Учебное пособие подготовлено в соответствии с учебной программы




Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/84
Sana02.02.2024
Hajmi3,13 Mb.
#150160
TuriУчебное пособие
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   84
Bog'liq
6F7NebSD4SKKLbJCFJVp2dDjB3o5ENWmElYBpo5i

Identifikatsiya bosqichi bo‟lg‟usi ET yechishi kerak bo‟lgan masalalarni 
tushunish va unga qo‟yiladigan talablarni shakllantirish bilan bog‟liq.
Ushbu bosqichda tizim nima qiladi va qanday resurslardan foydalanish kerak 
degan savolga javob olish kerak (masalani identifikatsiyalash, loyihalash jarayoni 
ishtirokchilarini va ularning o‟rnini aniqlash, resurslar va maqsadlarni ko‟rsatish). 
Masalani identifikatsiyalash uning shaklsiz (verbal) bayonnomasini 
tuzishdan iborat bo‟lib, unda quyidagilar ko‟rsatiladi: masalaning umumiy tavsifi; 
uning ichida ajratiladigan bo‟lak masalalar; kalitli tushunchalar (obyektlar), 


125 
ularning kiruvchi va chiquvchi o‟lchamlari; yechimning taxminiy ko‟rinishi hamda 
yechilayotgan masalaga tegishli bilimlar. 
Kontseptualizatsiya bosqichida muammoli soha mazmunli taxlil qilinadi,
foydalaniladigan tushunchalar va ularning o‟zaro aloqalari ko‟rsatiladi, masalani 
yechish usullari aniqlanadi. U bilim sohasining o‟z ichiga asosiy qoidalar va 
munosabatlarni oladigan modelini yaratish bilan yakunlanadi. Bu bosqichda 
masalaning quyidagi xususiyatlari aniqlanadi: foydalaniladigan ma‟lumotlar turla-
ri; boshlang‟ich va chiqariladigan ma‟lumotlar, umumiy masalaning ichki masala-
lari; foydalaniladigan strategiyalar va gipotezalar; obyektlar orasidagi o‟zaro 
aloqa-lar turlari; foydalaniladigan munosabatlar turlari (iyerarxiya, sabab-oqibat, 
bo‟lak-butun va sh.o‟.); yechish davrida foydalaniladigan jarayonlar; yechishni 
bajarish uchun zarur bilimlar tarkibi; yechish davrida foydalaniladigan 
jarayonlarga qo‟yi-ladigan cheklashlar turlari; qabul qilingan yechimlarni asoslash 
uchun foydalanila-digan bilimlar tarkibi. 
Formalizatsiya bosqichida barcha kalitli tushunchalar va munosabatlar 
qandaydir formallashtirilgan tilda bayon etiladi, u yoki mavjud tillar orasidan 
tanlanadi, yoki yangidan yaratiladi. Boshqacha aytganda, ET masalasini tanlangan 
formal tilda yechish bayonini shakllantirish asosida, deklarativ va protsedura 
bilimlarini taqdim etish usullari va ko‟rsatish vositalari tarkibi aniqlanadi. 
Xususan, bilimlarni taqdim etish usullari (Freymalar, sahnalar, semantik tizim va 
sh.o‟.), ularni manipulyatsiyalash usullari (mantiqiy xulosa, analitik model, 
statistik model va boshq.) va ularni interpretatsiyalash ko‟rsatiladi.
Professional bilimlarni formallashtirishning asosiy muammolaridan biri to‟la 
yoki qisman bajarilishi mutaxassis bo‟lmagan ijrochiga yuklanishi mumkin 
bo‟lgan masalani aniqlashdir. 
Ekspert tizimlarida yechiladigan masalalarning formallashtirilganligi, 
ETlarning tugallangan nazariyasi va ularni loyihalashning metodologiyasi yo‟qligi, 
loyihalash jarayonida, ishlab chiqaruvchilarning ushbu muammoli soha 
to‟g‟risidagi bilimlari ko‟payishiga qarab, ETlarni yaratish tamoyillari va usullarini 
takomillashtirish zaruratiga olib keladi. Akademik G.S. Pospelov aytganidek 


126 
«ekspert tizimlarini yaratish oddiy buyurtmachi - bajaruvchi tizimi bo‟yicha 
borishi mumkin emas… Buning mumkin emasligiga sabab, aniq ekspert tizimi
to‟ldirilishi kerak bo‟lgan bilimlar bajaruvchida emas, balki buyurtmachidadir…»
Professional bilimlarni formallashtirish - bu yuqori malakali mutaxassislar 
tajribasini umumlashtirish, loyihaviy masalalarni yechish usullarini va ularning 
cheklashlarini umum qabul qilingan texnologik bayonlash qoidalari bo‟yicha 
rasmiylashtirishdir. Shunday bayonnomalarni tayyorlash imkoniyatidan kelib chi-
qib, loyihaviy masalani yaxshi va kam formallashtirilgan turlarga bo‟lish mumkin.
Yaxshi 
formallashgan 
deb 
shunday 
masalalarga 
aytiladiki, 
ular 
yechilishining ketma-ketligi tartibi shunchalik to‟la va tushunarli yozilganligi sa-
babli, umuman mutaxassis bo‟lmagan bajaruvchi ham ushbu bayonnomadan foy-
dalanib, malakali mutaxassis ishtirokisiz, qanoatlanarli yechimni olish imkoniyati-
ga ega bo‟ladi. Bunda yechim shakli va mazmuni bo‟yicha faqat aytilgan bayon-
nomaga va boshlang‟ich ma‟lumotlarga bog‟liq bo‟ladi (yaxshi formallashtirilgan 
loyihaviy yechimning tipik namunasi-injenerlik va texnik-iqtisodiy hisoblashlar).
Kam formallashgan masalalarda faqat ayrim xarakatlarni bajarishning 
ketma-ketligini yozib ko‟rsatish mumkin. Bunday hollarda mutaxassis bo‟lmagan 
bajaruvchi bayonnomadan foydalanib, zarur bo‟lganda malakali mutaxassisdan 
maslahat olib turishi kerak. Mos tarzda olingan natija nafaqat bayonnoma va 
boshlang‟ich ma‟lumotlarga, balki masalani yechishda qatnashayotgan 
mutaxassisning tajribasi va malakasiga ham bog‟liq bo‟ladi.
Qayd etish zarurki, yer tuzishning ko‟plab loyihaviy masalalari kam 
formallashtirilgan ko‟rinishda bo‟ladi. Masalan, almashlab ekish hududini tashkil 
etishning grafikaviy qismini ishlashda printsipial ahamiyatga ega qarorlarni qabul 
qilish uchun juda yuqori malaka talab etiladi va shu bilan bir qatorda, oddiy yaxshi 
formallashtirilgan xarakatlar ham bor (me‟yoriy ma‟lumotlarni yig‟ish, loyihaviy 
yechimlarni iqtisodiy asoslash va boshq.) 
Bajarish bosqichi maqsadi - talab etilgan masalalarni yechuvchi ETning 
bitta yoki bir necha turlarini yaratishdir. O‟xshash turlarini (prototiplarni) yaratish, 
uning bo‟laklarini dasturlashdan yoki ularni ma‟lum asbob vositalaridan 


127 
tanlashdan hamda bilimlar bazasini to‟ldirishdan iborat. Prototip ETga kiritilgan 
bilimlarni taqdim etish g‟oyalari, metodlari va usullarining yechilayotgan 
masalalarga mosligini tekshirishni ta‟minlashi kerak. Prototipni yaratish taqdim 
etishning tanlangan yechish metodlari va usullari, juda bo‟lmaganda, ushbu bilim 
sohasining qator masalalariga yaroqli ekanligini tasdiqlashi hamda bilimlar bazasi 
kengayishi sari shu turdagi barcha masalalarning yuqori sifatli va samarali 
yechimlarini olish tendentsiyasini namoyon etishi kerak.
Sinash (testlash) bosqichida bilimlarni taqdim etishning tanlangan usulini va 
ET ishini to‟la baholash amalga oshiriladi.
Tajriba foydalanishi bosqichida ET ning foydalanuvchilar uchun yaroqliligi 
aniqlanadi.
Ekspert tizimlariga ham foydalanuvchi so‟rovi bo‟yicha, ham so‟roviga 
bog‟liq bo‟lmagan hollarda ma‟lumotlarni taxlil qilish, korrektsiyalash (to‟g‟ri-
lash), sintez qilish va qaror qabul qilishni hamda qator analitik-klassifikatsiya 
vazifalarni bajarishni amalga oshirishga qodir ma‟lumotlar va bilimlar bazalariga 
ega, avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining mustaqil sinfi sifatida qarash kerak.
Xususan, ETlar kiruvchi ma‟lumotlarni guruhlar bo‟yicha taqsimlashni, 
maslahat berishni, xulosa qilishni, tashxis qo‟yishni, bashoratlashga o‟rgatishni, 
masalalar 
va 
obyektlarni 
identifikatsiyalashni, 
olingan 
natijalarni 
interpretatsiyalashni va sh.o‟. bajara olishi kerak.
Ekspert tizimlarini an‟anaviy avtomatlashtirilgan axborot tizimlari bilan 
birlashtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bunday komleks tizimning ekspert 
qismi zarur ma‟lumotlarni, ularga ishlov berish usullarini, turli xil ma‟lumotlar 
bazalaridagi ma‟lumotlarni sifatli qidiruvni ta‟minlash uchun qo‟shimcha vosita 
berishi mumkin. 

Download 3,13 Mb.
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   84




Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Учебное пособие подготовлено в соответствии с учебной программы

Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish