‟pchilik mavjud ETlarda u yo‟q bo‟lishi mumkin. 
Ekspert tizimlarini yaratish – kompyuter dasturlarini yaratish, ma‟lumotlar 
bazalarini, axborot-izlash tizimlarini ishlab chiqishga nisbatan kamroq shakllangan 
jarayon. Buning sababi, ushbu sohaning yoshida (ETlar 30 yilga yaqin vaqtdan 
ЭТ маркази 
Foydalanuvchi 
so‟rovi 
Bilimlar 
bazasi 
taxrirchisi 
Ekspertlardan olinadigan bilimlar 
Ма‟lumot-
lar bazasi 
Bilimlarni 
o‟zlashtirish 
moduli 
Bilimlar bazasi 
(bilim sohasi 
bo‟yicha ma‟lum 
dalillar, ushbu 
bilimlarni 
ko‟rsatuvchi 
formal qоidalar)
Foydalanuvchi
interfeysi 
Foydalanuvchi
tushuntiruvchi 
Ciqarish mexanizmi 
(interpretator, 
rejachi) 


124 
buyon ishlanmoqda) emas, balki, turli xil bilim sohalarida kelib chiqadigan, yomon 
formallashtiriladigan masalalarning xilma-xilligidadir.
Shunga qaramasdan ET yetarlik darajada keng qo‟llaniladi; ularni quyidagi
turlar bo‟yicha klassifikatsiyalash mumkin: 
- interpretatsiya (kuzatilayotgan ma‟lumotlar bo‟yicha vaziyatlarni baholash); 
- bashoratlash (berilgan vaziyatdan kelib chiqishi mumkin bo‟lgan xulosalarni 
chiqarish); 
- tashxislash (diagnostika, texnik tizim ishidagi yoki inson organizmidagi 
buzilishlarni kuzatishlar ma‟lumotlari asosida chiqarish); 
- loyihalash (belgilangan cheklashlarni qoniqtiradigan obyektlarning shaklini 
qurish); 
- rejalash (ko‟zlangan maqsadga erishish uchun xarakatlar rejasini ishlab 
chiqish); 
- nazorat (xavf yoki kutilmagan vaziyat to‟g‟risida ogohlashtirish berish); 
- tuzatish (faoliyatdagi kamchiliklarni tuzatish bo‟yicha tavsiyalar berish); 
- ta‟mirlash (tizimda aniqlangan kamchiliklarni tugatish); 
- o‟qitish; 
- boshqarish (tizimni o‟zgaruvchi sturlioitlarga moslash). 
Hozirgi vaqtda o‟z ichiga 6 asosiy bosqichni oladigan ETni yaratishning 
ma‟lum 
texnologiyasi 
shakllandi: 
identifikatsiya, 
kontseptualizatsiya, 
formalizatsiya, bajarish, sinash va tajribali foydalanish.

Download 3,13 Mb.
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   84




Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Учебное пособие подготовлено в соответствии с учебной программы

Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish